1-mavzu: “budjet hisobi” fanining predmeti


Download 243 Kb.
bet1/8
Sana11.05.2023
Hajmi243 Kb.
#1450530
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Маъруза (1)


1-MAVZU: “BUDJET HISOBI” FANINING PREDMETI VA METODI


REJA:

  1. Budjet hisobining predmeti va metodi

  2. Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari.

  3. Budjet hisobi sub’ektlariva ob’yektlarining iqtisodiy mazmuni.

  4. 4.Budjet hisobining boshqa maxsus fanlar bilan aloqasi.

5.Budjet hisobini horijiy mamlakatlarda yuritish amaliyoti.


1.Budjet hisobining predmeti va metodi.



Davlat budjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika budjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi. Budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar budjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Budjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar budjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi.
Budjet hisobi bu budjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Budjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Budjet hisobining predmeti bu budjet ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Budjet hisobi Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va budjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Budjet hisobining uslubiy asoslarini budjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi (3-chizma).



1-chizma. Budjet hisobini me’yoriy-xuquqiy asoslari tizimi




Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling