Bankning foizsiz daromadlari va uning xisobi. Reja: Banklarning foizsiz daromadlari


Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari


Download 43.5 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi43.5 Kb.
#1060053
1   2
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya xisobi

Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari.
Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga— joriy xalqaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar, jumladan:
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan rezidentlar tomonidan chet eldagi o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish;
-kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
-ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish;
-xorijiy davlatlardan mablag‘larni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablag‘larni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;
-xorijdan mablag‘ jalb qilish — O‘zbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar akkreditivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga ko‘ra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat akkreditivlarni, jumladan, akkreditivlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan holda jalb etilishi kabi operatsiyalar kiradi. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi3.
Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son Farmoniga asosan, mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida, ularga chet el valyutasidagi daromadlarini o‘z xohishiga ko‘ra, erkin tasarruf etish, bunda bank hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasini echib olishgacha bo‘lgan huquq berigan. Tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan tushgan valyuta tushumini majburiy sotish tartibi mulkchilik shakli yoki eksport qilinayotgan mahsulot turidan qat’iy nazar, barcha eksportchi tashkilotlar uchun butunlay bekor qilindi.
Bozor tamoyillari asosida valyuta resurslari oqimining samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, shuningdek, tashqi savdoda valyuta siyosatining rag‘batlantiruvchi rolini oshirish maqsadida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi faqatgina valyuta birjasining banklararo eleKreditron savdolarida valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bunda ayirboshlash kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirish maqsadida banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki kamaytiriladi. Alohida hollarda Markaziy bank ayirboshlash kursining haddan ortiq tebranishini bartaraf etish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olish operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish imkoniyati va milliy valyuta ayirboshlash kursini bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilash mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi va rentabelligini oshirish bilan bir qatorda mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ayirboshlash kursining liberallashtirilishi eksport imkoniyatlarini oshirishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib, bu noan’anaviy soha va tarmoqlarda eksport hajmining ortishiga ko‘maklashadi va ayirboshlash kursiga ta’sirchan tovar eksportchilarining moliyaviy holatini nafaqat eksport hajmining oshishi, balki olingan daromadlarni milliy valyutaga qayta hisoblaganda vujudga keladigan foyda hisobidan ham tubdan yaxshilaydi.



1


2


3


Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling