Hadya shartnomasi va uning ahamiyati
Shartnomaning shakli, muddati. Shartnoma bo‘yicha taraflarning
Download 54.77 Kb.
|
Hadya shartnomasi
Shartnomaning shakli, muddati. Shartnoma bo‘yicha taraflarning
javobgarligi. Ayirboshlash shartnomasi, odatda, fuqarolar o‘rtasidatuzilganda va shartnoma predmetining bahosi Respublikada o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha bo‘lgan hollarda og‘zakishaklda tuzilishi mumkin. Shuningdek, yozma shaklda tuzilgan shartnomanibajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo‘lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin (FK 106-m. 3-q.). Qolgan hollarda, ya’ni yuridik shaxslarning o‘zaro yokifuqarolar bilan tuzgan bitimlari, ya’ni fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan ortiq summadagi bitimlari yozma shaklda tuziladi. Ba’zi hollarda shartnomaning predmeti yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulklar bo‘lganda, bunday bitimlar notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinadi (FK 110, 111-m.). Shubhasiz,shartnoma shakliga doir yuqoridagi talablarga rioya qilmaslik bir qanchahuquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (FK 109, 112-m.).Ayirboshlash shartnomasining muddati bevosita taraflarning kelishuvibilan belgilanadi.Shartnoma bo‘yicha javobgarlik oldi-sotdi shartnomasidagi javobgarlikkajuda o‘xshab ketadi. Umumiy holda Fuqarolik kodeksining 393-moddasiga ko‘ra, sotuvchi tovarni sotib oluvchiga uchinchi shaxslarning harqanday huquqlaridan ozod holda topshirishi shart, deb belgilab qo‘yilgan.Qonunda agar topshirilgan tovarni sotib oluvchidan uchinchi shaxslar olibqo‘yadigan bo‘lsa, sotuvchi tarafning bevosita javobgarligi belgilabqo‘yilgan. Qonunga ko‘ra, ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha olgan tovariniuchinchi shaxslar olib qo‘ygan taraf, Fuqarolik kodeksining 395-moddasidanazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, boshqa tarafdan ayirboshlash asosidaolingan tovarni qaytarishni va (yoki) zararning qoplanishini talab qilishgahaqli (FK 501-m.). Bu o‘rinda, ayirboshlanayotgan tovarni uchinchi shaxslarhuquqidan ozod qilmasdan ayirboshlash keyinchalik bunday harakatni amalga oshirgan tarafning javobgarligini keltirib chiqaradi. Biroq shuni esdatutish kerakki, sotib oluvchi uchinchi shaxslarning huquqlari bo‘lgan tovarniqabul qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasno.Umuman, ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha ko‘p hollarda oldi-sotdigadoir qoidalar qo‘llanilgani bois, bu haqdagi normalar oldi-sotdishartnomasiga bag‘ishlangan bobda batafsil keltirilgan.Qonunda belgilanganidan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha ayirboshlash natijasida ham javobgarlikning boshqa turlari nazardatutilishi mumkin, ya’ni ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha javobgarlikfaqat bir tomon emas, balki har ikkitomon uchun ham yuzaga kelishimumkin. Download 54.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling