1. Konturli plan olish deb nimaga aytiladi?


Download 24.77 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2023
Hajmi24.77 Kb.
#1087976
  1   2
Bog'liq
geodeziya yakuniy javoblari


1.Konturli plan olish deb nimaga aytiladi?
Planda joydagi tafsilotlar konturi tasvirlanadigan bo’lsa bunga konturli plan olish deyiladi
2.Yopiq poligon ichki burchaklarining nazariy yig’indisi qaysi formula bilan aniqlanadi?

3.Absolyut balandlik nima?
Nuqtaning dengiz sathiga nisbatan balandligi absolyut balandlik deyiladi.
4.Teodolit-taxeometr qanday asbob? Teodolit taxeometr bu
Taxeometrik syomkada ishlash uchun to’la shart sharoit yarata oladigan eng oddiy taxeometr bo’lib vertiqal doirga ega bo’lgan teodolit asbobi xizmat qiladi.Bunday asbobga teodalit taxeomter deyiladi.
5.Kompensatorli nevelirlarda kompesatorning vazifasi nimadan iborat?
Qarash turbasining gorizontal bo’lishini ta’minlaydi
6.Mexanik nivelirlash qaysi asbob yordamida bajariladi?
Maxsus avtomat nivelir yordamida
7.Plan deb nimaga aytiladi?
Plan-yer yuzasining yassi deb qabul qilingan bo’lagining tekis sathiy yuzaga tushurilgan gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi kichraytirilgan tasvirdir.
8.T15,T30,2T30 aniqligi bo’yicha qaysi teodolitlar turiga kiradi?
T15,T30- bu teodolitlar texnik teodolitlar turiga kiradi, 2T30 ushbu teodolitlarning mukammallashtirilgan ikkinchi seryasi shifrli teodalit hisoblanadi.
9.Rubm burchagi necha gradusdan necha gradusgacha bo’ladi?
Rumb burchagi deb meridianning shimoliy yoki janubiy qismidan xoxlagan tamonga berilgan chiziqni kesguncha bo’lgan burchak qiymatiga aytiladi va 0° dan 90° gacha o’lchanadi. Rumb burchagi r harfi bilan belgilanadi.
10.Azimut burchagi deyilganda nimani tushunasiz?
Azimut burchagi deb meridianning shimoliy qismidan chiqib, soat mili bo„yicha berilgan chiziqni kesguncha bo’lgan burchak qiymatiga aytiladi, va A harfi bilan belgilanadi hamda 0 dan 360 gacha o’lchanadi. Har qanday chiziq to’g’ri va teskari yo’nalishda bo’ladi. Berilgan chiziqning bir nuqtadan to’g’ri va teskari azimutlari bir biridan 1800 ga farq qiladi.
A ± 1800A'
11.Planda joydagi tafsilotlar va joy relefi ham qo’shib tasvirlansa u qanday plan deyiladi?
Planda joydagi tafsilotlar va joy relefi ham qo’shib tasvirlansa bu topografik plan deyiladi.
12.Joy planning joy xaritasidan farqi nimada?
13.Konturli(gorizontal) plan olish deb qanday plan olishga aytiladi?
14.Teodolit ishchi qismini ayting?
Teodolitning ishchi qismi Limb alidada vernyer va qarash turbasi
15.Menzula bilan plan olishning mohiyati nimadan iborat?
Menzula bilan plan olishda topografik plan joyda o’lchash ishlarini olib borish bilan bir vaqtda chiziladi
16.Joyda masofa qaysi asboblarda o’lchanadi?
Joyda masofani o’lchash asboblari po’lat lenta,po’lat ruletka,yumshoq materialdan ishlangan tasma ruletka tros va invardan yasalgan o’lchov simlari
17.Geometrik nivelirlash qaysi asbob yordamida bajariladi?
Geometrik asbob nivelir asbob yordamida bajariladi.
18.Teodolitning o’rnatish qismlarini ayting?
Shtativ,adilak,shovun va taglik
19.Geometrik nivelirlash usullarini ayting?
Geometrik nivelirlashning o’rtadan va oldinga nivelirlash usullari mavjud.
20.Joyda gorizontal va vertical burchaklar qaysi asbob yordamida o’lchanadi?
Joyda gorizontal va vertikal burchaklarni o`lchashda ishlatiladigan asbob teodolit deyiladi.
21.Nisbiy balandlik nima?
Yer yuzidagi biror nuqtaning boshqa nuqtadan tik balandligiga nisbiy balandlik deb ataladi. Masalan, tepalikning atrofidagi tekislikdan balandligi uning nisbiy balandligi bo‘ladi (22-rasm). Nisbiy balandlikni nivelir yordamida ham aniqlash mumkin.
22.O’lchash xatolari turlarini ayting?
Qo’pol ,sistematik va tasodifiy o’lchash xatolari kiradi.

Download 24.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling