Hadya shartnomasi va uning ahamiyati
Ayirboshlash shartnomasi va uning ahamiyati
Download 54.77 Kb.
|
Hadya shartnomasi
4. Ayirboshlash shartnomasi va uning ahamiyati
Ayirboshlash shartnomasi tovar va pul munosabatlariga asoslanganbozor iqtisodiyotida muayyan ahamiyatga ega. Shu bois u amaldagifuqarolik qonun hujjatlarida o‘zining huquqiy asoslariga ega. Ayirboshlashbarter deb ham yuritiladi. Ayirboshlash deb shunday shartnomaga aytiladiki, unga ko‘ra shartnomadaqatnashuvchi har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqatovarga almashtirish yo‘li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi(FK 497-m.). Uning mohiyati shundaki, shartnoma predmeti bo‘lgan birorbirtovar ikkinchi tarafning mazkur tovar qiymatini umumiy ekvivalentbo‘lgan yoki unga deyarli teng keladigan boshqa bir tovariga ayirboshlanadi.Demak, mazkur huquqiy munosabat odatdagi shartnoma, masalan, oldi-sotdiyoki mahsulot yetkazib berish shartnomalari kabi taraflarga ushbushartnoma orqali kelishi mumkin bo‘lgan muayyan pul summalariga talabehtiyojlaridan emas, balki bevosita mazkur shartnomaning predmetibo‘lgantovarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqadi. Biroq bu shartnoma ko‘p hollarda,subyektlar o‘rtasida hisob-kitoblar yo‘lga qo‘yilmagan yoki o‘zaro ishonchbo‘lmagan inflyasiya sharoitida keng qo‘llaniladigan shartnomalardan biribo‘lib qolmoqda. Rivojlangan bozor tizimida u ahyon-ahyonda qo‘llaniladi.Shartnomaning yana bir xususiyati shundaki, agar shartnomada boshqachatartib belgilangan bo‘lmasa, ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatlideb taxmin qilinadi. Ayni paytda tovarni topshirish va uni qabul qilishxarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan tarafamalga oshiradi. Shubhasiz, boshqa shartnomalarda bo‘lgani singariayirboshlashda ham uning predmeti hisoblangan tovarning bahosi muayyanahamiyatga ega. Ba’zan amaliyotda ayirboshlash predmetining qiymati birxil bo‘lmaydi. Bunday hollarda bahosi ayirboshlashga taqdim qilinayotgantovar bahosidan past bo‘lgan tovarni topshirayotgan taraf, agar shartnomada haq to‘lashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovar yoki tovarnitasarruf qilish hujjatlari topshirilgandan so‘ng kechiktirmasdan baholardagifarqni to‘lashi lozim bo‘ladi. Agar qonun, shartnoma yoki maj200buriyatning mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, qarzdor hisoblangantaraf bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlikmuddat ichida bajarishi shart (FK 242-m.). Ayrim hollarda tovarlar o‘rtasidagi yuqorida tilga olingan farq doimo aniq belgilanavermaydi. Bunday hollarda shartnomani bajarganlik uchun mazkur vaziyatlarda, odatda, shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baholar – haq to‘lanishi kerak. Aynan bunday hollarda ish muomalasi odatlari, ya’ni Fuqarolik kodeksining 6-moddasi tartibida odatdagi huquq normalari qo‘llaniladi.Ayirboshlash shartnomasi quyidagi huquqiy belgilari bilan farqlanadi: birinchidan, ayirboshlash konsensual shartnoma hisoblanadi, ya’ni ungako‘ra taraflarning huquq va burchlari shartnoma qonun talablari doirasidarasmiylashtirilgan paytda vujudga keladi; ikkinchidan, ayirboshlash haq evaziga tuziladigan shartnomadir, ya’nishartnoma bo‘yicha taraflar zimmasiga muqobil ijro majburiyatlarinibajarish yuklangan bo‘lib, ya’ni tovarlar o‘zaro ayirboshlanadi,shuningdek, tovarlar qiymati teng bo‘lmaganda – qiymat o‘rtasidagi farqpulshaklida to‘lanadi; uchinchidan, ayirboshlash ikki tomonlama shartnomalar turkumigakiradi. Shartnoma ishtirokchilarining har biri bir vaqtning o‘zida hamsotuvchi, ham sotib oluvchi hisoblanadilar. Demak, har ikki taraf ham huquq,ham burchga ega bo‘ladi. Bu shartnomaning mohiyatidan, aniqrog‘i, taraflaro‘rtasidagi o‘zaro huquq va burchlarga egalik nisbatidan kelib chiqadi; to‘rtinchidan, ayirboshlanadigan mulkning egasidagi mulk huquqi(egallash, foydalanish, tasarruf etish huquqi) ikkinchi tarafga o‘tadi vaaksincha. Shartnomaning muhim jihatlaridan biri – ayirboshlanadigantovarlarga bo‘lgan mulk huquqining ikkinchi tarafga qachondan boshlab o‘taboshlashidir. Agar qonunda yoki ayirboshlash shartnomasida boshqachatartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ayirboshlanadigan tovarlarga mulk huquqiayirboshlash shartnomasiga muvofiq sotib oluvchi hisoblanadigan taraflargaikkala taraf tegishli tovarlarni topshirish majburiyatini bajarganidan so‘ngbir vaqtda o‘tadi (FK 500-m.). Ayirboshlash shartnomasining predmeti muayyan moddiy qiymatga egahamda iqtisodiy munosabatning predmeti bo‘la oladigan, ayni paytdakishilarning u yoki bu ehtiyojlarini qondira oladigan narsalar, ya’niashyolar bo‘la oladi. Ashyolar ishlab chiqarish vositalari va iste’molbuyumlari, ko‘char va ko‘chmas mulk shakllarida bo‘lishi mumkin. Biroq, eng muhimi, ashyolarning fuqarolik muomalasida bo‘lishi masalasidir. Fuqarolik kodeksining 82-moddasiga ko‘ra, fuqarolik huquqining obyektlarierkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik(meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxudboshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularningmuomalada bo‘lishi cheklab qo‘yilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchishaxsga o‘tishi mumkin.Ayirboshlash shartnomasining predmeti bo‘lishi uchun ashyolar mulkhuquqi asosida mulkdorlarning haqiqiy egaligi, foydalanuvi va tasarrufidabo‘lmog‘i kerak (FK 164, 207-m. tartibida). Ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha taraflar: birinchidan, ayirboshlanayotgan tovarni o‘z vaqtida, kelishilgantartibda qabul qilib olish; ikkinchidan, qabul qilingan tovar evaziga ayirboshlanishi lozimbo‘lgan tovarni o‘z vaqtida topshirish; uchinchidan, topshirilayotgan tovarlarning sifati, assortimenti yaxshibo‘lishini ta’minlash kabi majburiyatlarga egadirlar.Ayni paytda, taraflar quyidagi huquqlarga ega: birinchidan, shartnoma majburiyatlarini muqobil bajargan taraflarikkinchi tarafdan tovarning topshirilishini talab qilishga haqli; ikkinchidan, shartnoma shartlari qo‘pol ravishda buzilgan bo‘lsa,xususan, sifatsiz tovar ayirboshlangan yoki tovarni topshirish muddati uzrsizuzoq muddatga kechiktirilgan hollarda bir taraf shartnomani bekor qilishgahaqli; uchinchidan, ayirboshlash shartnomasi shartlari ikkala taraf tomonidanto‘liq bajarilgan bo‘lsa, har ikkisida ham tovarlarga nisbatan mulk huquqivujudga keladi. Download 54.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling