3. Matn qanday ma'no anglatishiga ko'ra juda ko'p turlarga bo'linadi: maksimal matn, minimal matn, og'zaki, yozma, erkin strukturali, turg'un strukturali, hikoya matni, tasviriy matn, muhokama mantni, badiiy matn, nobadiiy matn va hokazo
Download 14.75 Kb.
|
Matnning lingvopoetik tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Bugungi kunda tilshunoslikda " Matnning lingvopoetik tahlili" fanining tutgan orni beqiyosdir. Chunki matnni tahlil qilishda, uni tushunishda bu fan katta ahamiyatga ega.
- 10. Lingvopoetik tahlil boshqa tahlil turlari bilan chambarchas bogliqdir. Bu tahlilsiz ularni ham tasavvur qilish qiyin. Masalan lingvopoetik tahlil lingvistik tahlil bn ozaro aloqador.
- 13. Poetika atamasi tor ma’noda – sheriy asar va uning evolyusiyasi, ularning kelib chiqishi va taqdiri, sheriy stilistika, sheriy nutq va uning xarakteri, turli sheriy va tasviriy
Javoblar: 1. Matnning lingvopoetik tahlili kursining asosiy tushunchasi badiiy matndagi badiiy ma'no va badiiy mazmunni aniqlash asosida lingvopoetik butunlik sifatidagi matnni baholashdan iborat. Badiiy matnning lisoniy tahlili maxsus tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. Badiiy matndagi poetik aktuallashuv fonografik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning har birida o’ziga xos tarzda kechadi. Badiiy matnning lisoniy–estetik butunlik sifatidagi tabiati ham shakliy, ham semantik mohiyatga ega bo’lgan integrativ munosabatlarning mavjudligiga ko’ra yuzaga keladi. 2. "Matnning lingvopoetik tahlili” fanining vazifalari: talabalarni matn va uning tiplari, badiiy matn va uning qismlarini bog‘lovchi vositalar, badiiy nutq uslubi va uning ko‘rinishlari, badiiy matnning fonetik-fonologik, leksik-grammatik xususiyatlari, ko‘chimlar hamda badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari bilan tanishtirish hamda mazkur kurs bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini badiiy asarlardan tanlangan matnlar tahlilida sinab ko‘rish. 3. Matn qanday ma'no anglatishiga ko'ra juda ko'p turlarga bo'linadi: maksimal matn, minimal matn, og'zaki, yozma, erkin strukturali, turg'un strukturali, hikoya matni, tasviriy matn, muhokama mantni, badiiy matn, nobadiiy matn va hokazo. 4. Bugungi kunda tilshunoslikda " Matnning lingvopoetik tahlili" fanining tutgan o'rni beqiyosdir. Chunki matnni tahlil qilishda, uni tushunishda bu fan katta ahamiyatga ega. 5. Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butuniik) va ushbu sohaning asosiy obyekti sifatida talqin qilinadi 6. “ Matnning lingvopoetik tahlili” fanining maqsadi: talabalarning umumfilologik saviyasini ko‘tarish va mustahkamlash. Talabalarga lisoniy tahlil haqidagi tasavvurga ega bo‘lishlarini, lisoniy tahlilning (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) qatlamlaridan xabardor bo‘lgan holda, mumtoz va hozirgi zamon shoir va yozuvchilarimiz badiiy asarlari tilini o‘rgatish. Talabalarning tilshunoslik va adabiyotshunoslikdan olgan bilimlarini yangi ilmiy va metodologik bosqichga ko‘tarish, o‘zbek tilining chiroyi, estetik jilosini anglash, nutq madaniyatini takomillashtirish va istagan badiiy matnni sharhlash malakasini hosil qilishdir. 7. "Matnning lingvopoetik tahlili” fanining vazifalari: talabalarni matn va uning tiplari, badiiy matn va uning qismlarini bog‘lovchi vositalar, badiiy nutq uslubi va uning ko‘rinishlari, badiiy matnning fonetik-fonologik, leksik-grammatik xususiyatlari, ko‘chimlar hamda badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari bilan tanishtirish hamda mazkur kurs bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini badiiy asarlardan tanlangan matnlar tahlilida sinab ko‘rish. 8. Lingvopoetik tahlil - til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni, vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. 9. Mazkur kursning mazmuni tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, nutq madaniyati, uslubshunoslik, falsafa, etika, estetika, mantiq va psixologiya kabi bo'limlar bilan uzviy aloqadorlikda faoliyat yuritadi. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish talabadan jiddiy filologik tayyorgarlikni talab qiladi. Chunki badiiy matn ijodiy tafakkur mahsuli sifatida shakl va mazmun jihatidan o’ta murakkab badiiy estetik butunlik hisoblanadi. 10. Lingvopoetik tahlil boshqa tahlil turlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu tahlilsiz ularni ham tasavvur qilish qiyin. Masalan lingvopoetik tahlil lingvistik tahlil bn o'zaro aloqador. 11. O'qish davomida matnni tushunish uchun uni qayta-qayta o'qish, takrorlash lozim. Uni tushunishda matn tezligi ham ahamiyatga ega. 12. Poetika atamasi keng ma’noda – badiiy adabiyot, uning qonuniyatlari, adabiyot nazariyasi, adabiyot qoidalari, janr, kompozisiya tiplari, syujet qurilishi kabilarni anglatadi. Bunda poetika atamasi bevosita adabiyot nazariyasi atamasining sinonimi vaifasini o'taydi. 13. Poetika atamasi tor ma’noda – she'riy asar va uning evolyusiyasi, ularning kelib chiqishi va taqdiri, she'riy stilistika, she'riy nutq va uning xarakteri, turli she'riy va tasviriy vositalarni ifodalaydi. 14. «Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida[1] matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 156-betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: [r‹lat] 1.Yozilgan, ko‘chirilgan Yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar Yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2.Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo‘lgan She’r, so‘z. 3.Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi. Bu ta’rifda matnning asosiy xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. 15. Ma`lumki, nutq og’zaki va yozma ko’rinishga ega. Og’zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og’zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi va tahrir imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Og’zaki nutqda fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi. Og’zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalargina aytiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog’liq. Yozma nutq yozma ravishda namoyon bo'ladi. Nutqni yozayotgan muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutq qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahlil qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko’paytirishi mumkin. Download 14.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling