Bankning foizsiz daromadlari va uning xisobi. Reja: Banklarning foizsiz daromadlari
Download 43.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqBanklarda buxgalteriya xisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini tartibga solish va valyuta operatsiyalarining turlari
Bankning foizsiz daromadlari va uning xisobi. Reja: Banklarning foizsiz daromadlari . O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini tartibga solish . Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari. Daromadlar – bu bankning odatdagi faoliyati natijasi sifatida iqtisodiy resurslarning yoxud aktivlarning oqib kelishi yoki o‘sish yo‘li orqali, yoxud majburiyatlarning qisqarishi yo‘li orqali o‘sishidir» deb ta’riflaydi Bank daromadi ikkiga bo‘linadi: foizli daromadlar; foizsiz daromadlar. Banklarning foizsiz daromadlariga quyidagilar kiradi: - vositachilik va xizmatlar uchun haq to‘lashdan olingan daromadlar; - savdo operatsiyalaridan ko‘rilgan foyda; - valyuta operatsiyalaridan ko‘rilgan foyda; - dividendlar shaklidagi daromadlar; - investitsiyalardan ko‘rilgan foyda; - qaram xo‘jalik jamiyatlari va qo‘shma korxonalar foydasi; - sof pul moddalari bo‘yicha foyda; - boshqa operatsiyalardan daromadlar. O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini tartibga solish va valyuta operatsiyalarining turlari Bozor munosabatlari sharoitida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliy aloqalari o‘sishi banklararo valyuta savdosi hajmlari ortishiga olib kelmoqda. Mazkur bozorda mijozlarga malakali xizmat ko‘rsatish asosiy o‘rin tutadi. Bu ishni yuqori darajada bajarish uchun banklar doimo bozorda xizmatga hozir bo‘lishlari kerak. Ular valyuta kurslarining o‘zgarishini kuzatib borishlari, dolzarb iqtisodiy va siyosiy voqealardan xabardor bo‘lib turishlari zarur. Banklarning tashqi iqtisodiy faoliyati tovar va xizmatlarni eksport-importida milliy va chet el valyutalarida amalga oshiriladigan bank operatsiyalari, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasiga sotish, nosavdo operatsiyalar, norezidentlarning mamlakat ichidagi harakati va boshqa chet el valyutasidagi operatsiyalar bilan bog‘liqdir. Valyuta operatsiyalari - bu valyuta boyliklariga nisbatan bo‘lgan egalik huquqining o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish, valyuta boyliklarini xorijdan olib kirish va jo‘natish hamda xorijga olib chiqish va jo‘natish, shuningdek, halqaro ko‘lamda pul o‘tkazish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalardir. Ushbu operatsiyalar amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari valyuta munosabatlarining sub’ektlari bo‘lib hisoblanadilar. Valyuta boyliklari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar valyutani tartibga solish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. CHet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi Farmoni qabul qilinishiga mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab bo‘ldi. Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi. Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi. Mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan valyuta bozorini shakllantirish barcha banklarning mijozlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi savdolarida erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z valyuta mablag‘larini hech qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi. Valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, Respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida, valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilab qo‘yilgan: - yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash; - milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash; - valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, valyuta siyosatining noan’anaviy tarmoqlarda eksportni rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda rag‘batlantiruvchi rolini oshirish; - sifatli ish o‘rinlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni bevosita rag‘batlantirish uchun iqtisodiyotning barcha sektorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bilim va texnologiyalar jalb etishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash; -milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidligiga garovga berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy qilish; - monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat byudjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o‘sishining oldini olish; - bank tizimining barqarorligini ta’minlash va uning tavakkalchiliklarga bardoshliligini, shu jumladan, valyuta siyosatini liberallashtirishning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan samarali choralarni qo‘llash hisobiga oshirish; - valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar korxonalari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; - aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush darajasiga valyuta siyosatini liberallashtirishning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish1. Amaldagi qonunga muvofiq, valyuta operatsiyalari - joriy xalqaro operatsiyalarga va kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga bo‘linadi2. Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar: -mollarni eksport va import qilish, valyuta boyliklarining oldi-sotdisi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, intelleKreditual mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq, hisob-kitoblari to‘lov muddatini kechiKreditirmaslik sharti bilan amalga oshiriladigan, zayom mablag‘lari berilishi yoki jalb etilishini nazarda tutmaydigan operatsiyalar; -bank omonatlari, kreditlari, investitsiyalar va boshqa moliya operatsiyalaridan foizlar, dividendlar hamda o‘zga daromadlarni xorijga va xorijdan o‘tkazish; -savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan mablag‘larni, shu jumladan ish haqi, pensiya, aliment, meros pullarni o‘tkazish, shuningdek shunga o‘xshash boshqa operatsiyalar kiradi. Joriy xalqaro operatsiyalar va chet el valyutasini ular bilan bog‘liq holda sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladigan operatsiyalar kiradi. Prezidentining 02.09.2017 yildagi PF-5177-son Farmoniga asosan, 2017 yil 5- sentyabrdan: -O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan o‘tkazmalar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari; -O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalariga erkin sotishi va konversion bo‘limlarida sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga asosan sotib olishi va chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatishi; -iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat berilishi; -mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha eksportchi korxonalarning chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish bo‘yicha talab bekor qilinishi; -chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisobvaraqlaridagi chet el valyutasini naqd ko‘rinishida olishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling