Menejment faniga kirish
Download 142.28 Kb. Pdf ko'rish
|
2-topshiriq Jabbarov Sardor
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.Teylorning ilgari surgan gʻoyalari Reja: 1. Kirish. Boshqarish nazariyalarining paydo bo’lishi. 2. F.Teylorning boshqarish to’g’risidagi g’oyalari
- F.Teylorning boshqarish to’g’risidagi g’oyalari
MENEJMENT FANIGA KIRISH Bajardi: Event-Uzb-Tash guruh talabasi Jabbarov Sardor Tekshirdi: Nimatov Ibragim ESSAY F.Teylorning ilgari surgan gʻoyalari Reja: 1. Kirish. Boshqarish nazariyalarining paydo bo’lishi. 2. F.Teylorning boshqarish to’g’risidagi g’oyalari 3. Xulosa Kirish Boshqarish haqidagi tushunchalar Qadim zamonlardan rivojlanib kelgan. Misol uchun Turkiston o’lkasida Amir Temur hukmronligi davrida “Temur tuzuklari” asari bitilgan. Bu asarda mamlakatni boshqarish haqidagi g’oyalar yoritilgan. Boshqarish haqidagi tushunchalar paydo bo’lgani bilan u alohida fan sifatida o’rganilmagan edi. Boshqaruv ilmi 19 asrga kelib rivojlana boshladi. Boshqarish nazariyasini rivojlanishi 4ta tarixiy davrlarga bo’linadi. I qadimiy davr. Bu davr eramizdan oldingi 9-7 mingchi yillardan taxminan 18 asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr eng uzoq davom etgan davr hisoblanadi. Bu davrda boshqarish urug’, jamoa, qabila o’rtasida yuzaga kela boshlagan. II davr – Industrial davr hisoblanadi. III davr – sistematizatsiya davri. Bu davrga kelib boshqarish haqida yo’nalishlar, maktablar shakllana boshlaydi. IV davr – axborot davri. Bu davr 1960-yillardan hozirgi davrgacha bo’lgan yillarni o’z ichiga oladi. F.Teylorning boshqarish to’g’risidagi g’oyalari Menejment nazariyasining asoschilaridan biri Frederik Teylor hisoblanadi. U boshqaruvning “klassik” maktabi asoschisi hisoblanadi. Teylor korxonada kichik lavozimdan katta lovozimgacha ko’tarilgani sababli boshqarish haqida ilmiy yondashish lovimligini tushunib yetadi. Teylor ishlab chiqarish korxonalarida barcha jarayonlarni funksional ravishda tashkillashtirish kerakligini, har bir jarayon e’tibor berishni va maxsus reja orqali bajarilishi lozimligini e’tirof etadi. Teylor korxonadagi ishchilarni salohiyatiga qarab ish lavozimiga joylashtirish lozimligini etadi. U xodimlarda quyidagi xususiyatlarni bo’lishiga qarab ularni guruhlaydi: 1. Aql-zakovat 2. Muayyan ma’lumot 3. Ish tajribasi 4. Odob 5. Rayosat 6. Ziyraklik 7. Halollik 8. To’g’ri fikr yuritish 9. Yaxshi salomatlik 3ta sifatga ega bo’lgan kishilarni- oddiy ishchi, 4ta sifatga ega bo’lgan kishini nisbatan ko’p haq to’lanadigan lavozimga, agar shu sifatlarni hammasini jamlagan kishi bo’lsa uni boshqaruvchi lavozimiga o’tkazish kerakligini ta’kidlaydi. U boshqarish bo’yicha faoliyatni 8ta funksiyasini sanab o’tadi. Bular: ➢ Ishlarni bajarish va taqsimlash tartibi; ➢ Chizmalar va qo’llanmalarni tuzish; ➢ Vaqtni me’yorlash va mehnatga haq to’lash; ➢ Intizomga rioya qilish; ➢ Ish uslublarini belgilash; ➢ Uskunalar ish tartibiga rioya qilish; ➢ Uskunalarni ta’mirlash va saqlash; ➢ Sifatni nazorat qilish. Teylorning funksional boshqaruv tizimi hozirgi zamonda qo’llanmasa ham uning boshqaruvning tartibli tizimidan foydalaniladi. Teylor korxonada sinfiy hamjihatlikni ta’minlash, ular o’rtasida ziddiyatni oldini olish lozimligini ta’kidlaydi. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo’lsak boshqaruv ilmi Qadim zamonlardan rivojlangan bo’lib, 19 asrlarga kelib alohida fan sifatida qarala boshlangan. Bunga asosiy sabab korxonalarning ko’payishi, texnologiyaning rivojlanishi bo’lgan. Boshqaruv ilmining rivojlanishiga ilk g’oyalar, maktablarning rivojlanishiga Fredirik Teylorning qo’shgan xissasi ulkandir. Teylor boshqaruv jarayoniga alohida ilm sifatida qarash lozimligini ilgari surgan. Korxonada barcha jarayonlar maxsus rejalashtirilgan va ketma-ketlik asosida borishi lozimligini ta’kidlagan. Shuningdek u ijtimoiy taqsimlanishdan foydalanish lozimligini e’tib o’tadi. Boshqaruv haqida g’oyalar, maktablar rivojlanishi uning alohida fan sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Download 142.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling