Yorug’lik sochilish hodisasining kimyoviy tekshirish usullaridagi tahlili


Download 99.42 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi99.42 Kb.
#1118890
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2019 ilmiy anjuman


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Fizika-matematika fakulteti
Fizika va Astronomiya o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi PhD

Mamadaliyeva Nargizaxon Zokirjon qizining
Yorug’lik sochilish hodisasining kimyoviy tekshirish usullaridagi tahlili.
mavzusidagi

ILMIY-NAZARIY ANJUMAN MARUZASI


QO’QON 2019 Yil

Yorug’lik sochilish hodisasining kimyoviy tekshirish usullaridagi tahlili.
Har qanday muhitda yorug’lik tarqalayotganda sochiladi. Bunga sabab elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bo’ladigan ikkilamchi to’lqinlar yorug’lik to’lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochib yuboradi. Demak yorug’likning sochilishi uchun yorug’lik to’lqinining o’zgaruvchi maydoni ta’siri ostida tebrana oladigan elektronlar bo’lishi yetarlidir, bunday elektronlar esa har qanday muhitda yetarli miqdorda. Biroq shuni yodda tutish kerakki, bu ikkilamchi to’lqinlar o’zaro kogerent bo’ladi va demak, chetga sochib yuborilgan yorug’likning intinsivligini hisob qilishda ularning o’zaro interferensiyasini e’tiborga olish kerak.
Yoruglikning molekulyar sochilishi
Tajribalar ko’rsatadiki, bir jinli bo’lgan muhitlarda ham yorug’lik sochiladi. Demak birjinlimasliklarning yuzga kelishi sabab qandaydir fizik jarayonlar mavjud.
a) Kritik opalessensiya. Juda muhim bo’lgan bir xususiy holda bir jinlilikning buzilishiga olib keladigan sababni M.Smoluxovskiy ko’rsatib berdi. Gaz yoki suyuqlikning kritik temperaturasida yorug’lik intinsiv ravishda sochilishi ko’pdan beri ma’lum edi. Somoluxovskiy kritik temperaturada muhitning siqiluvchamligi juda kata ekanligiga diqqat qildi. Bunday sharoitda kichikroq hajmlar o’rtacha zichlikdan sezilarli chetlanishlar paydo bo’lishi mumkin., chunki siqiluvchanlik katta bo’lishi issiqlik harakati kichik hajmlarda zichlik fluktatsiyalari yuzga keltirishga qodir ekanligini bildiradi. Optik birjinslilikning buning oqibatida bo’ladigan buzilishi yorug’likning ko’p sochilishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib Somoluxovskiy kritik opalessensiya hodisasini izohlab berdi.

Download 99.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling