So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
Download 46.28 Kb.
|
[OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik; 2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik] [TSZ: 1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi maydonlarining hajmi ekin turlari bo‘yicha paxta-to‘qimachilikda — 67 foizni, chorvachilikda — 8 foizni, meva-sabzavotchilikda — 7,5 foizni tashkil etmoqda. Klaster usulida yetishtirilgan xomashyoni qayta ishlash natijasida tayyor mahsulot ko‘rinishida iste’molchiga yetkazib berish imkonini bermoqda. Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. 2010-yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 1,6 foizgacha kamaydi. Shu bilan birga, sohada ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish imkoniyati mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4239-son qaroriga asosan: Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilganligi; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda 2020-yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida 31 ta, 2021-yilda respublika bo‘yicha 100 ta qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha klasterlarni (keyingi o‘rinlarda — meva-sabzavot klasteri) tashkil etish tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuv (keyingi o‘rinlarda — uch tomonlama kelishuv) asosida amalga oshiriladi; meva-sabzavot klasterini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar, qoida tariqasida, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar orasidan, ularning tajribasi va imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlab olinadi, bunda birinchi navbatda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha to‘liq ishlatilmayotgan quvvatlarni ishga tushirish nazarda tutiladi; meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtiruvchilarni meva-sabzavot klasterlariga biriktirish ular bilan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar hamda tuman hokimligi o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali amalga oshiriladi; meva-sabzavot klasteri ishtirokchilari — mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali tartibga solinadi; mahsulot yetkazib berish shartnomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari tomonidan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning takliflari asosida qabul qilinadigan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar va uch tomonlama kelishuv shartlari asosida tuziladi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi; mahsulot yetkazib berish shartnomalari fuqarolik qonun hujjatlari talablari asosida tuziladi, ularda shu jumladan mahsulot narxini haqiqiy xarajatdan kelib chiqib aniqlash, xarid qilinadigan mahsulot uchun oldindan ajratiladigan avans mablag‘lari hisobiga mahsulot yetishtiruvchilarni urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa resurslar bilan ta’minlash, agrotexnika va agrokimyo xizmatlari ko‘rsatish, yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish, axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish nazarda tutiladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari: bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanning barchasidagi mavjud bog‘ va tokzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin; o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash yuzasidan har bir tuman kesimida manzilli ro‘yxatlarni shakllantirsin va tasdiqlasin, bunda 2020-yil davomida yaroqsiz bog‘ va tokzorlarni, 2021 — 2025-yillarda esa kam hosilli, eskirgan va samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash nazarda tutilsin; yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etish ularni oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo‘jaligi birlashmasiga biriktirilishini, iqtisodiy jihatdan samaradorligini nazarda tutgan holda amalga oshirilishini ta’minlasin. Oldingi tahrirga qarang. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida, shu jumladan tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali berish, keyinchalik ular negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari tuzish ishlarini tashkil qilsin. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. Belgilansinki, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirish ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi, bunda yangi bog‘, tokzor va issiqxonalar barpo etish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash obyektlarini yaratish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan miqdordagi kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan asosiy stavkadan oshgan, lekin asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya va qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdordagi kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) miqdorda kafillik taqdim etiladi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) 6. Intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklariga ushbu loyihalar uchun kreditlar ajratishda bog‘ va tokzorlar hosilga kirgunga qadar (turiga ko‘ra) asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr belgilash tartibini joriy etish tavsiya etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda: meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari keng jalb qilinishini; xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablag‘larini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga manzilli yetib borishini ta’minlasin. 8. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan — qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratishga; (8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son) Oldingi tahrirga qarang. (8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son) Oldingi tahrirga qarang. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan — ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiyalar ajratishga ruxsat berilsin. (8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan moliyaviy yordam turlarini ajratishning aniq mexanizmini belgilash maqsadida ushbu jamg‘armalar faoliyatini tartibga soluvchi hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Oldingi tahrirga qarang. (9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son) 9. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi yangi yong‘oq mevali bog‘larni tashkil etish va ularda pista, bodom, yong‘oq mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va moliyaviy yordam turlaridan foydalanishda ularga ko‘maklashish choralarini ko‘rsin. 10. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining qo‘llanilganligi mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, vazirlik va idoralar huzuridagi jamg‘armalar hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hisobidan moliyaviy ko‘mak berilishini istisno qilmaydi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ: a) bir oy muddatda meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirish, eksportdagi tarif va notarif baryerlarni kamaytirish yuzasidan “yo‘l xarita”sini ishlab chiqib, tasdiqlasin. Unda quyidagilar nazarda tutilsin: meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining turlari bo‘yicha noan’anaviy bozorlar, xususan, Xitoy, Koreya, Hindiston, Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksportni ko‘paytirish; xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan import bojlari va aksiz solig‘i stavkalarini qo‘llashda imtiyoz va chegirmalar berish to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazish; temir yo‘l, avtomobil va havo transportida yuklarni tashishda undiriladigan to‘lovlarni kamaytirish; xalqaro darajada tan olingan standartlar talablariga mos mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini ushbu standartlar talablari asosida qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar qamrovini kengaytirish, eksportbop mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish; “sog‘lomlik” sertifikati bo‘lmagan urug‘ va ko‘chatlarni import qilish hamda ekishni to‘xtatish; meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mineral o‘g‘itlar sotish va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizim tashkil etish, ularning faoliyatida ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishini ta’minlash; b) amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2020-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. 12. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida: tegishli hududda meva-sabzavot va uzum turlarini joylashtirishda yetishtiriladigan mahsulot hajmi bog‘lar va tokzorlar tuproqlarining bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi (keyingi o‘rinlarda — normativ hosildorlik) asosida aniqlanadi; mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan normativ hosildorlik talablariga rioya etilishi ular ishtirokida tuzilgan shartnomalar, davlat statistika hisobotlari hamda vakolatli organlarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar yordamida hududiy qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan monitoring qilinadi; o‘tkazilgan monitoring natijalari har yili kamida bir marta xalq deputatlari tuman kengashlarida muhokama qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi: mazkur bandga asosan o‘tkazilgan monitoring natijalarini xalq deputatlari tuman kengashlarida muhokama qilish ishlarini samarali tashkil etishga ko‘maklashsin; o‘tkazilgan monitoring natijalarini umumlashtirish asosida 2021-yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga yer uchastkalaridan samarasiz foydalanayotgan yer uchastkalari egalariga nisbatan xalq deputatlari tuman kengashlarining qarorlariga asosan ta’sirchan choralar ko‘rish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritsin. 13. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda — meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 55 ta tumanni alohida mahsulot turiga ixtisoslashtirish, ularda faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari faoliyatining samarali tashkil etilishi hamda 2020-yilda 26 ming gektar kam hosilli va yaroqsiz bog‘lar o‘rnida intensiv usulda 7 ming gektarida gilos, 8 ming gektarida yong‘oq va shaftoli, 8,5 ming gektarida o‘rik va anor hamda 2,5 ming gektarida olxo‘ri bog‘lari tashkil etilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov — kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishi, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirishda aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishini ta’minlash uchun; O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzoqov — meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini maqsadli jalb qilish, eksport qiluvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini samarali tashkil etish uchun; O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov — yong‘oq mevali bog‘lar tashkil etish, ularda pista, bodom, yong‘oq singari mahsulotlar yetishtirish va eksport qilish hajmini kengaytirish uchun; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori N.E. Najimov — yaroqsiz bog‘, issiqxona va tokzorlar joylashgan yerlarda yangidan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish, keyinchalik bir hududda ijaraga olingan ekin maydonlari negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlarini tashkil etish uchun; (13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son) O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari A.E. Ergashev — mazkur qarorda nazarda tutilgan moliyaviy yordam turlarini o‘z vaqtida va manzilli taqdim etishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun; O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari S.S. Xodjayev — to‘qsonbosti usulida yetishtiriladigan va ertaki ekinlarning o‘z vaqtida ekilishi, ularda belgilangan turdagi va hajmdagi mahsulotlarning to‘liq yetishtirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi belgilansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda: 2020-yilda tashkil etiladigan meva-sabzavot klasterlari faoliyatini manzilli qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi; Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi; Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarorlarini qabul qilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning ijrosini, sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklari egalariga, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin; meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mazkur qaror talablarining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib borsin; ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2019-yil 11-dekabr, PQ-4549-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-son qaroriga ILOVA [OKOZ: 1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4161-son qarorining 5-bandida: a) quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish; umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish; uzum ko‘chatlarini shpalerga ko‘tarish uchun subsidiyalar ajratish”; b) beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi PQ-4227-son qarorining 3-bandi “a” kichik bandida: a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari ustav fondiga (jamg‘armasiga) ulush sifatida kiritish uchun — har bir a’zoga (oilaga) bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobari miqdorida to‘lash”; b) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qarorining 6-bandida: a) quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish”; b) to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin. Oldingi tahrirga qarang. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 07/19/4549/4143-son; 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son, 19.05.2020-y., 07/20/4716/0598-son, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son) Download 46.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling