Mavzu : Fuqorolik huquqi subyekti sifatida - fuqorolar
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi
2. Huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo`lishi
3. Fuqarolarning muomala layoqati
4. Vasiylik va homiylik
5. Xususiy tadbirkor fuqarolarning huquqiy maqomi
6. Fuqarolarning turar joyi
7. Fuqaroni bedarak yo`qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e`lon qilish
8. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilari bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish bilan bevosita bogʻliqdir. Bozor munosabatlariga oʻtish, iqtisodiyotda xususiy mulkning mavqeini oshirish, xususiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yoʻl ochib berish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish ayni kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot liberallashib, islohotlar chuqurlashmoqda va kishilarning tafakkuri, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksalmoqda, oʻz mulkiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilish borasida amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda1 . Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar fuqarolik huquqi fani oldiga gʻoyatda muhim vazifalarni qoʻymoqda. Ma’lumki, fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar tarkibida esa fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosiy mavqeni egallaydi. U mulkiy va shaxsiy huquqlar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |