8-mavzu. Iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyatini baholash


Download 154.5 Kb.
bet1/3
Sana11.02.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1189181
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu


8-MAVZU. IQTISODIYOTDA FAOLIYAT KO’RSATAYOTGAN KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH



    1. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati va eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi



8.1. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati va eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi

Eksport diversifikasiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xom ashyo) ulushining katta bo’lishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi.


Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog’lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.
Prezidentimiz tomonidan ma’ruzada ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.
Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikasiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining iqtisodiyotida muammolar ro’y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik imkonini beradi.
O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish imkonini bermoqda .
Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son “O’zbekiston Respublikasida investisiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmoniga muvofiq, sanoatning sermehnat tarmoqlari bo’lmish oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va qurilish materiallari sanoati tarmoqlarida kichik korxonalar xodimlarining o’rtacha yillik cheklangan soni 200 kishigacha oshirilganligi mazkur tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari sonining ko’payishiga imkoniyat yaratib berayotganligini alohida qayd etish zarur.
2021 yilda hududlar bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich Jizzax 52,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida bu ko’rsatkich 51,4 foizni va Farg’ona 45,8 Samarqand viloyatida 42,5 foizni tashkil etgan. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha o’rta darajada bo’lgan Andijon, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro, va Qashqadaryo Surxondaryo viloyatlari 39-26 foiz oralig’idagi ko’rsatkichlarni qayd etgan. Toshkent viloyatida bu ko’rsatkich 17,3 foizni, Xorazm viloyatida 22,0 foizni, Qoraqalpog’iston Respublikasida 22,4 foizni va Navoiy viloyatida 6,9 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan (2- rasm).
2-rasm

Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling