Moliya-kredit tizimi statistikasi reja
Download 190.85 Kb.
|
fINANS BAZAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat budjeti xarajatlari statistikasi
Soliqlardan tashqari davlat budjetiga soliqsiz to‘lovlar ham kelib tushadi. Soliqsiz to‘lovlarga qonun hujjatlariga muvofiq hadya etish, meros olish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan mablag‘lar; davlat mulkini xususiylashtirish (sotish) natijasida olingan mablag‘lar; yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar, hamda chet el mamlakatlari, yuridik va jismoniy shaxslaridan beg‘araz yordam sifatida qaytarilmaydigan olingan mablag‘lar kiradi.Davlat budjeti daromadlariga maxsus maqsad uchun tashkil etilgan pensiya fondiga, aholining ish bilan bandlik fondiga, yo‘l fondiga kelib to‘shadigan mablag‘lar ham tenglashtiriladi.
Davlat budjeti xarajatlari statistikasi Davlat budjeti xarajatlariga davlatning o‘z funksiyasini bajarish maqsadida mamlakatni boshqarish, mudofaa qilish, xalq xo‘jaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy sohani yanada yaxshilash bo‘yicha davlat budjetidan qilgan sarflari yig‘indisiga aytiladi. Davlat madaniy sohasidagi barcha asosiy xarajatlarini budjetdan moliyalashtiriladi. Davlat budjeti xarajatlarini ikki xil guruhlash mumkin: a) yo‘nalishi ya’ni qaysi funksiyani bajarish uchun sarflangani bo‘yicha; b) sarflarning iqtisodiy mohiyati bo‘yicha.
Download 190.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling