Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hamda kredit muomalalarini hisobga olish mavzuning maqsadi
Download 47.5 Kb.
|
14 мавзу бўйича амалий машғулотлар топшириқлари 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar va iboralar: Debitorlar
- Kreditorlar
- Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga kelishining asosiy sababi
14-MAVZU. TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLARNI HAMDA KREDIT MUOMALALARINI HISOBGA OLISH Mavzuning maqsadi: turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hamda kreditlarning iqtisodiy mohiyati bo‘yicha tushuncha shakllantirish, turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni hamda kredit munosabatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olishda qo‘llaniladigan dastabki va yig‘ma hujjatlarni rasmiylashtirishni o‘rganish, qisqa va uzoq muddatli kredit operatsiyalari, sintetik va analitik hisobini tashkil etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish. Tayanch tushunchalar va iboralar: Debitorlar – debitorlik qarzi bo‘lgan boshqa korxona, muassasa, tashkilotlar va alohida shaxslar. Debitorlik qarzi – to‘lovlar bo‘yicha mazkur korxonaning boshqa korxonalar (muassasa, tashkilot) yoki ayrim shaxslardan oladigan qarzi. Bu korxona va shaxslar debitorlar deyiladi. Debitorlik qarzi mablag‘lari korxonaning xo‘jalik aylanmasida qatnashmaydi, shuning uchun uning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir etadi. Buxgalteriya debitorlik qarzlarini kamaytirish choralarini ko‘rishi kerak. Debitorlik qarzlarini undirib olish m uddati bo‘ladi. Kreditorlar – kreditorlik qarzi bo‘lgan korxona (tashkilot, muassasa)lar va jismoniy shaxsla. Kreditorlar bilan olib boriladigan hisoblashishlar majburiyatlarni hisobga oladigan schotlarda yuritiladi. Kreditorlik qarzi – mazkur korxonaning boshqa korxonalar (muassasa, tashkilotlar) va ayrim shaxslarga to‘lanadigan qarzi. Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga kelishining asosiy sababi – hisob-kitoblarda to‘lovlar muddati yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunga har qanday holatda ham yo‘l qo‘yiladi. Agarda mahsulot ortib jo‘natish orqali sotiladigan bo‘lsa, bunda to‘lovlar amalga oshish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida aks ettiriladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining undirish muddati 3 oy yoki 90 kun qilib belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik va kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi va ularning holati bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida yuridik shaxslar o‘rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat belgilangan. Ushbu muddatda to‘lanmagan yoki undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxonaning foyda va zararlariga olib boriladi. Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga qo‘shiladi va umumiy asosda soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirmaydi. Korxonalar o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmaganida bankdan kredit mablag‘lari yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan qarz mablag‘lari olishlari mumkin. Kredit – bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Kreditlash orqali aholining, korxonaning va davlatning bo‘sh turgan pul mablag‘lari banklarda to‘planadi hamda muayyan haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga beriladi. Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari ko‘rinishidagi kapitalning tarmoqdan-tarmoqqa o‘tish imkoniyatlari juda cheklangan, lekin iqtisodiyotda har doim iqtisodiy resurslarni, eng avvalo kapitalni, tarmoqlar o‘rtasida qayta taqsimlash zaruriyati mavjud bo‘ladi. Bu vazifa eng oqilona tarzda kredit mexanizmi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan bank krediti orqali bajariladi. Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling