1-topshiriq. Matndagi gaplarni fonetik bo‘laklarga ajrating.
Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 5000
dan ortib ketadi. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys va boshqa tillar.
Tillarning barchasi insonlar o’rtasidagi aloqa-aralashuvni ta'minlash vazifasini
bajaradi.Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida
gaplashishadi.
Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan,
insonlarning o‘zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o’lik tildir.
Siz kitoblar, kinofilmlar orqali yovvoyi hayvonlar orasida o’sgan bolalar haqida
ma'lumot olgansiz.O‘shanda bir narsaga e'tibor berganmisiz? Bunday bolalar
hayvoniy qiliqlarga ega bo’lib, eng muhim insoniy fazilatdan - so‘zlashdan mahrum
edilar.
2-topshiriq. 10ta maqol yozing va fonetik bo‘laklarga ajrating.