Geografiya darsliklari tahlili
Geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat
Download 73.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqGEOGRAFIYA DARSLIKLARI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografiya ta’limi uslubiyoti
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
-geografiya o‘qitish maqsadi; -geografiya ta’limining mazmuni; -geografiya o‘qitishning usullari; -geografiya o‘qitish va o‘rganishni tashkil etish; -o‘qituvchilarning yosh xususiyatlari va bilish imkoniyatlarini e’tiborga olish; -geografiya ta’limining natijalari va h.k. Yuqoridagi tarkibiy qismlar mustahkam aloqa mavjud. Masalan, o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, o‘qitish usullari hamda vositalaridan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishni taqozo qiladi. Geografiya ta’limi uslubiyotining nazariy va metodologik masalalari ko‘pgina metodist-geograf olimlar – A.YE.Bibik, A.V.Darinskiy, T.P.Gerasimova, M.K.Kovalevskaya, I.S.Matrusov, L.M.Panchishnikova, M.V.Rijakov, O.A.Mo‘minov, H.H.Hasanov, P.G.Musayev va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Geografiya ta’limi uslubiyoti fani umumiy uslubiyot, tabiiy geografiyani o‘qitish uslubiyoti va iqtisodiy geografiya o‘qitish uslubiyotidan iborat. O‘z navbatida ularning har biri xususiy uslubiyotlarni (maktab geografiya kurslarini alohida-alohida o‘rganish uslubiyoti)ni o‘z ichiga oladi. Umumiy uslubiyot maktab geografiya kurslari uchun o‘qitish qonuniyatlarini, ya’ni o‘qitishning mazmunini, tashkil etilishini, ta’lim uslublari, ta’lim vositalari, sinfdan tashqari ishlash va boshqalarni o‘rganadi. A.V.Darinskiy umumiy uslubiyotni geografiya didaktikasi deb aytgan edi. Xususiy uslubiyot maktab geografiya kurslarining maqsadi, mazmuni, tarkibi, geografik bilim, ko‘nikma, malakalar shakllantirilishi, har bir kurs bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil ishlarining tashkil etilishi va hokazolar bilan shug‘ullanadi. Geografiya ta’limi uslubiyoti: -maktab geografiyasining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari; -geografiya ta’limining mazmuni; -ta’lim jarayonida geografiya o‘qitish vositalari (dasturlar, darsliklar, atlaslar, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va hokazolar)ni yaratish; -o‘quvchilarning o‘z materialini o‘zlashtirishlari; -ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tarbiyalanishi; -ta’lim jarayonida o‘quvchilar fikrlashining rivojlanishi va hokazolar bilan bog‘liq vazifalarni hal qiladi. Geografiya ta’limi uslubiyoti maktab geografiyasining ta’lim-tarbiyaviy maqsadlari, mazmuni, o‘qitishning shakl va usullari, o‘qitish jarayonida dastur, darslik, atlas, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari, ta’limning tarbiya bilan qo‘shib olib borilishi, ta’lim jarayonida fikrlashni rivojlantirish vazifalarini hal qiladi. L.M.Pancheshnikova ta’biri bilan aytganda, “Geografiya ta’lim uslubiyoti quyidagi muammolarni: o‘qitishning maqsadi (Nima uchun o‘qiymiz), geografiya ta’limining mazmuni, (nimani o‘qitamiz), geografiya ta’limining vositalarini (Nimalar vositasida o‘qitamiz), o‘qitishning shakl va usullarini (qanday o‘qitamiz) tadqiq qiladi. Bundan tashqari geografiyaga oid bilimlarni egallash jarayoni, aqliy rivojlanishi, o‘quvchilarni tarbiyalash kabi muammolarni ham o‘rganadi”. Geografiya o’qitish metodikasi fani o’z mazmuni va mohiyati jihatidan pedagogika fanining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Maktabda geografiya ta’limining mazmuni va uni tashkil etish geografiya o’qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. “Metod”- so’zi lotincha “targ’ib qilish” degan ma`noni anglatadi. XVI asrda Yevropada bu so`z juda keng qo`llanilib, diniy g’oyalarni xalq ichida targ`ib qiluvchi kishilarga nisbatan “metodistlar” unvoni berilar edi. Maktabda fanlarni o’qitish tartib - qoidalari va usullari haqida dastlabki fikrlar Yevropada XVIII asrda fanlarni o’qitish metodikasi sifatida shakllana boshladi. Geografiya o`qitish metodikasi fani nimani o`rganadi? Uning o`rganish predmeti nimadan iborat? degan savollar oldimizga ko’ndalang turadi. Geografiya o`qitish metodikasiga oid adabiyotlar tahlilidan quyidagi xulosalarni keltirish mumkin. O’qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o’quvchilarining o’zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’g`ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to’g`risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishiga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan: dars maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtirmaslik; interfaol metodlardan samarasiz foydalanish; dars jarayonida barcha o’quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik; o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik; o’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik. o’quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik; o’qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi; mavzuni amaliyot bilan bog`lab tushuntirmaslik; mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik; sinf doskasi, darslik, o’quvchi daftari, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo’lga qo’yilmaganligi; O’quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar. Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi. Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi. Dars tahlili o’quv mashg`ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Shu o’rinda savol tug`iladi. O’qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O’qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo’limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o’qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi. Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi: ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash; o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish; ilg`or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish; o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi; o’quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; o’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish; dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o’qituvchiga amaliy va metodik yordam ko’rsatish; ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini o’ziga xosligini e’tiborga olish; darsda o’quvchilarni faollashtirish va mavzuni o’zlashtirishlarini e’tiborga olinganligi. Dars - o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 1.Darsni kuzatishga tayyorgarlik. 2.Darsning borishini kuzatish. 3.O’z-o’zini tahlil qilishni ta’minlash. 4.Dars tahlili va takliflar berish. Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik: dars kuzatishdan ko’zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish; kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish; dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash; kerakli materiallarni tayyorlash; o’qituvchi bilan suhbatlashish. 2. Darsning maqsadlarini tahlil qilishda: o’quv fani va mavzuning o’ziga xos tomonlari, o’quvchilar yoshi va bilim darajasi e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya maqsadining to’g`ri va asosli qo’yilganligi; o’quvchilarning tayyorgarligi, o’rganilayotgan mavzu bo’yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o’rnini hisobga olgan holda maqsad qo’yilishining to’g`riligi va asoslanganligi; dars asosiy g`oyasining to’g`ri qo’yilishi va o’quvchilarga maqsadning yetkazilishi, maqsadga erishish darajasi. 3. Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda: dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;. darsning turi, strukturasining puxta o’ylanganligi; dars bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog`liqligi; dars bosqichlari uchun vaqtning to’g`ri taqsimlanganligi; o’qitish shakllarining to’g`ri tanlanganligi; dars rejasining mavjudligi va uning o’qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish; dars jihozlari. O’qituvchi va o’quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish. 4. Dars mazmunini tahlil qilishda. dars mazmunining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi; materiallarning ishonchliligi, to’liqligi, tushunarliligi; bayon qilinayotgan materialning ilmiy darajasi; darsning tarbiyaviy yo’nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi; darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo’naltirish bilan bog`lash; o’quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish; yangi materialning asosiy g`oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko’rsatish. 5. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish Mashq va topshiriqlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi, o’quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi; o’qituvchi tomonidan tushuntirish ishlarining olib borilishi; o’qituvchining yordami. Yangi materialning o’zlashtirilganlik darajasi; yangi mavzuning oldingi mavzular bilan bog`langanligi. Takrorlash (tashkil qilish, shakllari, usullari, hajmi). 6. Dars o’tish metodikasini tahlil qilish O’qitishning metod, vosita va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmuniga, dars maqsadlariga, sinfning imkoniyatlariga mos tanlanganligi va asoslanganligi. O’qituvchi tomonidan darsning har bir bosqichida metod, usullarni to’g`ri qo’llaganligi, ishlatilayotgan metod va usullarning xilma- xilligi. Ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan samarali foydalanilganligi. O’qituvchining metodik qurollanganligini va pedagogik texnikasini baholash. 7. O’quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo’lgan qiziqishi. O’quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati. O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish. O’quv faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. Umumta’lim va maxsus ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni saqlash usullari. 8. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqati. Pedagogik etikasi, nutqi, ahloqiy va psixolagik iqlimning tashkil etilishi. 9. O’quvchilar bilimini baholash O’kuvchilarga berilgan bilim, ko’nikma va malakaning sifati. Mustahkam va chuqur bilim berilishi.Ғoya va materiallarning asosiy tomonlarini ko’rsata olishi, amaliy ko’nikmalarning egallaganlik darajasi. Tekshirish turlari. Baholarning jamlanganligi. 10. Uy vazifasini tahlil qilish Uy vazifasini berishdan maqsad va hajmi. Sinfda bajarilgan ish bilan uyga berilgan vazifaning hajmi. Uyga berilgan vazifaning xususiyati (ijodiy, takrorlash, mustahkamlash, rivojlantirish), uy vazifasini berishda o’qituvchining izohi. Darsni tahlil qilishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1. Ilmiy tahlil. 2. Psixologik tahlil. 3. Metodik tahlil. 4. Didaktik tahlil. 5. Umumpedagogik tahlil. Ilmiy tahlil-berilayotgan bilimlarning ilmiy –nazariy jihatini, o’quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiqligini aniqlash demakdir . Dars kuzatuvchi har bir rahbar darsning ilmiy tahlilida asosan quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo’ladi : 1. O’qituvchining ilmiy jihatdan (o’zi mutaxassis bo’lgan fanni ilmiy asosda chuqur bilishi ) qurollanganligi. 2. Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati. 3. O’z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy –nazariy axborotlar bilan qurollanib borishi. 4. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to’g`ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o’quvchilarga singdirib borilishi. 5. Darsda ta’limning o’ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi. 6. Darslik materiallarining qo’shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi. 7. O’quvchi bajarayotgan laboratoriya , amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy yo’nalish bo’yicha maqsadga muvofiqligi. 8. O’quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to’g`ri , qisqa va mukammal bayon etilishi hamda uni o’qituvchi tomonidan nazorat qilinishi. 9. Dars davomida , yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim- tarbiya bilan bog`lanishi. 10. O’qituvchi va o’quvchilarning ilmiy nutq madaniyati. Metodik tahlil – o’qituvchining dars jarayonida qo’llagan usullarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o’ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi. O’quv materiallarini o’quvchilarga bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo’llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniqlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’qituvchi darsda qo’llagan usullarning samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi uning o’tgan, yangi mavzu materialini o’quvchilarning qay darajada o’zlashtirib olganliklari bilan belgilanadi. Shu boisdan har bir dars kuzatuvchi (o’qituvchi, direktor , ilmiy bo’lim mudiri, inspektor yoki metodist ) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qarashi kerak. Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. Dars jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining tashkiliy shakllariga ko’ra: a) hikoya usuli; b) og`zaki bayon usuli; v) suhbat usuli. 2. O’quvchilarning o’zlashtirishiga ko’ra: a) o’qituvchilarning so’zlash usuli; b) ko’rsatmali qurollardan foydalanish usuli; v) darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash usuli; g) laboratoriya asboblari bilan ishlash usuli; d) texnika vositalaridan (informatika elektron hisoblash texnikasi, kinofilm, diafilm, radio, televizor kabilar) foydalanish usuli; ye) sinf doskasidan, geografiya, tarix yoki zoologiyaga tegishli bo’lgan turli kartalardan foydalanish usuli kabilar. Didaktik tahlil – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to’g`ri hamda mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir. Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o’rinli bo’ladi: 1. O’qituvchi bayonining sinf o’quvchilari jamoasiga to’la tushunarli bo’lishi va bu bayonning izchil ravishda o’quvchi ongiga yetib borishi. 2. O’qituvchi fikrining ma’naviy-ma’rifiy tarbiya talabiga mos bo’lganligi. 3. Barcha o’quvchilarning o’qituvchi berayotgan materialini ongli ravishda o’zlashtirishlari. 4. O’qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi. 5. O’qituvchi fikrining izchiligi. 6. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko’rsatmali qurollardan, tarqatma materiallar va texnika vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi. 7. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarning maqsadga yo’naltirilgan holda o’tishga erishilganligi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Qurbоnniyozоv R. “O’zbеkistоn gеоgrаfiyasi” qiziqаrli sаvоl vа tоpshiriqlаr. Tоshkеnt. O’qituvchi, 1997 y. 2. Qurbоnniyozоv R. Eshchоnоv G. “Gеоgаfik mаdаniyatni shаkllаntirish” Urgаnch, 1998 y 3. Qurbоnniyozоv R. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” Urgаnch. 2001 4. Bаrоtаliеv U. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” (mа’ruzа mаtni). Tеrmiz, 2003 y 5. Vаhоbоv H., Zаynutdinоv А. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi”. Tоshkеnt. 2000 y 6. Gеоgrаfiya dаrsliklаri. Tоshkеnt. O’qituvchi. 2005 – 2006 y Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling