Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari
Download 20.79 Kb.
|
Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi
Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Reja:
1. Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo’lishi va rivojlanish tapixi 2. Iqtisodiy tahlil fanining O’zbekistonda rivojlanishi 3. Iqtisodiy tahlilning xo’jalikni boshqarishdagi o’rni va uning tamoyillari 1. Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi Kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan uning a’zolarining ongi o’sib, rivojlanib, taraqqiy etib borgan, oqibatta uning barcha tomonlarida sodir bo’lgan va bo’layotgan hodisa va jarayonlar hamda ularning natijalarini kuzatish va o’rganish asosida borliq to’g’risida turli fikrlar va qarashlar yuzaga kelaboshlagan. Bular esa o’z navbatida ishlab chiqarish jarayonining kengayishi va uning natijalarini o’sishiga hamda ular bo’yicha hisob ishlarini olib borishga sababchi bo’lgan. Xullas, ushbu fikr va qarashlarning shakllanishi va rivojlanib borishi turli yo’nalishdagi fanlarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Shunday fanlardan biri bo’lib iqtisodiy tahlil fani hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil fani “Buxgalteriya hisobi” va “Statistika” fanlari negizida yuzaga kelgan. Bu fanning paydo bo’lishiga, shakllanishiga va takomillashiga olib keluvchi omillar bo’lib, jamiyatda yuzaga kelgan ob’yektiv shart-sharoitlar hisoblanadi. XV-XVII asrlarda ishlab chiqarish jamiyatning barcha sohalarida keng ko’lamda rivojlanaboshlagan. Bu esa o’z navbatida hisob ishlarini ham yuritishni taqozo etgan, ya’ni ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan moddiy va mehnat resurslari sarfini hamda uning natijalarini qayd qilish uchun hisob ishini olib borishga ehtiyoj tug’ilgan, natijada hisob-kitob ishlari yuritilaboshlagan. Ishlab chiqarishning yanada rivojlanib, kengayib va taraqqiy etib borishi mavjud imkoniyatlarni aniqlab, xo’jalik faoliyatiga jalb etishni talab qilgan. Ammo ushbu muammoni hal qilishda hisob ma’lumotlari yetarli bo’lmay qolgan. Bu esa ob’yektiv holatda tahlilning paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan. Buxgalteriya hisobi fanining paydo bo’lganligiga taxminan 550 yildan, iqtisodiy tahlilning vujudga kelganligiga esa 130 yildan ortiqroq vaqt o’tgan. Demak, iqtisodiy tahlil ham eskidan shakllangan fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi asar XV asrda paydo bo’lgan. Ushbu fikrni professor M.Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” darsligida keltirilgan ma’lumotlar asosida bayon qildik. Buxgalteriya hisobi bo’yicha yaratilgan birinchi asar Vendrikt Katrulinning 1458 yilda “Savdo va xususiy savdogar” nomi bilan nashr qilingan kitobi hisoblanadi. Ana o’sha yildan boshlab, buxgalteriya hisobining yaratilganligi hisoblansa, uning yoshi 550 yildan oshgan hisoblanadi. Buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan asarlar Yevropa mamlakatlarida (Gollandiya, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlarda) XVI-XVII asrlarda keng ko’lamda yaratila boshlagan. Rossiyada esa XIX asrda paydo bo’lgan. Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan birinchi asar V.S.Nemchinov tomonidan 1840 yilda nashr qilingan ikki qismdan iborat bo’lgan “Hisob fani” kitobi hisoblanadi. Bu ma’lumot ham professor M.Pardayevning yuqorida nomi zikr etilgan darsligi asosida bayon qilindi1. Shundan keyin buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan kitoblar safi Rossiyada kengayib borgan. Tahlilning elementlari XVIII asr oxirlarida hisob ma’lumotlari asosida paydo bo’laboshlagan. Tahlil elementlari Rossiyada 1880 yildan boshlab chiqa boshlagan “Schetovodstvo” jurnali sahifalaridan o’rin olgan maqolalarda aks ettirilgan Ushbu maqolalar asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag’ishlangan. Natijada iqtisodiy tahlil faniga asos solingan. Ushbu fan birinchi marta “Balansshunoslik” fani tariqasida paydo bo’lgan. Iqtisodiy tahlil hozirgi shakllangan fan shakliga kelganga qadar bir qancha evolyutsion yo’lni bosib o’tgan. U balansshunoslik, balans tahlili, hisobot tahlili, iqtisodiy tahlil,xojalik faoliyatining tahlili shakllarida namoyon bo’lgan. Ushbu fan 1940 yillarga kelib, “Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish” fani sifatida to’liq shakllangan va Oliy o’quv yurtlarida mustaqil fan tariqasida o’qitila boshlangan. Keyinroq “Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatining tahlili” mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlana boshlangan, mustaqillikka erishgandan keyin iqtisodiy tahlil mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. 50-60 yillardan boshlab, tahlil fanining iqtisodiyot tarmoqlariga mos holda bir qancha turlari vujudga keldi. Bularga sanoat korxonalari faoliyatining tahlili, qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili, savdo korxonalari faoliyatining tahlili hamda boshqa sohalar korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. 80-yillardan boshlab iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo’yicha ijodiy ishlar olib borildi va natijada u fan shaklida tashkil topdi. Ushbu fan nazariyasini birinchi bo’lib, moskvalik olimlar M.I.Bakanov va A.D.Sheremet 1987 yilda “Teoriya ekonomicheskogo analiza” nomi bilan yaratgan. Shundan keyin ushbu fan Ukrainalik, Belorusiyalik va O’zbekistonlik olimlar tomonidan ham darslik tariqasida yaratildi. Mazkur fan MDH davlatlari oliy o’quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o’qitilib kelinmoqda. Download 20.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling