Buxgalteriya hisobining predmeti, funksiyaslari va tamoyillari


Download 18.5 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi18.5 Kb.
#146291
Bog'liq
1 амалий машгулот (1)





  1. AMALIY MASHG’ULOT.


BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI, FUNKSIYASLARI VA TAMOYILLARI
Amaliy mashg’ulot maqsadi: Buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti hamda funktsiyalari haqida talabalarda tushuncha hosil qilish va fanning boshqa fanlar bilan bog’liqlik jihatlarini yoritib berish
Amaliy mashg’ulot rejasi:

1,Buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti va funksiyalari

2.Buxgalteriya hisobini tamoyillari

Amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko’rsatmalar:

1. Mavzu bo’yicha qisqacha nazariy materiallar va tavsiya qilingan adabiyotlar bilan chiqish;

2.Mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash uchun quyida keltirilgan nazorat savollari va test topshiriqlarinin bajarish;


Mavzu bo’yicha qisqacha nazariy materiallar

Buxgalteriya hisobi - iqtisodiy fanlardan biri bulib, uning nazariyasi buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o‘rgatadi.

Korxonalar, muassasalarda yuritiladigan buxgalteriya hisobi «O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga asoslanib olib boriladi.

Hozirgi kunda buhgalteriya hisobi 3 ta yonalishda o’rganiladi:


  1. Moliyaviy hisob

  2. Boshqaruv hisobi

  3. Soliq hisobi

Buxgalteriya hisobi asosan qo‘yidagi funkitsiyalarni bajaradi:

a) xalq xo‘jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;

b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;

v) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini mahsus hujjatlarda qayd etish;

g) mahsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.



Ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarda yuritilayotgan hisob siyosati o‘ziga xos prinsiplarga amal qilmog‘i kerak. BXMSning birinchi sonida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning prinsiplari sifatida qo‘yidagilar keltirilgan:

  • ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish.

  • uzluksizlik.

  • xo‘jalik muammolari, aktivlar va passivlarni baholash.

  • ishonchlilik.

  • extiyotkorlik.

  • mazmunning shakldan ustunligi.

  • ko‘rsatkichlarning kiesiyligi.

  • moliyaviy hisobotning betarafligi.

  • aktivlar va majburiyatlarning xaqikiy bahosi.

  • hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi.

  • tushunarlilik.

  • ahamiyatlilik.

  • muhimlik.

  • xaqqoniy holis taqdim etish.

  • tugatilganlik.

  • izchillik.

  • o‘z vaqidalik.

  • offsetting (moddalarning o‘zaro qoplanishi).

  • xolislik.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari

1. Buxgalteriya hisobining funksiyalari nimalardan iborat?

2. Buxgalteriya hisobining predmetiga ta’rif bering.

3. Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

4. Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyilining mohiyatinin tushuntiring?

5. Moliyaviy hisobotning betarafligi tamoyilining mohiyatinin tushuntiring?

Test topshiriqlari

1. Mamlakatimizda qaysi hisob ustun mavqega ega?

A. Moliyaviy hisob.

B. Boshqaruv hisobi.

V. Soliq hisobi.

G. Statistik hisob.

2.Moliyaviy hisob nima?

A. Standartlarga asosan sub’ektning hisobini yuritish.

B. Qonun, Nizom va standartlarga asosan sub’ektning hisobini yuritish.

V. Qonun, Nizom, standartlar va Moliya vazirligining yo‘riqnomalariga asosan sub’ektning hisobini yuritish.

G. Sub’ektning moliyaviy faoliyati hisobini yuritish.

3. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish uchun kim javobgar?

A. Buxgalter.

B. Rahbar.

V. Buxgalter va rahbar.

G. Buxgalteriya xodimlari.

4. Moliyaviy hisob bilan boshqaruv hisobining farqi bormi?

A. Ha.


B. Yo‘q.

V. O‘xshash.

G. Qisman farqi bor.

5. Boshqaruv hisobi qanday vazifani bajaradi?

A. Standartlarga asosan sub’ektning ichki hisobini yuritadi.

B. Hisob siyosatiga asosan sub’ektning hisobini yuritadi.

V. Sub’ekt rahbarining buyrug‘iga asosan hisobni yuritadi.



G. Qonun, Nizom va standartlarga tayangan holda tuzilgan hisob siyosatiga muvofiq sub’ekt faoliyatining hisobini yuritadi.
O’quv topshiriqlari

Topshiriq №1. Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qiluvchi va umumiy tomonlarini VENN diagrammasi asosida yoriting.

Topshiriq №2. Moliyaviy hisobni boshqaruv hisobidan farq qiluvchi mezonlarini aniqlab, quyidagi jadvalni to’ldiring.

1-jadval



Mezonlar

Moliyaviy hisob

Boshqaruv hisobi

1.

Ma’lumotidan foydalanuvchilar

Tashqi foydalanuvchilar

Ichki foydalanuvchilar

2.

Hisobni yuritishdan maqsadi…..

………

……..

Topshiriq №3. Harflar bilan raqamlangan quyidagi tamoyillarni qaysi biri quyida keltirilgan moddalar uchun qo’llaniladi:
Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling