Hadya shartnomasi va uning ahamiyati
Download 54.77 Kb.
|
Hadya shartnomasi
Xayr-ehson.Rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlaridaturli-tuman shartnomalar vujudga kelmoqda. Shartnoma ikki yoki undanortiq shaxslarning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish,o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvlarning huquqiy ifodasi,shakli sifatida fuqaroviy-huquqiy munosabatlar tizimida muhim o‘rintutmoqda. Ana shunday shartnomalardan biri xayr-ehsondir.Xayr-ehson hadyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda qilinadigan hadyaumum foydali maqsadlarga xizmat qilishi bilan farqlanadi. Demak, xayrehsonkeng ommaning umum foydali maqsadlarini amalga oshirish uchunqilinadi. Qonunchilik xayr-ehson, asosan, notijorat subyektlariga (davolash,tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalari, xayriya ilmiy muassasalari, fondlar,muzeylar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqa shungao‘xshash subyektlarga), shuningdek, fuqarolarga va davlatga qilinishimumkinligini belgilaydi. Xayr-ehson qilingan mol-mulk kelgusida uniqabul qilib olgan shaxsning mablag‘lari jumlasiga kiradi va uning operativboshqaruviga o‘tadi. Jumladan, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarito‘g‘risida»gi amaldagi qonunning 24-moddasi hamda «Vijdon erkinligiva diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasi mazmuniga ko‘ra,
fuqarolar va mehnat jamoalarining ixtiyoriy xayr-ehsonlari mazkur yuridik shaxslar mol-mulkining tashkil topish manbalaridan hisoblanadi va ular tomonidan tegishli tartibda mustaqil tasarruf etiladi.Xayr-ehsonning predmeti fuqarolik muomalasida bo‘lgan ob’yektlar,ya’ni pul, qimmatli qog‘oz, mol-mulk, ashyo, bino, inshoot (yoki uning birqismi), avtomobil va hokazolar bo‘lishi mumkin. Xayr-ehsonni qabulqilishga birorkimsaning (ya’ni, uchinchi shaxsning) ruxsati yoki roziligitalab qilinmaydi.Mulkni xayr-ehson qilish quyidagi bir qator shartlar asosida amalgaoshiriladi:birinchidan, xayr-ehson qiluvchi mulkni topshirayotganda undanma’lum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qo‘yishi lozim. Masalan,«xayr-ehson qilingan uy-joydan faqat bolalar yaslisi uchun foydalanishlozim»ligini shart qilishlari mumkin. Bunday shart qo‘yilmasa, u oddiy hadyadebhisoblanadivaxayr-ehsonqilinganmol-mulkdanhadyaoluvchiuningvazifasigamuvofiqfoydalanadi; ikkinchidan, aniq maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan xayrehsonniqabul qilib olayotgan yuridik shaxs xayr-ehson qilingan mulkdanfoydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning alohidaro‘yxatiniyuritishi lozim; uchinchidan, vaziyat o‘zgarganligi bois bunday mol-mulkdan ko‘rsatilganmaqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lmasa, undan boshqa maqsaddafaqat xayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, mol-mulkni xayr-ehson qilganfuqaro vafot etgan bo‘lsa yoki mulkni xayr-ehson qilgan yuridik shaxsqayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan bo‘lsa, sudning qaroriga muvofiqfoydalanish mumkin.Fuqarolik kodeksining 511-moddasiga ko‘ra, xayr-ehson qilinganmulkdan ko‘rsatilgan maqsadga zid holda foydalanish yoki ushbu maqsadnimazkur modda oltinchi qismining qoidalarini buzgan holda o‘zgartirishxayr-ehson qiluvchiga, uning merosxo‘rlariga yoki boshqa huquqiyvorisiga xayr-ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi. Download 54.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling