2 – Tajriba ishi Mavzu: Dasturiy ta’minotni testlash uchun texnik vazifalarni shakllantirish Ishdan maqsad
Download 24.2 Kb.
|
2-labarotory
- Bu sahifa navigatsiya:
- Online shopping web sahifasi uchun TEXNIK VAZIFA
- Ma’lumotlar Amallar Login
- Ma’lumotlar menusi
- Amallar menyusi
- Login menyusi
2 – Tajriba ishi Mavzu: Dasturiy ta’minotni testlash uchun texnik vazifalarni shakllantirish Ishdan maqsad: Dasturiy ta’minotni testlash uchun uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishni o’rganish. Masalaning qo’yilishi: Talaba variantda berilgan mavzu bo’yicha texnik vazifalarni ishlab chiqishlari lozim. Texnik vazifalar ilovasida har bir oyna nima vazifani bajarishi va qanday shaklda bo’lishini aniq ifodalash shart. Keyingi tajriba ishlarida aynan ushbu texnik vazifa talablari amalga oshiriladi. Shuning uchun texnik vazifalarni modullarga taqsimlash lozim bo’ladi. Har bir modul alohida oynalarda belgilangan vazifalarni amalga oshiradi. Oxirida barcha modular birlashtirilib to’liq dastur xoliga keltiriladi. Namuna sifatida sklad dasturini ko’rib chiqamiz. Chunki, sklad haqida xamma tushunchaga ega. Skladga mahsulotlar kirim va chiqim bo’ladi. Istalgan vaqtda skladda qaysi mahsulotdan qancha miqdorda qolganligini aniqlash mumkin. Ya’na ta’minotchilar, haridorlar, kimdan qaysi mahsulot bo’yicha qancha qarz bor va xokazolarni amalga oshiruvchi dasturga texnik vazifa yozib chiqamiz.
Asosiy oyna Dasturning asosiy oynasida menu orqali boshqa oynalarga o’tish amalga oshirilsin; Asosiy oyna quyidagi menulardan tashkil topsin:
Ma’lumotlar menusi 1. Mahsulotlar orqali mahsulotlar oynasiga o’tilsin; 2. Xaridorlar orqali xaridorlar oynasiga o’tilsin; 3. Tadbirkorlar orqali tadbirkorlar oynasiga o’tilsin; 4. Foydalanuvchi shartnomasi orqali shartnomalar oynasiga o’tilsin; Amallar menyusi 1. Savatchaga qo`shish amali orqali savatcha oynasiga o’tilsin; 2. Sevimlilarga qo`shish amali orqali sevimlilar oynasiga o’tilsin; 3. Qidiruv amali orqali mahsulotlar qidirilsin; 4. Xarid qilish amali orqali xaridlar oynasiga o’tilsin; 5. Buyurtma qilish amali orqali buyurtmalar oynasiga o’tilsin;
Login menyusi 1. Ro`yxatdan o`tish menyusi orqali ro`yxatdan o`tish oynasiga o`tilsin; 2. Kirish oynasi orqali kirish bo`limiga o’tilsin; Oynalar menusi 1. Gorizantal bosilganida barcha ochiq turgan oynalar gorizontal holatda joylashsiz; 2. Kaskadli bosilganida barcha ochiq turgan oynalar kaskadli holatda joylashsiz; 3. Barcha ochiq turgan oynalar oynalar menusi oxirida joylashsiz, shu yerdan ham oynalarga murojaat qilish mumkin bo’lsin. Xaridorlar oynasi orqali mahsulotlar ko`rish imkoniyati bo`lsin.Ro`yxatdan o`tgan xaridorlar mahsulotlarni savatcha va sevimlilar oynasiga qo`sha olsin.Sotib olmoqchi bo`lgan mahsulotini savatchaga qo`shgandan so`ng unga to`lov qilish amaliyoti bo`lsin Tadbirkorlar oynasi orqali hamkorlik o`rnatish mumkin.Ya`ni tadbirkorlar o`z mahsulotlarini web saytda namoyish qila olsin.Buning uchun tadbirkorlar reklama berish qoidalarga rozilik bergan bo`lishi kerak. Mahsulotlar oynasida mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni ko’rish imkoniyati bo’lsin. Mahsulotning qaysi bo`limga tegishli ekanligi,nomi,narxi ni ko`rish imkoniyati. Mahsulot haqida xaridorlar izoh yoza olish imkoniyati bo`lsin Mahsulotga reyting qo`ya olinsin. Eng xaridorgir mahsulot ko`rsatilsin; Xarid amallari oynasi orqali savatchadagi bo’lgan mahsulotlar kiritilsin. Savatchadagi mahsulotni xarid qilishda mahsulotni olib kelgan savdogar ismi, mahsulot guruhi, mahsulot nomi bo’lishi lozim; Mahsulot narxi va soni kiritiladi va xarid qilinadi. Xarid bo’lgan mahsulotga to’lovni amalga oshirish uchun klaviaturadan “Enter” tugmasi bosilsin va “Xaridlarga to’lov” oynasiga o’tilsin. Xaridlarga to’lov oynasida savatchada bo’lgan aniq mahsulotga to’lov qaysi sanada va qancha summada to’lov amalga oshirilgani saqlab borilsin; Buyurtma qilish amali oynasi orqali xarid qilingan mahsulotlar uyga yetkazib berilish imkoniyati bulsin. Xarid qilingan mahsulotni harid qilgan haridor ismi, mahsulot guruhi, mahsulot nomi va xarid qilingan sanasi bo’lishi lozim; Xarid qilingan mahsulotni egasi yetkazib beruvchilarga bog`lana olsin.(Qo`ng`iroq qilish,SMS yozish yoki Telegramdan xabar yozish) Xaridorlar yetkazib beruvchilar ishini baholay olsin va yetkazib beruvchilar reytingi shakllansin Xaridlarga to’lov oynasida xarid bo’lgan aniq mahsulotga to’lov qaysi sanada va qancha summada to’lov amalga oshirilgani saqlab borilsin; Qidiruv oynasi orqali mahsulot qidirilsin.Agar qidirilayotgan mahsulot mavjud bo`lmasa unga o`xshash mahsulot ko`rsatilsin; Download 24.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling