Mundarija kirish 1 atb mikrokredit bankning tarixi va tarkibiy tuzilishi


kredit shartnomasi kuchga kirishi shartlari


Download 52.38 Kb.
bet15/29
Sana15.06.2023
Hajmi52.38 Kb.
#1488160
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
mikrokredit bank

kredit shartnomasi kuchga kirishi shartlari.

Shuningdek kredit bo'limi xulosasida mijozning kredit layoqatini skoring-tahlil tizimi asosida aniqlangan holati ham o'z aksini topishi kerak.

Har bir kredit taklifi tegishli kredit bo'limining kreditni berish yoki rad etish haqida xulosasiga ega bo'ladi.

Kredit shartnomasini tuzish: kredit komissiyasi (Kredit qo'mitasi yoki boshqa kollegial organ) tomonidan kredit berish to'g'risida yakuniy ijobiy qaror chiqarilib, zaruriy hujjatlar jamlangandan keyin kredit shartnomasi loyihasi tuziladi. Tuzilgan kredit shartnomasi loyihasi bank yuridik xizmati tomonidan amaldagi qonunchilik va tartiblarga muvofiq huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, tegishli xulosa va imzo olinib, mijoz bilan kelishilgandan so'ng kredit shartnomasi imzolanadi. Kredit shartnomasi o'zaro shartlashilgan majburiyatlarning bajarilishi bilan kuchga kiradi va kredit shartnomasi va shartnoma bilan bog'liq bo'lgan o'zaro majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.

Kredit shartnomasi to'liq bosma shaklda tuzilishi lozim, zarur hollarda (shartnoma summasi, foiz stavkasi, qaytarish muddati va grafigi kiritilgan bandlardan tashqari) shartnomaning ayrim bandlari yozma shaklda to'ldirilishi mumkin.


5.Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'limi.

Banklar naqd pul va boshqa boyliklarni qabul qilishi hamda berishi, mablag’larni bankdagi bir xisobvaraqdan boshqasiga o'tkazishi uchun asos bo'ladigan xisob-kitob-pul xujjatlarida to'gri rasmiylashtirganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank mansabdor shaxslarining imzolari bo'lishi lozim. Qo'shimcha nazorat qilinishi talab etilmaydigan operatsiyalarga doir xujjatlarda esa birgina buxgalteriya xodimining imzosi bo'lishi kifoya.

Bajarilgan operatsiyalarni isbotlovchi xujjatlar sifatida bankda saqlanadigan hujjat nusxalari ham, xisobvaraqlardan olinib, ularning egalariga yuboriladigan ko'chirmalarga ilova qilinadigan nusxalar ham shu bank xodimlarining imzolari bilan rasmiylishtiriladi.


Download 52.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling