Hadya shartnomasi va uning ahamiyati


Download 54.77 Kb.
bet1/16
Sana16.06.2023
Hajmi54.77 Kb.
#1489070
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hadya shartnomasi


Hadya shartnomasi va uning ahamiyati
Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf(hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berishmajburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulkhuquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yokiuchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoki ozod qilishmajburiyatini oladi (FK 502-m.). Bunda mulk tekin topshiriladi, ya’nihadya qiluvchining tasarrufida bo‘lgan ashyo hadya oluvchiga mulk sifatidao‘tkaziladi.Bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borgan sari shartnomalarningmazmuni va ko‘lami kengayib bormoqda.1963 yildagifuqarolik qonunchiligiga asosan, hadya shartnomasi bir taraf (hadyaqiluvchi) mulkni ikkinchi tarafning (hadya oluvchining) egaligiga tekingatopshirishi bilan belgilangan edi. Amaldagi Fuqarolik kodeksida esa, bu
holat sezilarli takomillashtirildi. Buning natijasida yuqoridagi hadyapredmeti doirasi kengaytirilib, u o‘z ichiga:
birinchidan, bir taraf boshqa tarafga tekinga mol-mulk qilibberiladigan ashyolarni;
ikkinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)gao‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradigan yoberish majburiyatini olgan hollarda mulkiy huquqni;
uchinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)nio‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladiganyoxud ozod qilish majburiyatiga ega bo‘lgan hollarda ham mulkiy huquqniolishi mumkin.Shartnoma real bo‘lsa-da, ayni vaqtda hadya qiluvchi hadya oluvchigakelgusida hadya qilish majburiyatini beradi. Ammo barcha hollarda hamhadya shartnomasi vujudga kelavermaydi. Masalan, ashyo yoki huquqmuqobil berilganida yo bo‘lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo‘lganidashartnoma hadya deb tan olinmaydi (FK 502-m. 2-q.). Bundayshartnomalarga nisbatan, Fuqarolik kodeksining 250-moddasi, 124-moddasining 2-qismi qoidalari qo‘llaniladi.
Shuningdek, yuqoridagi uchta holatga to‘rtinchi mustaqil holatni hamkiritish mumkin. Ya’ni, biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqinitekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishniva’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shakldaberilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqnitekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniqko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi (FK 502-m. 3-q.).Hadya shartnomasi bir tomonlama, real va tekinga tuziladigan
shartnoma hisoblanadi.Shubhasiz, hadya bir tomonlama bitim bo‘lib, taraflarning o‘zarokelishuviga asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiyhuquqni qabul qilishga rozilik berishida ifodalanadi va aynan shu belgisi
bilan hadya qarz shartnomasidan farq qiladi.Fuqarolik qonunchiligida hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchiningvafotidan keyin topshirilishini nazarda tutuvchi shartnoma tan olinmaydi.Bunday hadyaga nisbatan
vasiyatnoma to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.Hadyaning vasiyatnomadan farqi shundaki, mulk hadya qiluvchiningtirikligida topshiriladi, bu uning mulki kamayishiga olib keladi.Vasiyatnoma esa insonning hayotligida mavjud mulkiy huquqlarida aksetmaydi.Vasiyatnoma bekor qilinishi, o‘zgartirilishi mumkin, biroq hadyaqoida tariqasida, orqaga qaytmaydi. Hadyani shartnoma deyish
mumkin,vasiyatnoma esa odatda bir tomonlama bitim bo‘lib ko‘riladi.Hadya shartnomasining predmeti fuqarolik muomalasidagi ob’yektlarashyolar, mulkiy huquqlar, ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin.Ba’zi hollarda shartnoma hadya qiluvchining o‘zi yoki uchinchi shaxsoldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilish yoki ozod qilish majburiyatiniolish orqali amalga oshiriladi.Bunday holda shartnomaning tuzilish vaqtimulk huquqining o‘tish davri bilan mos kelmasligi mumkin.Bundamajburiyat huquqi munosabatlari vujudga keladi, uning mazmunida hadyaqiluvchi o‘z mulkini kamaytirish hisobiga hadya oluvchini boyitish yotadi.Shartnomada hadya predmeti aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Noma’lumashyoni hadya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki ular hech qanday huquqiyahamiyatga ega emas. Hadya oluvchini qarzdan ozod qilish haqida qilinganva’dada ham ushbu qarz summasini aniq ko‘rsatish lozim.Hadya shartnomasining shakli uning mazmunidan kelib chiqadi.Umumiy holda hadya qilish, ya’ni hadyani hadya oluvchiga topshirishog‘zaki tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ko‘pincha, hadyani topshirish,taqdim qilish uni ramziy topshirish (masalan, yangi kvartira yoki avtomobilkalitini topshirish yoxud mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatnitaqdim etish yo‘li) bilan amalga oshiriladi.Ko‘char mulklar bo‘yicha quyidagi hollarda hadya shartnomasi yozmashaklda tuziladi:hadya qiluvchi yuridik shaxs bo‘lganida;fuqarolar o‘rtasida eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq
summaga shartnoma tuzilayotganida;shartnoma bo‘yicha kelajakda hadya qilish va’da qilingan hollarda.Ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi vadavlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgilarigako‘ra farq qiladi. Buni mazkur turdagi shartnomaning haqiqiy sanalmasligihollarida ham ko‘rish mumkin. Bitimlarning haqiqiy sanalishi uchun odatdaqo‘yiladigan shartlardan tashqari, hadyada, birinchidan, ashyo, mulkhuquqiyoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklidagi hadya ashyosini
(predmetini) aniq ko‘rsatish kerak; ikkinchidan, hadya predmeti hadyaoluvchiga hadya qiluvchining tirikligida topshirilishi kerak. Shuningdek,yuqoridagi uchta holat bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, albatta, oddiy yozmashaklda tuzilishi, ko‘chmas mulklarni hadya qilish esa, ayni paytda, notarialtasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ham kerak.
Haqiqiy sanalmaslik holati hadya oluvchining nomi va predmetiko‘rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshiriluvchi ishonchnomalargaham taalluqli.Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va burchlari.Shartnomada qatnashuvchi taraflar hadya qiluvchi va hadya oluvchi debatalib, ular o‘z navbatida fuqaro, yuridik
shaxs yoki davlat ham bo‘lishimumkin. Hadya fuqaroviy-huquqiy xarakterdagi shartnoma bo‘lganligi bois,hadya qiluvchi va hadya oluvchi muomala layoqatigaBa’zan muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslar nomidanshartnomalarni ularning qonuniy vakillari tuzadilar.Ayni paytda qonunchilikda istisnoli holatlar ham bo‘lib, qonungaasosan, olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalartekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlatro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlarni mustaqil ravishda
amalga oshirishga haqlidirlar (FK 29-m. 2-q. 2-b.). O‘n to‘rt yoshdan o‘nsakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar o‘zlari mustaqil ravishdahadya qiluvchi va hadya oluvchi sifatida qatnashib, shartnomani o‘zstipendiyalari, ish haqlari va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlarimiqdorida tuzishlari mumkin. Lekin ular mulk huquqi asosida tegishlibo‘lgan ashyolarni tasarruf qilish huquqiga ega emaslar. Bundaybitimlarni amalga oshirish uchun u qonuniy vakillarining roziligini olishikerak. Chunki hadya ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi, yashirindaromadlarga ega bo‘lishiga olib kelishi, pirovardida ularning huquqlarigasalbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayrim shaxslarga nisbatan hadya shartnomasinituzishda rad qilish va Fuqarolik kodeksining 505-moddasi tartibidacheklash belgilab qo‘yilgan.Qonun er va xotinlar o‘rtasida hadya shartnomasi tuzilishini cheklamaydi.Hadya qilingan mol-mulk, ashyo yoki mulkiy huquq hadya oluvchiningshaxsan o‘zigagina tegishli bo‘ladi. Aytaylik, er-xotinning nikohdavomida (yoki nikohga qadar) hadya hisobiga orttirgan mol-mulklariulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.Binobarin, undan haq undirishyoki boshqacha tarzda o‘zlashtirishga faqat mulkdorning roziligi bilan yo‘lqo‘yiladi.

Download 54.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling