Mundarija kirish 1 atb mikrokredit bankning tarixi va tarkibiy tuzilishi


Download 52.38 Kb.
bet13/29
Sana15.06.2023
Hajmi52.38 Kb.
#1488160
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
mikrokredit bank

Jismoniy shaxslarga:

jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurilishi, uni rekonstruktsiya qilish va uy-joy sotib olish uchun ATB Mikrokredit bank OATB krediti berish;

yosh oilalarga ATB Mikrokredit bank filiali kreditlari berish;

O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtomobillar, mebel, maishiy texnika, jihozlar va boshqa tovarlarni sotib olish, da'volanish hamda turli marosimlarni o'tkazish uchun to'lovlarni amalga oshirishga iste'mol kreditlari berish;

yosh oilalarga iste'mol kreditlari berish;

oliy o'quv yurtlarida pulli kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari berish;

kredit kartochkalar orqali overdraft kreditlari berish hamda qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa kredit xizmatlari.

Kreditlashning asosiy qoidalari: kreditlar Markaziy bank va ATB Mikrokredit bank Termiz filiali -bankning amaldagi me'yoriy hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, qarz oluvchilarning moliyaviy holatini sinchkov tahlil qilish orqali beriladi. Kredit arizasini ko'rib chiqishda mavjud me'yoriy hujjatlar va Markaziy Devon ko'rsatmalariga rioya qilish majburiydir.

Kreditlash bank filialida mavjud resurslar doirasida, qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit xatari darajasini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Agar filialda bo'sh kredit resurslari mavjud bo'lmasa filial qarz oluvchiga kreditlash imkoniyati mavjud emasligi to'g'risida rasmiy javob xati berishi mumkin.

Bank filiallari kreditlash jarayonini kredit siyosatiga muvofiq qaytarishlik, to'lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish tamoyillari asosida tashkil etadi.

Kreditlarni berish tuzilgan shartnomaga muvofiq mijozning talab qilib olguncha birlamchi depozit hisob raqami joylashgan bankda amalga oshiriladi. Alohida hollarda, faqatgina ATB Mikrokredit bank Markaziy Devonining rasmiy yozma ruxsati yoki Kredit qo'mitasining qarori bilan, asosiy hisob raqami boshqa bankda bo'lgan qarz oluvchiga ikkilamchi hisob raqamdan kredit berish mumkin.


Download 52.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling