3-Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Nivelerlashni tekshirish va sozlash amallarini bajarish
Download 326.38 Kb.
|
2-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar
- Nivelir reykalari va ularning turlari.
3-Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Nivelerlashni tekshirish va sozlash amallarini bajarish. (2-soat) Laboratoriya mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi Nivelir asboblari va nivelir reykalari bilan tanishish hamda ularning qismlarini o‘rganish. Ularni ishchi holatiga keltirish va tekshirish. Nivelir hamda uning qo‘shimcha detallari orqali sanoqlar olish shuningdek, nuqtalar orasidagi masofani o‘lchash. Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlarNivelir shtativi bilan, geodezik reyka, jurnali. Elektron nivelir shtativi bilan, ta’minotli dastur o‘rnatilgan kompyuter yoki noutbuk, nivelirlash jurnali. Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar Nivelir, asosan taglik, adilak va ko‘rish trubasidan iboratdir. Nivelir doiraviy adilak yordamida ish holatiga keltiriladi. Quyida ayrim nivelirlarning tasniflarini keltiramiz. Nivelir N-3. Ko‘rish trubasi 30 marta katta qilib ko‘rsatadi. N-nivelir degani. 3- o‘lchash aniqligini bildiradi, ya’ni 1km da 3 mm xatolik bo‘lishi mumkin. Ko‘rish maydoni 1 gradus 20 minut, IV-klass bo‘lib, texnikaviy nivelirlashda ishlatiladi. Ishlash uchun uni shtativga stanovoy (taglik) vint bilan berkitiladi. Asbob plastinkaga qadalgan ko‘tarma vintlar orqali, doiraviy adilak yordamida ish holatiga keltiriladi. Sanoq olishdan oldin trubadagi silindrik adilakning satxini «nol punktga» keltirib olinadi. Tasvir aniq ko‘rinishi uchun kremaler vintidan foydalaniladi. Reykadan sanoq olish masofasi 2 m dan yaqin emas. Nivelir reykalari va ularning turlari. Texnikaviy nivelirlashda butun va yigma reykalar ishlatiladi, ularning buyi 3 - 4 m bo‘lib, eni 8 - 10 sm, kalinligi esa 2 - 3 sm bo‘lib quruq, qarag‘ay daraxtidan yasaladi. Reykaning sanoqlari bir tomondan yoki ikki tomondan yozilishi mumkin. Ikki tomonli reykada yozuvlar qora va qizil rangda yoziladi va reykaning qora va qizil tomoni deb ataladi. 1.1-rasm. N – 3 nivelirini tuzilishi
1.2-rasm. N-3 nivelirini okulyari 1-o‘rdak pallasi; 2- iplar to‘rining gorizontal chizig‘i; 3- ipli dalnomerlar Qora tomonda sanoqlar «0» dan boshlanib 3000 da tugaydi. Bo‘laklarni xar biri Ye shaklidagi belgidan boshlanib, kiymati 10 mm da beriladi. Qizil tomon yozuvlari esa 46 87 mm yoki 44 68 mm (yigma reykada) beriladi. Nivelirlashda reyka qoziq ustiga vertikal qo‘yiladi. Qora va qizil tomonli reykalar bilan ishlaganda keyingi va oldingi reykalarda olingan sanoqlar ayirmasi qizil tomondan olingan ayirmaga teng bo‘lishi kerak. Download 326.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling