3-chizma. Budjet hisobining funktsiyalari.
Nazorat funktsiyasi - orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
Budjet hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda
budjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi.
Joriy nazorat – budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.
Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet ijrosi jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.
Budjet hisobi sub’ektlari va ob’ektlarining iqtisodiy mazmuni.
Budjet hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari), O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari, Davlat maqsadli jamg’armalari, budjet tashkilotlari bo’lib hisoblanadi.
Moliyaorg anlari
,
Budjet hisobining obektlari bo’lib, budjet ijrosi jarayonida budjet daromadlari va xarajatlari, budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, budjet tashkilotlarining daromadlari, xarajatlari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (2-chizma).
4-chizma. Budjet hisobining ob’yektlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |