Geografiya darsliklari tahlili


Download 73.5 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1404461
  1   2
Bog'liq
GEOGRAFIYA DARSLIKLARI TAHLILI


GEOGRAFIYA DARSLIKLARI TAHLILI


Reja:


1. Dars kuzatish va tahlil qilish
2. Darslar aniq maqsad asosida kuzatish
3. . Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda:dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;.

Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o’qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o’qituvchining o’quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko’rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to’g`ri qo’yishi, dars jarayonini to’g`ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazorat etishi, o’quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. Pedagogika – kishi tarbiyasi haqidagi fan hisoblanadi. Tarbiya mohiyatini, mazmunini, vazifalarini va qonuniyatlarini, ta’lim jarayoni qonuniyatlari qo‘llab beradi. Pedagogika tarbiya nazariyasini, didaktika va maktabshunoslik o‘z ichiga oladi. Pedagogika fani quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: a) maktabgacha yoshdagilar pedagogikasi; b) maktab pedagogikasi; v) hunar-texnika ta’limi pedagogikasi; g) oliy ta’lim pedagogikasi; d) harbiy pedagogika; j) pedagogika tarixi.


Geografiya ta’limi uslubiyoti pedagogika fanlari qatoriga kiradi va pedagogikaning asosiy qoidalariga suyanib aniqlangan geografik faktlar tushunchalar va qonuniyatlarga shuningdek didaktika tamoyillarining vazifalarini belgilaydi. Shu bilan birga o‘zining usul va yo‘llarini yaratadi va shu asosda hayot tatqozo qilgan turli muammolarni hal qiladi. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish qonuniyatlarni tadqiq qilar ekan, geografiya o‘qitig tajribasini metodika fani yanada boyitadi. Ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini oshirish, yaxshilash va o‘qituvchilarga amaliy yordam beradi. Geografiya o‘qitish uslubiyotining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
Har bir maktab geografiya kursining maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash uning mazmunini takomillashtirib borish unda o‘quvchilarning yosh xususiyatini hisobga olish geografiya fanining asosiy g‘oya, tushuncha va qonuniyatlarini ajratib olish darsni o‘zlashtirishga imkon beradigan ta’lim yo‘llarini aniqlash, geografik ma’lumotlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarash g‘oyalarini shakllantirish, o‘quvchini axloqililik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalarni singdirish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning faolligini oshirish, mustaqilligini ta’minlaydigan samarali usullarni aniqlash, umumiy ta’limda geografik bilimlarni tizimlashtirish o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish, turli geografiya kurslariga mos keladigan o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olingan, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlarni amalda tekshirib ko‘rish va shu asosda o‘qituvchilarni qurollantirish ta’limni tashkil etishning yangi an’anaviy va noan’anaviy usullaridan foydalanish, darslik va o‘quv qurollariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqarish kurslari bo‘yicha o‘quvchilar yoshiga mos keladigan o‘quv qurollarini va ulardan foydalanish uslublarini ishlab chiqarish o‘quvchilarni o‘lkashunoslik va sinfdan tashqari ishlarning mazmuni turlari bilan tanishtirish masalalarini hal qiladi.
Ta’lim va tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini didaktika tadqiq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, didaktikaning mohiyati ta’lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi. U aniq o‘quv fanlari uchun ta’lim va tarbiya jarayoni bilan shug‘ullanmaydi. Demak, geografiya o‘qitish uslubiyoti ilmiy pedagogik fan bo‘lib, u o‘qituvchilarga geografiyadan puxta bilim berish, ularni dialektik-materialistik dunyoqarash ruhida tarbiyalash va o‘qitiladigan geografiya fanining maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, usullarini hamda geografiya o‘qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Geografiya o‘qitish uslubiyotining asosiy fan sifatida universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari geografiya fakul’tetlarining o‘quv rejasiga kiritilishi va uni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarni maktabda geografiya o‘qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat.
Bilish nazariyasi geografiya o‘qitish uslubiyotining metodologik va nazariy muammolarga: ilmiy-tadqiqot uslublari va predmeti; chet ellarda va O‘zbekistonda geografiya ta’limida; geografiya va uning alohida kurslari bo‘yicha o‘qitish maqsadi va vazifalari; geografik bilimlarni egallashda ta’lim bilan tarbiyaning birligi; o‘quvchilarda geografik bilim, ko‘nikma malakalari va dunyoqarashni shakllantirish; geografiya ta’limi jarayonining umumiy qonuniyatlari kiradi.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling