1. Qanday shartnomalar ratifikatsiya qilinadi?
Download 21.97 Kb.
|
JAVOHIR KAZUS international treaties
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi muammo
- Beshinchi muammo
- Birinchi muammoga
7-kazus Italiya ratifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Ratifikatsiya qilinguniga qadar Ichki ishlar vaziri mazkur shartnomaga nisbatan o‘zining shubhasi mavjudligini maʼlum qiladi hamda mazkur shartnomaga zid ravishda qonun loyihasini kiritdi. Italiya mazkur qonunni qabul qilishi bilan Vena konvensiyasining 18 moddasini buzgan hisoblanadimi? 1. Qanday shartnomalar ratifikatsiya qilinadi? 2. Ratifikatsiya qilishdan avval qanday akt qabul qilinishi lozim? 3. Mazkur holatda Italiya Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini yoki Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani buzgan hisoblanadimi? Javob Ushbu kazusga yechim berishda TIRAC texnologiyasidan foydalanamiz. Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida gap ketganda, avvalo u nima ekanligiga ta’rif berish muhim hisoblanadi. Turli xil olimlar xalqaro shartnomalarga turlicha fikr bildirib kelishadi. Xususan Azimov M.M, Muminov A.R, Nugmanov N.A va Umarxanova D.Shlar o‘z o‘quv qo‘llanmalarida “Xalqaro shartnoma – xalqaro huquqning bir, ikki yoki bir qancha sub’ektlari o’rtasida o’zaro huquq va majburiyatlarini yaratish yo’li bilan aniq ifodalangan, nomlanishidan qat’i nazar, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan bitimlardir”1 deb ta’rif berishgan. Shuningdek, 1969-yilgi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasining 2-moddasi a bandida ““shartnoma” davlatlar oʻrtasida yozma shaklda tuzilgan va xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan, bitta hujjatda, ikki yoki undan ortiq bir-biriga bogʻliq hujjatlarda mavjud boʻlishidan qatʼi nazar va uning oʻziga xos nomidan qatʼi nazar, xalqaro shartnomani anglatadi”2 deb belgilangan. 1986-yilgi Konvensiyaning 2-moddasining i, ii, iii, bandlarida “shartnoma” xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan va yozma shaklda tuzilgan xalqaro bitimni anglatadi, bir yoki bir nechta davlatlar va bir yoki bir nechta xalqaro tashkilotlar o'rtasida yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasida”3 tuzilishi mumkinligi aytilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, xalqaro shartnoma – xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida tuzilib, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan, o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi bitimlar hisoblanadi. Bevosita kazusga keladigan bo‘lsak, unda quyidagi muammolar kuzatiladi: Birinchi muammo: Italiya ratifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi. Ikkinchi muammo: Ratifikatsiya qilinguniga qadar Ichki ishlar vaziri mazkur shartnomaga nisbatan o‘zining shubhasi mavjudligini maʼlum qilishi. Uchinchi muammo: Ichki Ishlar Vazirining mazkur shartnomaga zid ravishda qonun loyihasini kiritishi. To‘rtinchi muammo: Mazkur holatda Italiya Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini yoki Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani buzgan hisoblanadimi? Beshinchi muammo: Qanday shartnomalar ratifikatsiya qilinadi? Oltinchi muammo: Ratifikatsiya qilishdan avval qanday akt qabul qilinishi lozim? Yuqoridagi muammolarga yechim berishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanamiz: 1969-yilgi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasi, 1986-yilgi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasi. Birinchi muammoga yechim berar ekanmiz, 1969-yilgi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasining 2-moddasi a bandida “Xalqaro shartnoma” davlatlar oʻrtasida yozma shaklda tuzilgan bitim”, 1986-yilgi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasining 2-moddasida “bir yoki bir nechta davlatlar va bir yoki bir nechta xalqaro tashkilotlar o'rtasida yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasida tuzilgan bitim” deb ta’rif berilgan. 1969-yilgi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasining 6-moddasida “xar bir davlat shartnomalar tuzish layoqatiga ega” deb belgilangan. Demak, Italya – bu davlat va u xalqaro huquq subyekti hisoblanadi. Shuning uchun Italiya ratifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi huquqiy jihatdan to‘g‘ridir. Ikkinch muammoga yechim berishda Foydalanilgan adabiyotlar https://treaties.un.org https://scholarship.kentlaw.iit.edu https://legal.un.org 1 Xalqaro shartnomalar huquqi: O‘quv qo‘llanma // Azimov M.M, Muminov A.R, Nugmanov N.A va Umarxanova D.Sh. – T.: TDYU nashriyoti, 2017. – 210 bet. 2 1969-yilgi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasi. 3 1986-yilgi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasi. Download 21.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling