Bekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik fanidan
Download 62.74 Kb.
|
Zokir
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA 1-BOB.Favqulodda vaziyat sharoitida axolini himoyalash chora tadbirlari.
- 2-BOB.Fuqaro muxofazasi boyicha davlat tashkiloti raxbarlarini oqitish. 3.1. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI FAVQULODDA VAZIYATLARDA XAVFSIZLIK FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Favqulodda vaziyatlarda aholining fuqaro muhofazasi bo‘yicha salohiyatini oshirish chora-tadbirlari. Bajardi: Botirboyev Zokirjon Qabul qildi: Toshkent – 2024 MUNDARIJA 1-BOB.Favqulodda vaziyat sharoitida axolini himoyalash chora tadbirlari. 1.1. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari....................................................... 1.2. FV larni va ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash................................................................................................... 1.3. FV da FM ni ta’minlash bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish................... 2-BOB.Fuqaro muxofazasi boyicha davlat tashkiloti raxbarlarini oqitish. 3.1. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning noxush oqibatiga yo‘l qo‘ymaslik yoki uni maksimal darajada pasaytirish bo'yicha qo'llanniladigan choralar majmuaviy tadbirlardir. Aholini himoyalashning samaraldorligiga mavjud barcha vosita va usullar to‘la ishlatilganda va xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari to‘laligicha anglab yetilgan taqdirdagina erishish mumkin. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari qo‘llanishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1. Oldindan tayyorgarlik ko'rmoq (shaxsiy va jamoaviy), himoya vositalarini to‘plash, ulami tayyor holda saqlash hamda aholini xavfli hududdan evakuatsiya qilish bo'yicha tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish. 2. Differensiyallashgan yo'nalish tadbirlari hajmi va xarakteri xavfli va zaharli omillar manbaining turi va mahalliy sharoitlarga bog'liq. 3. Tadbirlar majmuasi FV oqibatlaridan himoyalanish usullari va vositalaridan samarali foydalanish, zamonaviy texno-ijtimoiy muhitda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo'yicha tadbirlar bilan birga olib borishni taqozo etadi. FV larda aholini himoya qilishning asosiy usullari, aholini evakuatsiya qilish, himoya inshootlariga joylashtirish, shaxsiy himoya hamda tibbiy profilaktik vositalarini qo'llashdan iboratdir. Siyosiy-harbiy nizolar ayniqsa, zamonaviy qurolyarog'lar bilan hal qilingan taqdirda qirg'indan saqlab qolish uchun eng samarali usullardan biri aholini himoya inshootlariga joylashtirishdir. Ayniqsa radioaktiv va kimyoviy moddalardan saqlanishda bu choraning samarasi yuqoridir. Himoya inshootlari - bular fizik, ximik va biologik xavfli va zararli omillardan himoyalash maqsadida maxsus qurilgan injenerlik inshootlaridir. Bu inshootlar himoyalash xossalari bo'yicha pana joy va radiatsiyaga qarshi yashirinish uchun yopiq pana joylarga bo'linadi. Bular qurilish me’yorlari va qoidalari SNiP 2.01.51-90 bo'yicha loyihalanadi. Shaxsiy himoya vositalari - odam organizmining ichki a’zolariga, terisiga va kiyimiga radioaktiv, zaharlovchi va bakterial vositalarning ta’siridan saqlaydi. Shaxsiy himoya tibbiy vositalari FV larda jabrlangan aholiga tibbiy yordam ko'rsatish va profilaktik tadbirlar uchun mo'ljallanadi. Ular yordamida odam hayotini saqlab qolish, ko'riladigan zararni kamaytirish yoki oldini olish, ayrim xavfli yoki zararli (nurlanishlar, zaharli moddalar, bakteriyalar) omillarning kishi organizmiga ta ’siriga chidamligini oshiradi. Ularga radioprotektorlar (masalan, sistamin-ionli nurlar ta’sirini kamaytirish), antidot (zaharli moddalarning ta’sirini pasaytiradi), bakteriyalarga qarshi vositalar (antibiotiklar, anterferonlar, vaksinalar, anataksinlar va sh.o'.), hamda qisman sanitarik ishlov beruvchi vositalar (yaralarni bog'lovchi shaxsiy paketlar, kimyoviy jarohatlar uchun shaxsiy paketlar) kiradi. FV larda aholini hayotiy faoliyat xavfsizligini ta ’- minlashda qator tadbirlami awaldan ко'rib qo'yish muhim rol o'ynaydi, xususan: aholini FV larga o'qitish, FV haqida vaqtida xabar berish, kimyoviy va bakterial razvedka ishlarini yo'lga qo'yish va amalga oshirish, hamda dozimetrik va laboratoriya nazoratlarini tashkil qilish, yong‘inga qarshi, epidemiyaga qarshi va sanitariyagigiyenik tadbirlarni o‘tkazish, qutqaruv va boshqa zudlik bilan bajariladigan ishlar uchun moddiy boyliklar zaxirasini to‘plash (va sh.o\). Favqulodda vaziyatlarda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta ’minlash — odam faoliyatining barcha jabhalarida sog‘lig‘ini va hayotini saqlashga qaratilgan tashkiliy, injenertexnik tadbirlar va vositalar majmuasidir. Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: - FV larni va ularning oqibatlarini oldindan aytish; - FV paydo bo‘lishi ehtimolini yo‘qotish yoki kamaytirish tadbirlarini rejalashtirish, hamda ular oqibatlari ko‘lamini kamaytirish; - FV larda xalq xo‘jaligi obyektlari ishining muntazamligini, uzluksizligini ta’minlash; - FV holatlariga aholini o‘qitish; - FV oqibatlarini tugatish. Ushbu yo‘nalishlarning qisqacha mazmunlari quyidagichadir: FV ni va ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash. Bu - tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar tufayli yuzaga kelgan vaziyatni taxminiy aniqlash va baholash usulidir. Boshqa tabiiy fanlardan farqli ravishda FM da prognoz qilish, olingan kattaliklar sharoitni o ‘zgartirish uchun foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Buning murakkabligi shundaki, noto‘liq va ishonchli bo‘lmagan axborotlar asosida FV ning oqibatlarini yo‘qotish bo‘yicha ishlaming hajmi va xarakterini taxminiy belgilash talab qilinadi. Hozirgi vaqtda seysmik rayonlar, tuproq siljishi mumkin bo‘lgan sei oqimlari yo‘nalishlari, to‘g‘onlar buzilganda, suv toshqini b o ‘lganda, odamlarga va hududga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan hududlar chegaralari aniqlangan. FM bo‘yicha prognoz qilish masalalariga FV laming sodir bo'lish vaqtini taxminiy aniqlash ham kiradi. Bu prognoz bo'yicha aholining xavfsizligini ta’minlash bo'yicha operativ choralar ko'riladi. Hozirgi vaqtda ko'pgina olim va mutaxasislarning fikri FV laming boshlanishi va rivojlanishini oldindan aytib berishga qaratilgan. Ayrim tabiiy ofatlarni oldindan aytib berish bo'yicha real imkoniyatlar paydo bo'ldi. Bunda quyosh faoliyati statistik ma’lumotlari, Yerning sun’iy yo'ldoshlaridan olingan ma’lumotlar, meteorologik, seysmologik, vulqonshunoslik, boshqa stansiyalardan olingan ma’lumotlarga asoslaniladi. Yer qimirlashini seysmik rayonlarda suv tarkibini muntazam ravishda kimyoviy analiz qilish, tuproqning elektr va magnit tavsiyanomalarini o'rganish, quduqlardagi suv sathining o'zgarishini, hayvonlarni, sudralib yuruvchilarni, baliq va qushlarni kuzatish orqali sezish mumkin. O'rmon, torf va boshqa landshaftlardagi yirik yong'inlarni, harorat va geografik iqlim, statistik ma’lumotlar va boshqa sharoitlami hisobga oluvchi majmuaviy ko'rsatkichlar orqali prognoz qilinadi. Yong'inning yashirin manbalarini (torf va yer osti gazlari) aniqlash infraqizil apparat orqali samolyotdan va sun’iy yo'ldoshlardan turib rasmga olinadi. FV ning paydo bo'lishini oldindan aytib berish matematik usullar yordamida ham bajariladi. Sharoitni oldindan aytib berish uchun, haqiqiy xavfli obyektlar joylashgan hududlar, moddalar va energiya zaxiralari, aholining soni va zichligi, inshootlarning jihati, himoyalovchi inshootlarning turi va soni, ularga qancha odam sig'ishi va boshqa ma’lumotlar asos qilib olinadi. Sharoitni oldindan aytib berishda FV ning turiga qarab falokat hududi toshqin, yong'in va zaharlanish (bakteorologik, kimyoviy va nurlanish) chegarasi, aholi va xalq xo‘jaligida ko‘rilgan zararlar aniqlanadi. Sharoitni prognoz qilish kattaliklari umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va qaror qabul qilinadi, ya’ni qaror qabul qilish uchun xulosa chiqariladi. Shu o‘urinda savol tug‘iladi. Bugun tuzilgan nomukammal va yetarli ishonchga ega bo‘lmagan prognoz manbalarini qanday tadbiq qilish mumkin? Ma’lumki, FV larda FM ni ta’minlash nomukammal va to‘la ishonchga ega bo‘lmagan axborot asosida qaror qabul qilish lozim bo'lgan birgina soha emas. Ko‘rilayotgan muammoni ushbu sharoitda hal qilishda FV larda odamlarning xavfsizligini ta ’minlash bo‘yicha xavfning oldini olish va paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirish, hamda uning oqibatlari hajmini kamaytirish masalalarini qamrab oladigan keng qamrovli yondoshuv kerak. Ushbu metodologik asosda o ‘zimizning va xorijiy amaliyot tajribasini hisobga olgan holda, samaradorlikni tobora ortib borishini asoslaydigan tadbirlar majmuasini oldindan tayyorlash, boshqacha qilib aytganda, zamonaviy texno-ijtimoiy muhitda odamlarning FM ni ta’minlashning ko‘p tabaqali tizimini joriy qilish kerak. 3.2. FV larni va ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash FV lar oqibatida ko‘riladigan zararlarning oldini olish tadbirlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: Doimiy o‘tkaziladigan tadbirlar. Ular uzoq muddatli prognoz asosida tuziladi: SNiP talablarini hisobga olgan holda, qurilish-montaj ishlarini olib borish, aholini xavfxatar haqida xabardor qilishning ishonchli tizimini yaratish. Aholini shaxsiy himoya vositalari bilan ta ’minlash va himoya inshootlarining yetarli zaxirasini tuzish, nurlanish, ximik va bakteriologik kuzatuv ishlarini tashkil etish, aholini FV chog‘ida o‘zini qanday tutish va faoliyati xususida umumiy o‘quvlarni tashkil etish, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarini o‘tkazish, AES ni kimyoviy, sellyuloza-qog‘oz va boshqa xavfli obyektlarni iqtisodiy tang joylarda qurilishdan voz kechish, odam sog‘ligi va hayoti uchun xavfli bo‘lgan obyektlarni boshqa mahsulot chiqarishga o‘tkazish, FV laming oqibatlarini yo‘qotish bo'yicha rejalar tuzish (va sh.o'.). FV vaqti aytib berilgach, ko'rilishi kerak bo'lgan himoya tadbirlari: prognoz uchun zarur bo'lgan razvedka va kuzatish tizimini jonlantirib yuborish. Aholiga FV haqida xabar beruvchi sistemani tayyor holga keltirish, iqtisodiy va jamoat hayotini maxsus qoida asosiga qayta qurish, favqulodda holatgacha, yuqori xavfli manbalarni FV holatida neytrallash, (AES, zaharli va portlash xavfi mavjud korxonalari va sh.o'.), ular ishini to'xtatib qo'yish, qo'shimcha mustahkamlash yoki demontaj qilish, avariya qutqaruv xizmatini tayyor holatga keltirib qo'yish, aholini qisman evakuatsiya qilish. Ushbu tadbirlar ro'yxatidan ko'rinib turibdiki, bu zarur tadbirlami amalga oshirish uchun ko'p yillar kerak bo'ladi, binobarin, uzoq yillik prognoz zarur bo'ladi. Vaholanki, boshqa, zarurati bundan kam bo'lmagan tadbirlarni tez va qisqa muddatda bajarish mumkin. Bunday tadbirlar uchun qisqa muddatli prognoz zarurdir. Ko'pgina himoya tadbirlarini amalga oshirish uchun FV ning paydo bo'lish vaqtini aniq bilish shart emas, ayrim tadbirlarni oldindan ham bajarib qo'ysa bo'ladi. Ushbu mulohazalar aniq himoya tadbirlari to'plamini tanlash zaruratini belgilaydi. Bunda boshlang'ich manba sifatida, bo'lishi mumkin bo'lgan tadbirlar katalogi, ulamig narxlari va rejasini aytib o'tish mumkin. Hozirgi vaqtda olimlar va mutaxasislar u yoki bu FV ni oldindan, yuqori aniqlik bilan qayerda va qachon bo'lishi mumkinligini, uning oqibatlarini aytib berolmaydilar. 3.3. FV da FM ni ta’minlash bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish. FV da FM ni ta ’minlashda rejalashtirish a so siy omillardan biridir. U maqsadga erishish borasida vaqt, mablag' va ijrochilarni aniqlashtiradi. U sharoitni ilmiy asosda prognoz qilish, har tomonlama tahlil qilish, moddiy va ma’naviy zaxiralarni baholash va aholini FV holatida himoya qilishning zamonaviy, nazariy va amaliy tadbirlariga asoslanadi. Rejalashtirishning natijasi sifatida ma’lum hujjat-reja tuziladi. U quyidagi shartlami o'z ichiga olishi kerak: aniq ko'rsatkichlar (ish turlari, tadbirlar), bu ishlarni bajarish muddati, rejani bajarish uchun zarur zaxiralar (turlari, soni, manbalari) har bir bandni bajaruvchi mutasaddi shaxslarga topshiriqlar, reja bajarilishining borishini nazorat qilish usullari (va sh.o'.). Rejaning matn qismi ikki bo'limdan tashkil topgan bo'lishi mumkin: birinchi bo'limda sharoitni baholash natijasida qilingan xulosalar bo'lsa, ikkinchi bo'limini FV vujudga kelganda va x a v f tug'dirganda ah o lin in in g xavfsizligini ta’minlash bo'yicha belgilangan tadbirlar tashkil etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir: xabar berish tartibi, razvedka va nazoratni tashkil qilish, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazish uchun kuch va vositalarni tayyorlash, FV oqibatlarini o g oh lantirish va yumshatish tadbirlari, odamlami va moddiy b o y lik lam i zudlik bilan himoyalash choralari, tibbiy ta ’m inot, dozimetrik va kimyoviy nazorat, korxonani avariyasiz to'xtatish tadbirlarini qo'llash tartibi, odamlami himoya qilishni tashkil etish, aholiga ShHV tarqatish, evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish, boshqaruvni tashkil etish, har xil sharoitlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib b o ‘lmaydigan ishlarni olib borish tartibi va navbati, yuqori tashkilotlarga, FV komissiyasiga axborot berish tartibi. Rejaga turli ma’lumotnoma va tushuntiruvchi manbalar (chizma, matn) ilova qilib qo‘yilishi mumkin. Reja aniq, mazmunan to ‘liq, qisqa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va obyektning haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olgan b o ‘lishi kerak. Rejaning hayotiyligi kelib chiqishi b o ‘yicha tabiiy va texnogen FV larda FM ta ’minlash b o ‘yicha ishlarni tashkil qilishda muntazam mashq va o ‘quvlar jarayonida sinab boriladi. Download 62.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling