Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari


Iqtisodiy tahlil fanining O’zbekistonda rivojlanishi


Download 20.79 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1646072
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari

2. Iqtisodiy tahlil fanining O’zbekistonda rivojlanishi
O’zbekistonda iqtisodiy tahlil faniga 20-asrning 60 yillaridan boshlab ahamiyat beraboshlandi.Unga qadar oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida darslar boshqa fanlar kabi sobiq ittifoqning markazi shaharlarida yaratilgan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha olib borilar edi. Bu fanlarda va shu jumladan iqtisodiy tahlil fanida ham O’zbekistonga xos bo’lgan hodisa va jarayonlarning natijalari o’z aksini topmagan edi.Shuning uchun 20-asrning 60 yillaridan boshlab, O’zbekiston olimlar ham iqtisodiy tahlil fani bo’yicha ijod qilishga kirishdi.
O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining yaratilishini quyidagi besh davrga bo’lish mumkin2:

  1. -davr -20-asrning 60 yillari;

  2. -davr -20-asrning 70-yillari;

  3. -davr -20-asrning 80-yillari;

  4. -davr -20-asrning 90-yillari; 5 -davr – mustaqillik yillari.

Har bir davrda O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fani bo’yicha qilingan ishlarning asosiy mazmunini quyida bayon qildik.
1-Davr - O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanish davri. Bunga misol qilib,Samarqand kooperativ institutining dosentlari Toporovskiy va
Abdukarimovlarning ishlarini ko’rsatish mumkin. I.N.Toporovskiyning 1966 yilda Moskvaning “Ekonomika” nashriyotida chop etilgan “ Matlubot kooperasiyasi korxonalari xo’jalik faoliyatining tahlili”darsligining muallifi tariqasidagi ishtirokini, I.T.Abdukarimovning 1968 yilda o’sha nashriyotda chop qilingan “Kooperativ savdoda muomila xarajatlarining tahlili” o’quv qo’llanmasini ko’rsatish mumkin.
2–davr - Sobiq ittifoqda o’z o’rniga ega bo’lish va iqtisodiy tahlil maktabining shakllanish davri. Bu davrda Samarqand kooperativ institutining olimlari tomonidan darslik va o’quv qullanmalar yaratildi. 1970 yilda I.T.Abdukarimov,B.A.Zaleskiy va I.N.Toporovskiy tomonidan Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida “Matlubot kooperasiyasi korxona va tashkilotlari xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bo’yicha masalalar to’plami” o’quv qo’llanmasi , I.T.Abdukarimovning 1971 yilda “Kooperativ savdoda chakana tovar oboroti tahlili” o’quv qo’llanmasi va1973 yilda “Kooperativ savdoda foyda va rentabellik tahlili” nomli monografiyasi Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida“ chop etildi. Ushbu ishlar O’zbekistonlik olimlarningsobiq ittifoqda tan olinganligini va O’zbekistonda iqtisodiy tahlil maktabi shakllanganligini bildiradi.

Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling