Hadya shartnomasi va uning ahamiyati


Mulk ijarasi shartnomasi va uning qo‘llanish sohasi


Download 54.77 Kb.
bet5/16
Sana16.06.2023
Hajmi54.77 Kb.
#1489070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hadya shartnomasi

Mulk ijarasi shartnomasi va uning qo‘llanish sohasi
Hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida mulk ijarasi bilanbog‘liq munosabatlar tobora rivojlanib, ko‘lami yanada kengayibbormoqda.
Lekin ijara bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kelib chiqqan butunlayyangi huquqiy munosabat emas, albatta. Ijara mamlakatimizda ilgari hammavjud bo‘lgan va tegishli qonun-qoidalar bilan tartibga solingan. Ammobozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni mulk ijarasi bilanbog‘liq munosabatlarning yanada kengayishiga sabab bo‘ldi. Endilikda«ijara», «ijarachi» va «ijaraga beruvchi» degan iboralar va tushunchalarkundalik turmushda keng qo‘llanilmoqda, chunki ijara jamiyatning hammasohalariga tobora chuqurroq kirib bormoqda.Ayniqsa, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish shakllari orasidaijara munosabatlari sezilarli o‘rin egallamoqda. Mulkchilikda yangichamunosabatlarning vujudga kelishi tub iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga,xo‘jalikni har tomonlama samarali yurgizishga yordam bermoqda.Ijara – mulk egasining o‘zaro kelishuviga muvofiq, ishlab chiqarishvositalari va boshqa buyumlarini muayyan to‘lovlar evaziga vaqtinchafoydalanish uchun boshqa birovga topshirish.
Mulk egasi (ijaragaberuvchi) o‘z mulkini boshqa birovga (ijarachiga) ishlatish yokifoydalanish uchun beradi. Ayni vaqtda har ikkala tomon foyda olishniko‘zda tutadi.Ijara shartnomasi deb bir taraf ijaraga beruvchi, ma’lum bir mulkniikkinchi taraf, ya’ni ijaraga oluvchiga haq baravariga vaqtinchafoydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.Ijarachi shartnomamuddati tugashi bilan ijara mulkini qaytarishga majbur.
Mulk ijarasi shartnomasi arenda yoki prokat deb ham ataladi.Ijaraning ana shunday atalishi shartnoma obyektining bir joydan ikkinchijoyga ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab belgilanadi.Agar mulkni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasa, masalan,turar-joy bo‘lmagan binolar, savdo uylari, saroylar va shunga o‘xshashlarijaraga olinganida odatda «arenda shartnomasi» tushunchasi yuritiladi.Ijara obyekti bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi mumkin bo‘lganva fuqarolarning maishiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan ashyolar, ya’nisport buyumlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va shunga o‘xshash boshqamulklar ijaraga berilganida «prokat» deb ataladi. Ushbu atamalar huquqiyjihatdan bir-biridan tubdan farq qilmaydi.Tomonlar shartnoma shartlariga rozi bo‘lib, o‘zaro kelishgan va unibelgilangan shaklda rasmiylashtirganlaridan so‘ng ularning har qaysilaridaaniq huquq va shunga yarasha burch paydo bo‘ladi.Ijaraga beruvchi ashyoni ma’lum muddatga foydalanish uchunijaraga oluvchiga berish majburiyatiga, ijaraga oluvchi shartnoma bo‘yicha
kelishilgan ashyoni o‘ziga topshirishni talab qilish huquqiga, ijaragaberuvchi buning uchun haq olish huquqi, ijaraga oluvchi esa haq to‘lash
majburiyatiga ega bo‘ladi. Huquq va burchlar bir-biriga qarama-qarshidek
ko‘rinsada, ular bir maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘ladi.Mulk ijarasi shartnomasi o‘ziga xos belgilarga ega. Masalan, ijarashartnomasi bo‘yicha ijarachiga mulkka egalik qilishning ikki – mulkniegallash va undan foydalanish huquqlari o‘tib, mulkni tasarruf etish huquqiesa mulk egasida qoladi. Mulk ijarasi shartnomasi mamlakatimiz iqtisodiyva madaniy hayotining barcha sohalarida tuzilmoqda.Chunonchi, undan tashkilotlar o‘rtasidagi qurilish uskunalari vaqishloq xo‘jalik mashinalarini ijaraga berishda, savdo binolari, maishiyxizmat va umumiy ovqatlanish maskanlari, kino qurilmalari hamdakinolentalarni ijaraga olishda, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqasohalarida keng foydalanilmoqda.
Bundan tashqari, shartnoma tomonlarning kelishuvi bilan ma’lum bir
haq evaziga tuziladi.Ijara shartnomasi tomonlar o‘rtasida tuzilayotganida, ular, asosan,o‘zaro foyda olishni maqsad qilib qo‘yadilar, shu tufayli ixtiyoriy ravishdashartnoma tuzadilar va bunda qonun talablariga rioya qiladilar hamdashunga ko‘ra, o‘zaro teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar.Shartnoma – ijarachi va ijaraga beruvchining o‘zaro munosabatlari aksettirilgan asosiy hujjatdir.Shartnomada ijarachiga beriladigan yer va buyumlar ro‘yxati, ularningqiymati aniq ko‘rsatiladi. Shuningdek, unda yana ijara muddatlari, ijarato‘lovi va boshqa to‘lovlar, ijaraga olingan buyumlarga nisbatan tomonlarmajburiyati, ijaradagi ishlab chiqarishni moddiy texnika bilan ta’minlashshartlari, ishlab chiqarishni
texnika bilan qayta qurollantirish va yangitexnika joriy etish tadbirlarining ijtimoiy rivojlanish masalalari, kadrlartayyorlash masalalari, tuproq unumdorligini oshirish, chorva mollari zotiniyaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari, tabiiy ofatdankelgan zararlarni qoplash tartiblari, olingan o‘zaro majburiyatlarnibajarmaganligi yoki uni buzganligi uchun tomonlarning moddiyjavobgarligi turlari va miqdori ijara muddati tugaganida uni qaytayangilash uchun kafolatlar va hokazolar ko‘rsatiladi.

Download 54.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling