Moliya-kredit tizimi statistikasi reja
Download 190.85 Kb.
|
fINANS BAZAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat budjeti mohiyati va statistikaning vazifalari
MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI Reja: 1. Davlat budjeti mohiyati va statistikaning vazifalari. 2. Davlat budjeti daromadlari statistikasi 3. Davlat budjeti xarajatlari statistikasi 4. Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari. 5. Kredit mohiyati, manbalari va turlari. 6. Pul muomalasi ko‘rsatkichlari statistikasi.Davlat budjeti mohiyati va statistikaning vazifalari Davlat budjeti – mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda, xukumatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Davlat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (korxona, tashkilot, firmalar), hamda jismoniy shaxs daromadlarining bir qismini soliqlar tarzida olib, markazlashgan moliyaviy resurslar tashkil etadi va uni aholining turli sabablar bilan (nogironlik, ko‘p bolalik, ishsizlik va shu kabi sabablar) kam ta’minlangan qatlamini himoya qilish, ijtimoiy sohani hamda davlatni boshqarish uchun xarajat qiladi. Budjet so‘zining ma’nosi – chemodan, pul to‘ldirilgan xaltani bildiradi.
Davlat budjeti statistikasining asosiy vazifasi hukumatning fiskal siyosatining mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi budjet ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tavsif berishdir. Buning uchun davlat budjetida quyidagilarni aniqlash va o‘rganish lozim: davlat budjeti daromadlarining hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini; davlat budjeti xarajatlarining umumiy hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini; budjet daromadlari tarkibi va uning o‘zgarishini; budjet xarajatlari tarkibi va uning o‘zgarishini; davlat budjeti daromadlarining xarajatlaridan ko‘pligini (BD >BX profitsit) yokixarajatlarning daromadlardan (BD) ko‘pligini (BD < BX = defitsit) o‘rganish; budjet defitsitini moliyalash (qoplash) manbalarini; xukumat fiskal siyosatining samaradorligini hamda fiskal siyosatning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sirini o‘rganish.
Download 190.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling