3-Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Nivelerlashni tekshirish va sozlash amallarini bajarish


Download 326.38 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi326.38 Kb.
#1710728
1   2   3
Bog'liq
2-laboratoriya

Nivelirlarni tekshirish


Nivelirlarni tekshirish deganda geometrik shartlarni qoniqtirishga aytiladi. Quyida N- 3 nivelirini tekshirishni keltiramiz (1.2-rasm).
1. Doiraviy adilak o‘qi, asbob aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. Buning uchun ikki ko‘targich vint bilan adilak pufakchasini o‘rtaga keltirib, so‘ngra asbobning yuqori qismi 1800 gradusga aylantiriladi. Shunda ham pufak doira o‘rtasida qolsa, bu shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda doiraviy adilak tagidagi tuzatgich vintlar yordamida pufakcha nol punkti tomon to‘g‘rilanadi va tekshirish yana qaytariladi.
2. Iplar to‘rining gorizontal ipi asbob aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak.
Asbob aylanish o‘qini vertikal holatga keltirib, ko‘rish trubasini 50-70 m da o‘rnatilgan reykaga shunday to‘g‘rilanadiki, reyka tasviri truba ko‘rish maydonining bir chekasida bo‘lsin. Reykadan sanoq olinadi.
Mikrometr vint yordamida reyka tasviri maydonning ikki chekasiga o‘tkaziladi va yana sanoq olinadi. Agar ikki sanoq bir xil bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi.
Agar shart bajarilamasa, to‘g‘irlash uchun oldin trubaning okulyar qismini tutib turuvchi uchta vint bo‘shatilib, so‘ngra iplar to‘rini burab bajariladi.
3. Ko‘rish trubasining vizir o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. Bu shart nivelirning eng asosiy sharti hisoblanadi. Buni bir joyda ikki martadan nivelirlash orqali tekshiriladi.
Buning uchun 50-75 m masofada ikki nuqtalarga (misolda A va V nuqtalarni) qoziq qoqiladi. Nivelirni A nuqta ustiga o‘rnatib, (bunda okulyar A nuqta tepasida bo‘lishi kerak) asbob balandligi I o‘lchaniladi. V nuqtaga esa reyka qo‘yilib v sanog‘i olinadi. So‘ngra reyka va nivelir joylari o‘zgartirilib, reykadan b2 sanog‘i olinadi va i2 o‘lchanadi.
Agar vizir o‘qi, silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lmasa, bu holda v1 va 2 sanoqlari X ga xato qilgan bo‘ladi. Bu yerda reykadan olingan sanoqdar xatosi quyida keltirilgan ifoda yordamida hisoblanadi.
(1.1)
Agar hisoblangan /x/ < 4mm bo‘lsa asosiy shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda reykadan (b2 + x ) sanog‘i olinib, ellivatsion vint bilan o‘rtacha to‘rlar chizig‘ini shu sanoqka to‘g‘irlanadi, so‘ngra silindrik adilak pufakchalarni bir-biriga to‘g‘irlanadi. Shundan so‘ng tekshirish yana qaytariladi.

1.3-rasm. Nivelirlarni geometrik o‘qlari

Download 326.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling