1-Mavzu. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili fan sifatida. Kursning maqsad va vazifalari. Matn haqida tushuncha. Reja


Download 225.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi225.67 Kb.
#1207924
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU



1-Mavzu. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili fan sifatida. Kursning 
maqsad va vazifalari. Matn haqida tushuncha. 
Reja: 
1. Kirish. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili kursi haqida umumiy 
ma’lumot. 
 
2. Matn ta'rifi. 
 
3. Matn birliklari. 
 
4. Matn va uning tipologik tasnifi. 
 
Tayanch tushunchalar:
Matn, gap, murakkab sintaktik butunlik, abzas, minimal matn, maksimal matn
mikromatn, makromatn, badiiy matn, nobadiiy matn, hikoya mazmunli matn, tasviriy matn, 
izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar mazmunli matn, so’roq mazmunli matn, buyruq-
istak mazmunli matn, hissiy ifoda mazmunli matn.
Kirish. “O‘qish kitobi” darsliklari matnining lisoniy tahlili kursining asosiy maqsadi
- Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini ta’minlash, og‘zaki va yozma 
nutqida adabiy nutq meyorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat. Boshlang'ich 
sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular 
ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy 
istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular bo’yicha berilgan matnlardan tashkil topgan. 
Matnlarni mavzusiga ko’ra tilning fonetik, leksik, frazeologik, grammatik qurilishi jihatidan 
tahlil qilishga o’rgatish jarayonida o’quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va
savodxonligini oshirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir.
Fanning vazifasi – O’qish kitobi” darsligida berilgan matndagi gaplarni fonetik
leksik, morfologik va sintaktik jihatdan to‘liq tahlil qilish asosida o‘quvchi shaxsini 
fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon 
qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid 
bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, 
yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va 
rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o‘qigan, 
ko‘rgan, eshitganlarini nutqiy to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga 
qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy 
o‘stiriladi. Darsda o‘qilgan asarni o‘quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g‘oyasini 
anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar 
qo‘llanadi. O‘qilgan asarni analiz qilishda har xil ish uslublaridan foydalaniladi. Boshlang‘ich 
sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositalaridan biri turli uyushtirilgan 
qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish 
turlari mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta 
hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Matnni hikoyalash orqali til 
xususiyatlarining lingvistik tahlili alohida ahamiyatga ega.Badiiy asar tili nihoyatda murakkab 
va o’ziga xos hodisa hisoblanadi. Tilshunoslik, umuman, filologiya tarixida uni o'rganishga 
turlicha yondashib kelingan. Badiiy asar tili tadqiqi bilan bir umr shug'ullangan V.Vinogradov 
o’zining «Badiiy adabiyot tili haqidagi fan va uning vazifalari» nomli ma’ruzasida badiiy 
adabiyot tili to’g'risida gap ketganda, «til» so’zi ikki xil ma'noda qo’llanishini ta'kidlaydi, 
ya'ni: 1) u yoki bu milliy tilning sistemasini aks ettiruvchi «nutq» yoki »matn» (adabiy til 


tarixi, tarixiy grammatika va leksikologiya uchun tahlil materiali) ma'nosida; 2) «san'at tili», 
badiiy ifoda vositalari sistemasi ma’nosida. 
Adabiyotning so’z san’ati ekanligi, uning birlamchi unsuri til ekanligi haqidagi 
haqiqatni hech kim hech qachon inkor etgan emas. Kishilik tarixida adabiyot atalmish dunyoni 
obrazli idrok etish san’ati yaralibdi-ki, bu san’atning asosiy ifoda vositasi bo’lgan so’z, tilni 
tadqiq etishdek mashaqqatli yumush inson tasavvuri va tafakkurini muttasil band etib keladi. 

Download 225.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling