Reja: kirish. II asosiy qism
Download 40.12 Kb.
|
Dildora
Mavzu:Huquq ijodkorligi tushunchasi,turlari va principlari REJA:
KIRISH. II Asosiy qism 1.Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari. 2.Huquq ijodkorligi-huquq yaratishning murakkab jarayoni. 3. Qonun ijodkorligi jarayoni:tushunchasi, prinsiplari, bosqichlari . 4.Huquq va qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik va yuridik texnikaning roli. 5.O'zbekistonda qonun ijodkorligi jarayonining o'ziga xos xususiyatlari. III.Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga ko`ra, qonunchilik tashabbusi huquqiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, o'z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqlpog'iston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasining Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquq subyektlari tomonidan qonun loyhasini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Bu norma qonunchilik tashabbusi subyektlariga jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishi kerak bo'lgan jihatlarini yana bir-bor e'tiborga olish mas'uliyat yuklaydi. Huquq Ijodkorligi va qonun ijodkorligi bir-biridan farqli tushunchalar bo'lib, huquq ijodkorligi normativ-huquqiy hujjatlarni uni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Qonun ijodkorligi esa faqatgina oliy vaktlik organi bo'lgan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning 83-moddasida ko'rsatilgan qonunchilik tashabbusi subyektlari esa qonun ijodkorligi jarayonida o'z vakolat doirasida qonun loyihalarini kiritish huquqi orqali ishtirok etadilar. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organlar yoki mansabdor shaxslar quyidagilar: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari. 'Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yangi milliy davlatchilikni shakllantirishda parlament Islohotlari bosqichma- bosqich tobora kengayib bormoqda. Shuning 2003-yil 24- aprelida qabul qilingan qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII bobiga o'zgartirishlar kiritilib,Olly Majlis ikki palatadan iborat ekanligi mustahkamlab qo'yildi. Davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim masalar Oliy Majlisning har ikki palatasi tomonidan ko'rib chiqiladi va hal etiladi. Qonun ijodkorligi jarayonida muhim bosqchdan biri hisoblangan qonunchilik tashabbusi huquqi o'zi nimaligi, kimlarga tegishli ekanligi haqidagi savollarga quydagicha javoblar berilgan. Qonun chiqarish jarayonidagi eng muhim bosqich hisoblangan qonunchilik tashabbusini amalga oshirish to'g'risida tasavvurga ega bo'lish uchun, birinchi navbatta, uning mohiyatiga etibor qaratish o'rinli. "Qonunchilik tashabbusi huquqi" deganda,Konstitutsiyada belgilangan davlar organlari, tashkilotlar va shaxslarning qonun chiqaruvchi organga qonunchilikka oid qonun loyihasini taqdim etishdan iborat subyektiv huquqi tushuniladi.? Keyingi 5 yil mobynida qonunchilik palatasiga taqdim etilgan 497 ta qonun loyihasidan atigi 44 tasi deputatlar tashabbusi bilan, 42 tasi esa bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan,160 ta qonun loyihasi esa mamlakatimiz hukumati tomonidan kiritilgan. Shu munosabat bilan huquq ijodkorligi va qonun ijodkorligi,qonun loyihalarini tayyorlash va qabul qilishni yangicha tashkil qilish yo'llari vujudga keldi. qilishni yangicha tashkil qilish Huquq yaratish va shakklantirish jarayonida ijtimoly, siyosiy iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa boshqa omillarni ta'sir etshini hisobga ogan holda qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar yaratilsa,ular Jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga, taraqqiyot ehtiyojlariga mos keladi,hayot bilan hamohang bo'ladi. 1.Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari,funksiyalari va prinsiplari. Huquq ijod etish davlatning yuridik normalar yaratishga qaratilgan maxsus faoliyatidir.Davlat mazkur faoliyat orqali xalqning mushtarak irodasini qonun darajasida ifoda etadi, ijtimoiy boshqaruv va siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi.Bu faoliyat natijasida jamiyatda harakatlanuvchi bir butun va ichki mutanosiblikka ega bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy huquqiy normalar vujudga keltiriladi.Huquq normalarining yaratilishi,yuridik kuchi,shakli,quyidan yuqoriga bo'ysunishi munosabatlari davlatning huquq ijodkorligi funksiyasi bilan bevosita bog'liqdir. Huquq jodkorligi vakolatli davlat organlarining normativ-huquqiy aktlami yaratish, ularga o'zgartirish kiritish yoki bekor qilishga qaratilgan faoliyatdir. Huquq ijodkorligi faoliyati nafaqat yangi huquqiy normalari o'rnatish, balki ilgari chiqarilgan nomatiy-huquqiy qoidalarni o'zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Huquq ijodkorligi tufayli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat organlarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks ettiriladi va ular normativ-huquqiy hujjatlar deyiladi. Huquq ijodkorligi faoliyati o'z mohiyatiga ko'ra davlat irodasini ifodalash bilan bog'liq. Davlat tashkiliy kuch bo'lsa,huquq yuridik qoida shakliga kirgan irodadir.Ikki tolfa harakatni o'z ichiga oladi,birinchidan,huquq ijod etuvchi organlarning normativ hujjat loyihasini tayyorlash bo'yicha harakatlari; ya'ni loyihani ishlab chiqish to'g'risidagi qaror qabul qilish; loyihani muhokama qilish; uni manfaatdor idoralar bilan kelishib olish va qo'shimcha ishlov berish.Ikkinchidan,normativ hujjatni chiqarish bo'yicha harakatlar kiradi: huquqiy- hujjat loyihasini huquqni ijod qiluvchi organ muhokamasiga kiritish;loyihani muhokama etish;normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va uni e'lon qilish(nash etish). Ba'zan huquq ijod etishning mazkur bosqichlari birlashib,yangi xatti- harakatlar bilan to'ldirilishi mumkin. Huquq ijodkorligi turlari: 1.Xalqning bevosita huquq ijodkorligi Xalq tomonidan amalga oshiriladigan huquq ijodkorligining eng yorqin ifodasi referendum-davlat va jamiyat hayotining o'ta muhim masalalari bo'yicha umumxalq ovoz berishidir.Referendum huquq ijod etishning alohida shakli sifatida xalqning o'z irodasini bevosita bayon etishidir.Bu huquqiy normalar yaratishning o'ta nufuzli turi bo'lib,referendum natijalari davlat hokimiyat organlarining biron-bir tarzdagi tasdiqlashiga muhtoj emas. Referendum yo'li bilan qabul qilingan hujjat mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega bo'ladi va faqat referendum orqali bekor qilinishi yoki o'zgartilishi mumkin(O'zbekiston Respublikasi "Referendum to'g'risida"gi qonunning 1- moddasi).U qat'iy irodaviy mazmundagi siyosiy-yuridik institutdir.Mohiyatiga e'tibor bersak,referendum davlatning u yoki bu qarorini xalq ovozi bilan tasdiqlanishi, shu orqali unga uzil-kesil va umummajburiy xususiyat baxsh etilishidir. 2.Davlat organlarining huquq ijodkorligi.Bu huquq ijodkorligining asosiy,keng tarqalgan,aniq maqsadga yo'naltirilgan turidir.Davlat organlarining vazifasi, vakolatlari hamda faoliyat yo'nalishlari qonunda belgilab qo'yiladi.Ana shu yuridik vakolatlar doirasida har bir davlat organi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ularning vakolatlari darajasi va ko'lami normativ hujjatlarning yuridik kuchini,o'zaro mutanosiblik (lyerarxik) munosabatlarini belgilab beradi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko'ra, Oliy Majlis-qonun qabul qiladi;94-moddasiga ko'ra Prezident farmon,qaror va farmoyish chiqaradi:98-moddasiga muvofiq Vazirlar Vahkamasi Oliy Majlis va Prezident hujjatlari ijrosini ta'minlash uchun qaror va farmoyishlar chiqaradi.Konstitutsiyaning 15-va 16-moddalari esa qonun ustuvorligi prinsipini mustahkamlaydi.Bu moddalar mazmuni bilan normativ-huquqiy hujjatlar o'rtasidagi o'zaro bo'ysunish va ustuvorlik munosabatlari aniq-ravshan belgilab qo'yilgan. 3.Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi. Mansabdor shaxs tushunchasini aniqlab olish lozim, chunki amaldagi qonunchilikda unga tegishli ta'rif berilmagan. Mansabdor shaxs-davlat hokimiyat yoki boshqaruv organida yoxud nodavlat tashkilotida muyyan lavozimni egallagan,unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va amalga oshirish vakolatiga ega bo'lgan shaxsdir.Mansabdor shaxsnig normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va uni qabul qilish bo'yicha faoliyati huquq ijodkorligi hisoblanadi. Biroq uning huquqni qo'llash bilan bog'liq xatti-harakati huquq ijodkorlik faoliyati doirasiga kirmaydi. Huquq ijodkorligi jarayoniga turli-tuman hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy omillar jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlashga,huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga,qonunchilik hujjati loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga,pirovardida uning mazmuniga u yoki bu tarzda ta'sir o'tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir.Huquq yaratish va shakllantirish Jarayoniga eng avvalao, iqtisodiy siyosiy ijtimoiy,mafkuraviy va boshqa omillar ta'sir ko'rsatadi. 4.Mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlarining huquq ijodkorligi. Huquq ijodkorligi funksiyalari: Qonunlar,huquqqly-hujjatlar loyihasini tayyorlash; Amaldagi qonun hujjatlarini yangilash,uni ijtimoiy taraqqoyot ehtiyojlariga doimo moslashtirib turish; Eskirgan huquqiy normalarni bekor qilib borish; Huquqda hal etilmagan jabhalar,bo'shliqni to'ldirib borish; Qonunchilikni tartibga keltirish bir tizimga solish(sistemalashtirish). Huquq ijodkorligi prinsiplari: Xalqchillik; Oshkoralik; Demokratiklik; Ilmiylik. Qonuniylik; Huquq ijodkorligining xalqchilligi.Demokratik davlat o'zining qonun ijodkorligi,huquq yaratish faoliyatida o'z xalqi bilan mustahkam bog'liq va chambarchas aloqador bo'lishi lozim.Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekanligini hisobga olgan holda,davlat,uning organlari huquq yaratish chog'ida xalq manfaati va ehtiyojlaridan kelib chiqishi mantiqiy holdir.Bu prinsip haqida gap ketganda,normativ-huquqiy hujjatlarda demokratik OAVlar vositasida xalqning tabiatini, fazilatlarini, mentalitetini,rubini aks ettirish g'oyatda muhim. Xalqning bunday ijodkorlikda bevosita va bilvosita ishtiroki demokratiyaning asosiy talabidir. Ushbu prinsip qonunchilik hujjatlarini yaratishda xalqning,xalq vakillarining(deputatlar va senatorlarning),jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar siyosiy partiyalarning fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirish keng ishtiroki orqali namoyon bo'ladi. Huquq ijodkorligining demokratikligi. Huquqiy hujjatlarini qabul qilishda,xususan,qonun chiqarishda xalqning ishtorokini ta'minlashda namoyon bo'ladi.Demokaratizm parlament va mahalliy xalq deputatlari kengashlari faoliyati jarayonida aks etadi.Demokratiyaga intilish ijtimoiy taraqqiyotimizning bosh yo'nalishidir.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas,balik uning qanchalik realligi, haqiqiyligi,yashashga qobilligi muhimdir. Huquq ijodkorligining qonuniylik prinsipi. Bu prinsip huquq ijodkorligi subyektlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash,muhokama etish,qabul qilish va e'lon qilish borasidagi xatti-harakatlari Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga asoslanishidan kelib chiqishi lozim.Qonun ustuvorligi,qonuniylik prinsipi, avvalo,qonun chiqaruvchi organ hamda hokimiya yuqori organlari uchun ham dasturulamaldir. Qonunlar, farmonlar va hukumat qarorlari Konstitutsiyaga muvofiq bo'lmay qolsa,maxsus muhofaza mexanizmiIshga tushadi. Bunday hollarda Konstitutsiyaviy sud o'zining tegishli xulosasini chiqaradi va g'ayrikonstitutsiyaviy hujjatni harakatdan to'xtatadi.Huquq ijodkorligining oshkoraligi. Normativ-huquqiy hujjatlardafuqarolarning huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi. Fuqarolar huquq normalari tomonidan o'zlariga qo'yilayotgan talablardan xabardor bo'lish va ular haqida bilim olish imkonoyatlariga ega bo'lishlari kerak.Normativ-huquqiy hujjatlarni oshkor qilishning asosiy vositasi ularni ammaviy axborot vositalari orqali e'lon qilishdir.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko'ra: "Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e'lon qilinishi ular qo'llanishining majburly shartidir. "Bu prinsip 1989-yil15-yanvardagi Vena uchrashuvi Yakuniy hujjatida ham belgilangan bo'lib, quyidagicha ifodalangan: "YEXHK qatnashchisi bo'lgan davlatlar "shaxslaming o'z huquq va burchlarini bilishga hamda ularga muvofiq harakat qilishga boʻlgan huquqini samarali ta'minlash maqsadida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga oid qonunlar,ma'muriy qoida hamda tartibotlarni nashr etib barchaga yetkazish majburiyatini oladilar". Huquq ijodkorligining ilmiyligi. Har bir qonun,huquqiy norma ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash hamda ilmiy asoslantirish negizida yaratilishi kerak.Bu prinsipda ikki jihat nazarda tutiladi, birinchidan,huquq ijodkorligi puxta ilmly strategiyaga tayanishi arur.Uni davlat yuwori hokimiyat organlari huzuridagi tegishli tadqiqotlar institutlari amalga oshiradi.Ikkinchidan,muayyan normativ-huquqiy hujjat matni ustida ish organda,huquq normasini yaratish va ifodalashda ilmiy tavsiyalar inobatga olinishi lozim. Hujjat loyihasi tayyorlanayotganda ishchi guruhlar tarkibiga yetakchi huquqshunos-olimlarni kiritadilar, loyiha yuzasidan xulosa olish uchun uni tegishli Ilmiy muassasalarga yuboradilar Qonun loyihalarini ham ilmiy ekspertizadan o'tkazish kerak bo'lib,buning uchun olimlar, amaliyotchi xodimlar,malakali mutaxassislar jalb qilinadi.loyihani ekspertizadan o'tkazish natijalari yuzasidan ekspertlar tegishli xulosa taqdim etadilar. 2.Huquq ijodkorligi-huquq yaratishning murakkab jarayoni.Huquq ijodkorligi jarayonida yangi huquqiy normalar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.Bunda birinchi navbatda,davlat faoliyatining belgilangan vazifalari huquqda o'z ifodasini topadi. Albatta,davlat funksiyalari haqida gap ketganda, avvalo,ularni amalga oshirish shakllarini hamda ulardan biri sifatida-jamiyatga davlat rahbarligi ko'rinishlaridan biri bo'lgan huquq ijodkorligi yoki qonun ijodkorligi haqida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq.Binobarin,davlatning vazifasi,tipi, davlat hokimiyatining amalga oshirish va tashkil etish shakllaridan qat'iy nazar,huquq ijodkorligi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham huquq ijodkorligi-jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarini aniqlash va baholash,vakolatli subyektlaming huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda shakllantirishi va qabul qilishini qamrab oluvchi jarayondir. Ushbu ta'rifda quyidagi muhim jihatlarga urg'u beriladi: 1) Huquqiy tartibga solishni talab etadigan holat yoki jarayonni anglash, o'rganish va tahlil etish; 2) U yoki bu huquqiy aktni qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan organni aniqlash; 3) Qabul qilinishi mo'ljallanayotgan aktning shaklini tanlash; 4) Tegishli protsedura doirasida huquqiy aktni tayyorlash, qabul qilish yoki o'zgartirish. Albatta, sanab o'tilgan bu jihatlar o'zaro bog'liq va yaxlit Jarayondir.? 3.Qonun ijodkorligi jarayoni:tushunchasi,prinsiplari, bosqichlari. Qonun ijodkorligi-huquq ijodkorligining eng muhim shaklidir. Qonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatida vujudga keladi. Davlat amrining oliy ifodasi bo'lmish qonun hokimiyatning alohida vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladigan murakkab jarayon natijasida yaratiladi. Qonun ijodkorligi-vakolatli davlat vakillik organining qonunlar loyihasini ishlab chiqish va qabul qilishga qaratilgan,aniq maqsadga yo'naltirilgan irodaviy faoliyat.Davlat qonunchilik faoliyati orqali siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va mafkuraviy hayotning hamma sohalaridagi eng muhim masalalarni hal etishga qaratilgan normativ-huuquqiy hujjatlar yaratadi. Qonun ijod etishning mohiyati shundaki, unda hokimiyatning vakolatli vakillik organi(referendum da bevosita xalq) davlat irodasini qonun darajasiga ko'tarib,unga siyosiy yuridik tus beradi.Qonunchilik ijodkorligi jarayonining muhim xususiyati,uning mazmunini tashkil etuvchi harakatlar tartibi va ularni amalga oshirish taomili konstitutsiyaviy tarzda belgilab qo'yiladi.O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan qonun Jiodkorligi faoliyati,bizningcha,jahon davlatlari tajribasining sinovidan o'tgan bir qator prinsiplarga tayanadi. Ularga alohida to'xtalamiz. Qonun chiqaruvchi hokimiyat,avvalo,hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipidan kelib chiqmog'i,Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan vakolatlari doirasida mustaqil,qat'iyat va yuksak mas'uliyat bilan faoliyat yuritmog'i lozim. Parlament kollegiallik(Jamoa bo'lib muhokama qilish)prinsipida asoslanishi kerak.Xalqimizda "maslahatli to'y tarqamas "degan gap bor.Bizning qonun chiqaruvchi idoramiz mana shu fikrga rioya qilib,bamaslahat ish tutmog'i va har bir deputatning qonun yaratishda faol ishtirokini ta'minlab, jamiyat irodasini davlat qarori darajasida shakllantirmog'i lozim. Qonun chiqaruvchi idora o'z faoliaytida xalq hokimiyatchiligi,davlat suvereniteti prinsipiga tayanishi shart.Qone ijod etishda o'tmish ajdodlarimiz yaratgan hayotiy Ijobiy tajribaga,boy madaniy va ma'naviy merosga, milliy urf-odat va an'analarga vorislik, ya'ni tarixiylik prinsipiga tayanish maqsadga muvofiqdir. Qonun qabul qilishda ijtimoiy adolat prinsipi ustunlik qilishi kerak. Aynan odillik qonun hal etayotgan muammoni yechishning ijtimoiy munosabatni tartibga solishning asosiy mezoni bo'lishi kerak. Qonun loyihalalarini umumxalq muhokamasiga havola etish prinsipi.u qonun ijodkorligining demokratik asosda tashkil etilganligidan dalolatdir.Jamiyatning umumiy taqdiriga dahldor muhim qonunlarning loyihalarinigina umumxalq muhokamasiga chiqarish maqsadga muvofiqdir. Joriy qonunchilik hujjatlarining Konstitutsiyaga qat'iy mos bo'lishiga erishish talab etiladi.Shu bois Konstitutsiyaning,undan so'ng esa,qonunlarning ustunligi prinsipini sobitqadamlik bilan hayotga joriy etish zarur. Qonun chiqaruvchi idoraning faoliyatida qonuniylik prinsipi muhim o'rin tutadi.Bu prinsip qonun chiqaruvchi organ uchun ham,qonunlar ijrosini ta'minlovchi davlat organlari,tashkilotlar,muassasalar,korxonalar va jamoat birlashmalari uchun ham birdek majburiydir. Mamlakatdagi eng muhim munosabatlarni,ayniqsa, fuqarolarning huquqiy mavqeiga taalluqli masalalari faqat qonun shaklidagi normativ-huquqiy hujjat bilan mustahkamlash prinsipini qo'llash; qonun chiqaruvchi idora tomonidan huquqiy (qonuniylik yo'li bilan)tartibga solish ehtiyoji mavjudligini oqilona hisobga olish zarur. Qonun ijodkorlig ijarayonining bosqichlari. Demokratik davlatda qonun ijodkorligi hokimiyati shakllaridan biri-qonun chiqarish hokimiyatini ro'yobga chiqarish vositasidir. Qonun ijodkorligi jarayoni huquqiy tizimning eng faol bo'g'inidir.Bu jarayon natijasida davlat olly irodasining ifodasi bo'lish qonun yuzaga keladi.Qonun davlat amalga oshiradigan o'ta mas'uliyatli maxsus faoliyatining mahsulidir. O'zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha yuridik adabiyotda qonun ijodkorligi jarayoni anchagina keng yoritilgan.Biroq mamlakatimiz siyosiy-huquqiy hayotida sodir bo'layotgan tub burilish, ya'ni ikki palatali parlamentning ta'sis etishini tabiiy ravishda qonun ijodkorligi jarayoniningmazmunini jiddiy o'zgartirib yuboradi. Shu bois,qonun ijod etish jarayonini ikki palatali parlament ta'sis etilishi nuqtai nazaridan tahlil qilamiz. Qonun ijodkorligi jarayonining muhim xususiyati shundaki, uning mazmunini tashkil etuvchi harakatkatlar va ularni amalga oshirish tartibi Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan.Qonun yaratish munosabatlari,bu munosabatlarda ishtirok etadigan subyektlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi moddiy huquq qoidalari tegishli protsessual normalar orqali hayotga joriy etiladi. Agar moddiy huquqni tahlil etishning alohida tartibi o'matilmagan bo'lsa,u yuridik nuqtal nazaridan yaroqsizdir. Qonun ijodkorligi jarayoni,birinchidan,qonunni mazmunan tayyorlashni ta'minlovchi o'zaro aloqador institutlar tizimini belgilashdan; ikkinchidan,xalq irodasini, Jamoachilik fikrini ifodalashning qat'iy demokratik shakllarini mustahkamlashdan;uchinchidan, qonunni yaratish va qabul qilish jarayonida davlat hokimiyati oliy vakillik organi faoliyatining turli shakllari qo'llanilishini aks ettirishdan iboratdir. Qonun vositasida tartibga solinadigan munosabatlarga quyidagilar kiradi: Konstitutsiyaviy mazmunga ega masalalar; Olly va mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tashkil etish, shakllantirish va faolioyat yuritish tartibi; Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari,ularni ta'minlash va muhofaza etish usullari; Davlat budjetini tasdiqlash hamda unga o'zgartirish kiritish masalalari; Har-xil turdagi soliqlar yoki ular bo'yicha imtiyozlar belgilash; Iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy qoidalarini belgilash; Mamlakat mudofaasi ya xalqaro munosabatlar oʻrnatish masalalari; Ommaviy axborot vositalarining huquqiy maqomini belgilash masalalari va hakazo. O'zbekiston Respublikasida qonun ijodkorligi jarayonining bosqichlari: 1. Qonunchilik tashabbusi: 2.Qonun loyihasini muhokama qilish; 3.Qonunni qabul qilish; 4.Qonunni ma'qullash; 5.Qonunni imzolash va e'lon qilish. 1) Qonunchilik tashabbusi-muayyan organlar, nodavlat tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonun chiqarish masalasini qo'yish va ularning loyihalarini ko'rib chiqish uchun qonun chiqaruvchi organga taqdim etish huquqidir. Qonunchilik tashabbusi Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar,tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to'g'risida, shuningdek amaldagi qonunni o'gartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi taklifni Oliy Majlis e'tiboriga taqdim etilishi va parlamentning bu masalani belgilangan tartibda ko'rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishidir. Qonunchilik tashabbust subyektlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida berilgan,unga ko'ra: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog'iston Republikasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi, Bosh prokurori qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.Aynan shu norma "O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi to'g'risida"gi qonunning 27-moddasida, "O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi Reglamenti"ning 111-moddasida, "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida"giqonunning 1- moddasida belgilangan. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo'lmagan davlat va jamiyat tashkilotlari yoki alohida fuqarolar taklif etgan qonun qonun loyihalari yoki qonunchilik xarakteridagi takliflari mazkur huquqqa ega bo'lgan idoralar va shaxslar orqali parlamentga kiritilishi mumkin. 2) Qonun loyihasini muhokama qilish-qonun ijod etish jarayonining alohida muhim bosqichi.Bu bosqichda qonun loyihasi parlamentga taqdim etilib,u sessiya kun tartibiga kiritilgach boshlanadi.Qonu loyihasi ikki xil shalda muhokama qilinadi.Birinchi holda,qonun loyihasi parlament sessiyasida mukoma etiladi.ikkinchi holda jamiyat hayotining o'ta muhim masalalasiga oid qonunlar loyihasi parlament qarori bilan umumxalq muhokamasiga chiqarilishi mumkin Barcha qonun loyihalarini umxalq muhokamasiga qo'yish majburiy qoida emas.Umuxalq muhokamalari qonunchilik tajribasida keng qo'llanilayotgan demokratik institutdir. Umumxalq muhokamasi o'z mohiyati-e'tiboriga ko'ra qonun loyihasi yuzasidan xalq bilan bevosiya kengashuv,maslahatlashuvdir.Bu tadbir xalq ommasi tajribasini mujassamlashtirish, jamoatchilik fikrini aniqlash va qonunda xalq manfaatlarini, xohish-irodasini to'la-to'kis aks ettirish imkonini beradi. Parlament sessiyasi muhokamasiga kiritilgan qonun loyihalarini ko'rib chiqish qoida tariqasida,ikki marta o'qish yo'li bilam amalga oshiriladi.Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonun loyihasini birinchi o'qishda uning tashabbuskori ma'ruzasini va bosh qo'mita yoki komissiyasining qo'shimcha ma'ruzasinin tinglaydi. Loyihaning assosiy qoidalari (konsepsiyasi)muhokama qiladigan hamda o'z taklif va mulohazalarini bildiradi. Qonunlarning loyihalari va qonunchilikka oid takliflar ularni ishlab chiqish zarurligi asoslangan holda,bo'lajak qonunlarning maqsadi,vazifalari va asosiy qoidalari hamda ular amaldagi qonunla tizimida tutadigan oqibatlarning batafsil ta'rifi bilan birga ko'rib chiqish uchun taqdim etiladi.Amalga oshirish uchun qo'shimcha moddiy va boshqa xarajatlar talab qilinadigan loyiha taqdim etilayotganda loyiha taqdim etilayotganda unga moliyaviy-iqtisodiy dalillar ilova qilinadi."nunchilik palatasiga ketishd Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim qilinishi kerak: ✓ qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati; o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish toʻgʻrisida, shuningdek, qonun loyihasi kiritilishi bilan bog'liq qonunlarni o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida qonun loyihasi; ✓ o'zgartirilishi, qo'shimchalar kiritilishi, o'z kuchini yo'qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo'lgan qonunosti hujjatlarining ro'yhati; moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar; darinR Xkamaytirish Zyokidavlat daromadlarini davlat xarajatlarini ko'paytirish, shuningdek, Davlat budjeti moddalari bo'yicha o'zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xulosasi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi bo'lmagan taqdirda, qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin:qonun yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi haqidagi; ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan avval qabul qilingan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish haqidagi (114-modda). Comun loyihasi Qan pas la palasining devonda to'yxatga olingan kundan e'tiboran Qonunchilik Palatasiga kiritilgan hisoblanadi. Ayni vaqtda qonun loyihasiga ro'yxatga olish raqami uni ko'rib chiqish va o'tishning butun davri uchun beriladi. Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan mas'ul qo'mitaga topshiriladi.Mas'ul qo'mita qonun loyihasining O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga muvofiqligi hamda qonun loyihasini kiritishning qonunda va ushbu Parlamentda belgilangan tartibiga qay darajada rioya etilganligini aniqlaydi. Ma'sul qo'mitaning qonun loyixasini Qonunchilik palatasi ko'rib chiqishi uchun qabul qilish mumkunligi yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish zarurligi to'g'risida o'n to'rt kun ichida Kengash muhokamasiga taqdim etiladi. ("O'z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti"115-modda) Kengash mas'ul qo'mitaning xulosasi asosida qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko'rib chiqishi uchun qabul qilish to'g'risida yoki u belgilangan talablarga muvofiq bo'lsa,uni qonunchilik tashabussi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi.Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonun loyixasi Qonunchilik palatasi ko'rib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin. Agar tegishli masala bo'yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o'qishda qabul qilingan bo'lsa, ayni shu masala bo'yicha boshqa qonun loyixasi Qonunchilik palatasi ko'rib chiqishi uchun qabul qilinmaydi. Qonun loyixasi ko'rib chiqish uchun qabul qilinganda Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida ko'rib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi. ("O'z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti"116-modda) Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi o'qishda ko'rib chiqishga tayyorlash mas'ul qo'mita tomonidan amalga oshiriladi.( "O'z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti"117-modda) Qonun loyihasi ustida ishlash uchun mas'ul qo'mita o'z a'zolari orasidan ishchi guruhi tuzish mumkin. Ishchi guruhi tarkibiga mas'ul 1.Qo'mitaning a'zolari bo'lmagan deputatlar. 2.Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari. 3.Boshqa davlat organlari. 4.Nodavlat notijorat tashkilotlari. 5.Ilmiy muassasalar vakillari. 6.Ekspertlar. 7.Mutaxasisslar. 8.Olimlar. 9.Xo'jalik yurituvchi subyektlarning vakillari ham kiritilishi mumkin. Qonun loyihasi bo'yicha tushgan xulosalar,fikrlar,takliflar va mulohazalar mas'ul qo'mita majlisida ko'rib chiqiladi. asi yuzasidan o'z tarkib Mas'ul qo'mita qonun loyihasi yuzasidan o'z tarkibidan ma'ruzachini tayinlaydi. ("O'z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti"118-modda) Qonunchilik palatasi devonining yuridik bo'limi Kengashning yoki mas'ul qo'mitaning topshirig'iga binoan ular belgilangan muddat ichida Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etadi. Qonunchilik palatasi devonning yuridik bo'limi Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari asosida xulosa tayyorlaydi,xulosada quyidagi savollarga Javoblar berilishi kerak:-qonun loyihasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutyasiga va O'zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqmi yoki nomuvofiqmi? Agar xulosada qonun loyihasining O'zbekiston Respublikasi Konstitutyasiga yoki O'zbekiston Respublikasi qonunlariga nomuvofiqligi aniqlangan bo'lsa,qonun loyihasining qaysi qonun hujjatiga nomuvofligi va bu nomuvofiqlik nimada aks etishi ko'rsatilishi kerak: Qonun loyihasining ichki mantiqi buzulmaganmi,qonun loyihasining bo'limlari boblari,moddalari, shuningdek qismlari, bandlari,kichik bandlari va moddalarning xatboshlari o'rtasida o'rtasida qarama-qarshiliklar yo'qmi? Agar bunday qarama-qarshiliklar mavjud bo'lsa, ular aniq ko'rsatilishi, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilishi kerak:yangi qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan o'zgartirilishi, qo'shimchalar kiritilishi,o'z kuchini yo'qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo'lgan qonun xujjatlarining to'liq ro'yxati berilganmi? Qonunchilik palatasi devoni yuridik bo'limning xulosasi bo'lim rahbari yoki rahbar o'rin bosari tomonidan uning familyasi va imzolash sanasi ko;rsatilgan holda imzolanishi kerak.Belgilangan muddatda xulosa berishning imkoniyati bo'lmagan taqdirda bu muddat Qonunchilik palatasi devoni yuridik bo'limning asoslantirilgan taklifiga binoan Kengash yoki mas'ul qo'mita tomondan o'zlashtirilishi mumkin.("O'z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti"119-modda) Qonun loyihasini qo'mitalarda muhokama qilish ochiq qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektinig vakili taklif etilgan holda o'tkaziladi va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin. Qomitalarning majlislarida xulosalar, fikrlar,takliflar va mulohazalar bildirish uchun qonun loyihasi yuborilgan davlar organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ilmiy muassasalarning vakillari,mutaxasisilar va olimlar taklifga binoan qatnashishlari mumkin.( "O'z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti"120- modda) Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o'qishda ko'rib chiqish uchun tayyorlangan qonun doirasi va unga doir materiallar Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish uchun mas'ul qo'mita tomonidan Kengashga yuboriladi.Agar Kengash tomonidan boshqa muddat belgilangan bo'lmasa,mas'ul qo'mita qonun loyihasiniolgan kundan e'tiboran ikki oy ichida: Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi birinchi o'qishda ko'rib chiqishi kiritish to'g'risidagi Kengash qarorining loyihasini: Mas'ul qo'mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosani ilova qilgan holda Kengash muhokamasiga taqdim etadi. Kengash mas'ul qo'mita tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasini birinchi o'qishda ko'rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish to'g'risida qaror qabul qiladi.( "O'z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti"121-modda) Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o'qishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti loyiha matnini o'zgartirish yoki o'zi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega. Birinchi o'qishda ma'qullangach, qonun loyihasining matni ustida bevosita ish olib boriladi. Qonun loyihasini ikkinchi o'qishda moddama-modda,bo'lim va boblar bo'yicha yoki yalpi matni bo'yicha muhokama qilinadi.Muhokama chog'ida qonun loyihasi kamchiliklarini tuzatish uchun tegishli qo'mita(komissiya)yoki idoralarga qaytarilishi mumkin(Olly Majlis Reglamenti 79-modda).Ko'rib chiqish natijasiga qarab, Oliy Majlis qonunni qabul qiladi yoli rad etadi yoxud maromiga yetkazish uchun qaytaradi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasi dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun mas'ul qo'mita tayinlaydi.Mas'ul qo'mita yig'ilishida qonun loyihasi dastlabki ravishda ko'rib chiqiladi.Mas'ul qo'mita qonun loyihasini ko'rib chiqishga qabul qilish yoki qonunchilik tashabbusi huquqiga qaytarish to'g'risiga Oliy Majlisning qarori loyihasini tayyorlaydi. 3)Qonunni muhokama qilish-bu bosqich siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan bosqich bo'lib, uning mas'uliyatliligi shundaki,bunda qonun loyihasiga rasmiy yuridik kuch baxsh etiladi,u qonunga aylanadi. O'zbekiston Respublikasining qonunlari ikki yo'l bilan qabul qilinadi: birinchi-qonunning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi va Senat tomonidan ma'qullanishi;ikkinchi-qonunni umumxalq ovoz berish(referendum) yo'li bilan qabul qilish. Qonun loyihasiga ovoz berish uch xil shalda amalga oshiriladi: 1)moddama-modda, 2)bo'lim yoki bob bo'yicha alohida-alohida; 3) loyihaga to'laligicha ovozga qo'yiladi. Birinchi o'qishda muhokama qoida tariqasida,mas'ul qo'mita vakilining yoki qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yoxud uning vakilining ma'ruzasi bilan boshlanadi.Qonun loyihasi ko'rib chiqilayotganda deputatlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan deputatlarning qonun loyihasini mohiyati bo'yicha savollariga javob qaytarish uchun vaqt ajratilishi mumkin, shundan keyin deputatla birlashmalari,deputatlar,muhokamada ishtirok etish uchun taklif etilgan boshqa shaxslarning takliflari va mulohazalari eshitiladi.( "O'z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti"125-modda). Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo'yicha qonun loyihasini maromiga yatkazish va keyingi o'qishda korib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish muddatini belgilagan holda uni birinchi o'qishda qabul qilish yoki qonun loyihasini rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi. Qonun loyihasining muhokamasi tugaganidan keyin qonun loyihasini birinchi o'qishda qabul qilish to'g'risidagi taklif ovozga qo'yiladi. Agar ovoz berish yakunlariga binoan qonun loyihasini birinchi o'qishda qabul qilish to'g'risidagi taklif zarur ovozlar sonini to'plamasa,qonun loyihasi qo'shimcha ovoz berish o'tkazmagan holda rad etilgan hisoblanadi.Rad etilgan qonun loyihasi keyinchalik ko'rib chiqilimaydi va u qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi. ("O'z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti"126-modda). Muqobil qonun loyihalari kiritiliganida Qonunchilik palatasi har bir qonun loyihasi bo'yicha alohida-alohida ovoz berish orqali berish orqali ularni bir vaqtda ko'rib chiqadi. Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga ko'ra qonun loyihalarining bir nechtasi ularni qabul qilish uchun yetarli ovozlar sonini to'plasa,eng ko'p ovozlar sonini olgan qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilingan hisoblanadi. Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga ko'ra qonun loyihalaridan birortasi ham qabul qilish uchun yetarli darajada ovozlar sonini to'plamasa,eng ko'p ovozlar sonini to'plagan qonun loyihasi uzil-kesil ovozga qo'yiladi. Agar uzil-kesil ovozga qo'yish vaqtida deputatlar umumiy sonining yarmidan ko'pi uni yoqlab ovoz bersa,mazkur qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilingan hisoblanadi.Ovoz berish natijasi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinmagan muqobil qonun loyihalart rad etilgan hisoblanadi. To'xtam qo'shimcha ovoz berilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi qarorlari nusxalari rad etilgan qonun loyihalari bilan birgalikda q"O'z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti"onun loyihalarini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga yuboriladi.(127-modda). Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi o'qishda qabul qilish to'g'risidagi qarorida qonun loyihasiga doir tuzatishlarni taqdim etish muddati belgilanadi, bu muddat,qoida tariqasida,o Agar deputatlar qonun loyihasiga belgilanganidan boshqa muddatni belgilash to'g'risida takliflar mavjud bo'lsa, qonun loyihasiga oid tuzatishlar berish muddati deputatlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan qaror bilanbelgilanadi. Qonunchilik palatasi birinchi o'qishda qabul qilingan qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo'yish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin. Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi o'qishda qabul qilish to'g'risidagi qarori besh kun ichida qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi. Qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilingan taqdirda Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi,ikkinchi va uchinchi o'qish tartib-taomillarini istisno qiligan holda,mas'ul qo'mitaning qonunt qabul qilish to'g'risidagi taklifini ovozga qo'yishi mumkin. Agar ushbu taklifga deputatlarda e'tiroz bo'lsa,raislik qiluvchi ulaming har biriga o'z yondashuvlarini asoslash uchun 3 daqiqagacha vaqt beradi.Mas'ul qo'mita vakili har bir e'tiroz bo'yicha mas'ul qo'mitaning fikrini bayon etishga yoki qonunni qabul qilish to'g'risidagi taklifni qaytarib olishga haqli.Agar mas'ul qo'mita qonunni qabul qilish taklifini qaytarib olmasa,raislik qiluvchi muhokama tugaganidan keyin ikkinchi va uchinchi o'qish tartibi taomillarini istisno qiligan holda,mas'ul qo'mitaning qonuni qabul qilish to'g'risidagi taklifini ovozga qo'yadi. Agar deputatlar umumiy sonining ko'pchiligi qonun qabul qilinishini yoqlab ovoz bersa,u qabul qilingan hisoblanadi. Agar qaror qabul qilim asa,qonun loyihasi ustidagi ish ushbu Reglamentda belgilangan tartibda davom ettiriladi.( "O'z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti 128-modda). Qonun loyihasi unga doir materiallar bilan birgalikda,qoida tariqasida,uni Ikkinchi o'qishda Qonunchilik palatasida ko'rib chiqishga kamida o'n kun qolganida deputatlarga tarqatiladi. Qonun loyihasi ikkinchi o'qishda Qonunchilik palatasida ko'rib chiqilayotgan mas'ul qo'mitaning vakili ma'ruza bilan so'zga chiqadi.Ma'ruzachi qonun loyihasini mas'ul qo'mitada ko'rib chiqish yakunlari to'g'risida,kelib tushgan takliflar va ularni natijalari haqida ma'lum qiladi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o'qishda ko'rib chiqish chog'ida mas'ul qo'mita ma'qullagan takliflar ham,ma'qullamagan takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo'yicha ovoz berish moddama-modda o'tkaziladi.Moddama- modda ovoz berish navijalari bo'yicha Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o'qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish muddatini belgilagan holga uni ikkinchi o'qishda qabul qilish to'g'risidagi taklifni ovozga qo'yiladi. Agar ovoz berish yakunlariga ko'ra bunday taklif ovozlarning zarur sonini to'plamagan bo'lsa,qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun mas'ul qo'mita qaytariladi. Maromiga yetkazilgan qonun loyihasi ikkinchi o'qishda qayta ko'rib chiqiliganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi loyihani ikkinchi o'qishda qabul qilish to'g'risidagi taklifni ovozga qo'yadi. Agar ovoz berish yakunlariga ko'tra bunday taklif ovozlarning zarur sonini to'plamagan bo'lsa,qonun loyihasi rad etilga hisoblanadi va bundan buyon ko'rib chiqilmaydi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbust huquqi subyektiga yuboriladi.( "O'z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti" 132-modda). Ikkinchi o'qishda qabul qilingan qonun loyihasi moddalarning o'zaro bog'liqligini aniqlash va ikkinchi o'qishda ko'rib chiqish vaqtida loyiha matniga kiritilgan o'zgartirishlar bilan bog'liq bog'liq zarur tahririy tuzatishlar kiritish uchun mas'ul qo'mitaga yuboriladi. Ushbu ish tugatilganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasi loyihasiga kiritish uchun mas'ul qo'mita tomonidan Kengash taqdim etiladi.("O'z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti" 134-modda). Kengash qonun loyihasini qonu sifatida qabul qilish maqsadida ovoz berish uchun loyihaning uchinchi o'qishini tayinlaydi.Agar qonun loyihasini ikkinchi o'qish jarayonida unga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan bo'lsa, Kengash qonun loyihasi matnini deputatalarga yetkazishni tashkil etadi. Uchinchi o'qishda qonun loyihasi uni muhokama qilmay to'laligicha ovozga qo'yiladi.qonun loyihasi uchinchi ko'rib chiqilayotganida unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini to'laligich yoki uning ayrim bo'limlari, boblari,moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yo'l qo'ymaydi. Agar qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o'qishda ham qabul qilinmasa,u rad etilgan hisoblanadi. Qonunloyihasi bo'yicha to'xtam to'xtam qo'shimcha jov ovoz berish o'tkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektida yuboriladi.Ayrim holda deputatlar birlashmalarining talabiga binoan Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi qonun loyihasini ikkinchi o'qish tartibiga qaytarish to'g'risidagi masalani ovozga qo'yishi shart. ("O'z Res.Qonunchilik palatasi Reglament!"136- modda). "O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi Reglamenti"da Qonunchilik palatasining Senat tomonidan rad etilgan qonunlarni qayta ko'rib chiqish tartibi berilgan. Senat tomonidan rad etilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan xulosa tayyorlash uchun mas'ul qo'mitaga topshiriladi.qonuni ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha mas'ul qo'mita Qonunchilik palatasiga ✓ yuzaga kelgan kelishmovchilikni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasi tuzishni; ✓ qonunni Qonunchilik palatasi qabul qilgan avvalgi tahrirda qabul qilishni; ✓ qonunni Qonunchilik palatasida qayta ko'rib chiqmaslikni tavsiya etish mumkin. Senat tomonidan rad etilgan qonun bo'yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi va Senat deputatlar va senatorlar orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyalari tuzishi mumkin. Ushbu norma - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti" to'g'risidagi qonunning 12-moddasida ham belgilangan. Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish to'g'risidagi tashabbus Qonunchilik palatasi Spikeridan,mas'ul qo'mitadan deputatlar birlashmalaridan chiqishi mumkin. Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi tomonidan o'zaro maslahatlashuvlar o'tkaziladi.Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan tarkibi Qonunchilik palatasining majlisida tasdiqlanadi. Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi a'zolari Qonun zamonda amal qiladi. Umumiy qoidaga ko'ra,qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega emas.O'zbekistonda jinoyat yoki ma'muriy javobgarlikni yengillashtirish bilan qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan "Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslariga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustidagi farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan o'lim jazonining bekor qilinishi Jinoyatchilarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirib yengillashtirilganining yaqqol isboti hisoblanadi. Qonunlar butun mamlakat hududida amal qiladi. Qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma'qullash. 4.Huquq va qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik va yuridik texnikaning roli. Yuridik texnika-bu muayyan malakatda vakolatli davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni Ishlab chiqish,qabul qilish, rasmiylashtirish, amaldagilariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish,eskilarini bekor qilishda hamda Individual yuridik hujjatlar,ya'ni huquqni qo'llash hujjatlarini qabul qilish jarayonida foydalaniladigan uslublar,usullar, yo'llar va vositalar, shunindek,amaliy ko'nikmalar majmuidir. Yuridik texnika deganda,keng ma'noda,fuqarolik jamiyatining boshqaruv organlari ko'zlaydigan maqsadlarni tegishli vositalar va usullar majmui orqali huquqiy normalar oqimiga erishish tushuniladi.Torolashtirish va ushbu normalarni ijro qilinishiga a'noda esa,yuridik texnika tushunchasi huquq tilini ishlatish, yuridik fikrlash shartlarini belgilaydigan va aniqlaydigan masalalar yoki har-xil texnik usullar va qoidalarni qo'llash bilan chegaralanadi. Yuridik texnikaning eng muhim talablaridan biri-har bir yaratilga normativ-huquqiy hujjat,eng avvalo,mantiqiy muntazamlikka asoslangan holda,bir- biriga bog'liq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib chiqadigan normalar tizimidan iborat bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda,har bir norma Ibora bo'lishi ke yaxlit bir tizimping mustaqil,biroq o'zgacha va o'zodan keyingi normalarga mazmunan bog'liq birligi sifatida joylashtirilishi lozim. Bunda,normativ-huquqiy hujjatning biron-bir normasi boshqa normaga mazmunan zid kelmasligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.Har bir norma yagona tizimning bo'g'ini sifatida normativ hujjat yo'nalishiga mos kelishi lozim. Alohida olingan normativ-huquqiy hujjat yaxlit qonunchilik tizimidagi barcha huquqiy normalarga zid kelmasligi lozim. Shu jihatdan olganda,huquqiy tizimda o'zaro ziddiyatlar bo'lmasligiga erishish hamda huquq ijodkorligining samaradorligini oshirishda yuridik texnika muhimaahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan qonunchilik faoliyatidan kelib chiqqan holda qonunchilik texnikasiga shunday ta'rif berish mumkin: qonunchilik texnikasi-normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning huquq ijodkorligi amaliyotiga tayanuvchi va nazariy jihatdan chuqur mushohada etilgan qoidalari va usullari tizimi bo'lib,u normativ-huquqiy qoidalar shakli mazmuniga to'la va aynan muvofiq bo'lishini,normativ materialni tushunarli,oddiy hamda oson Ilg'ash,kuzatib borishga imkon berishni,tartibga solinadigan masalalari bekamu-ko'st qamrab olinishni ta'minlaydi. Qonunchilik texnikasi qoidalarini shakllantirishda tabiiy-texnikaviy fanlar huquqshunoslik ilmining yutuqlari bilan bir qatorda tilshunoslik, informatika nazariyasi kabi boshqa fanlar ham muhim manbaa bo'lib hisoblanadi. Huquqiy adabiyotlarda qonunchilik texnikasi nuqtai nazaridan normativ-huquqqiy hujjatlar loyihalariga qo'lidagan eng umumiy talablar mufassal yoritilgan. Qonunchilik texnikasi talabalri va qoidalariga amal qilish tufayli quyidagi afzalliklarga erishiladi:-muayyan ijtimoiy munosabatlar to'la-to'kis normativ tartibga solinadi,bu boradagi bo'sh jihatlar va huquqiy qoidalar bayonidagi kamchiliklar bartaraf etiladi; -huquqiy tartibga solish konkretlashadi v aaniq belgilanadi;-huquqiy aktga kiritilgan normativ qoidalarning mantiqiy izchilligi hamda uzviy aloqadorligi ta'minlanadi;-normativ akt mazmunida va butun qonunchilik tizimida qarama-qarshilik istisno etiladi,o'z ahamiyatini yo'qotgan va eskirgan hujjarlarni o'z vqtida bekor qilish imkoniyati yaratiladi;-bir toifa ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar soni keskin qisqaradi,normativ materialdan foydalanish,uni bir tizimga solish osonlashadi; -huquqiy qoidalar bayoni qat'iy ya bir usulda ifoda etiladi; -normativ-huquqiy hujjat tilining ravon,antq,tuishunarli bo'lishiga,huquqiy iboralarning bir ma'noda qo'llanilishi va anglanishiga erishiladi. Qonunchilik mikasi huquq Wodkorligining muhimnazariy-amallyhisoblanib, qonunchilik texnikasi-huquq birl masalalaridan faoliyatining sifatli bo'lishi,samaradorligi va bartaraf tashkillashtirilishi ko'p jihatdan unga bog'liq." Qonunchilik texnikasining muhim ahamiyatga molik jihatlaridan yana biri qonunning tili,ifoda uslubi masalasidir.Qonunchilik tili-davlat hokimiyati o'z fuqarolari bilan aloqa bog'laydigan rasmiy tildir.Aynan til vositasida davlatning irodasi,u yuritayotgan siyosatning mazmuni va mohiyati xalqqa yetkaziladi.¹² 5.O'zbekistonda qonun ijodkorligi jarayonining o'ziga xos xususiyatlari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oly Majlis palatalarining qo'shma majlisida ta'kidlaganlaridek,o'tgan davrda qonun ijodkorligi jarayoni kengaygani va murakkablashgani normativ-huquqiy hujjatlarning asoslanganligiga va sifatiga nisbatan talablar sezilarli darajada oshgani bu sohada qonuniylikni ta'minlashning yangi va yanada samarali mexanizmlarini yaratishni,qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning qonunlarga, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy oslohotlar ehtiyojlariga mos bo'lishini taqozo etmoqda. Istiqlol yillarida qonunchilik hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, parlament mustaqilligini ta'minlash,uni erkin va demokratik davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko'lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi." Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda parlament islohotlari o'tkazildi.2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Olly Majlisining Senati to'g'risida"gi va "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonunlar ikki palatali parlamentning ya'ni yuqori hududiy vakillik palatasi-Senat va professional, doimiy faoliyat ko'rsatuvchi palata-Qonunchilik palatasidan iborat qonunchilik organi shakllantirilishiga olib keldi. Mazkur islohotlar pirovardida davlat va jamiyat uchun muhim bo'lgan qonunlarga markaz va hududlar manfaatlarining uyg'unligiga erishish,ularning sifatini takomillashishiga va ishlash samaradorligini oshirish ko'zda tutildi.Ikki palatali parlamentning tashkil topishi demokratik rivojlanishning muhim omili sifatida keng jamoatchilik e'tibor va e'tirofiga sazovor voqea bo'ldi.Parlament palatalarining ixtisoslashgani natijasida qonun Ijodkorligi jarayonining yangi darajaga ko'tarilishiga turtki bo'ldi.Mustaqil rivojlanish davrida mamlakatimizda 700 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Agarda raqamlarga nazar tashlaydigan bo'lsak,mustaqillik kunidan boshlab ikki palatall parlament shakllanishiga qadar,ya'ni 400 dan ortiq qonunlar qabul qilingan bo'lsa,ikki palatali parlament davrida 300 ga yaqin qonunlar qabul qilindi.2006- yili 11-oktabrdagi "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risida"gi Qonunning kuchga kirishi qonun ijodkorligi faoliyati mexanizmining asosiy qismini bir aktda mujassam etib,endi bir-ikkita normativ aktlar bilan amalga oshirilmoqda. Lekin bu yutuqlar bilan cheklanmaslik kerakliligi Konsepsiyada o'z aksini topgan tashabbus,ya'ni davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega. "Normativ- huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi bugungi kundagi Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning rivojlanishini taqozo bildirganlaridek, O'zbekistonni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida qariyb 20 yil oldin boshlagan jarayonni davom ettirish bo'yicha Oliy Majlis tomonidan uzoq muddatli aniq harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo'ldi. Mazkur dastur albatta sifatli va samarali qonun ijodkorligi yordamidaetmoqda. Yurtboshimizning 12.11.2010.dagi Konsepsiyada ishonch Xulosa
Maxsus adabiyotlar: 1. "Davlat va huquq nazariyasi" X.T.Odilqoriyev. "Sharq"-2009.-568bet. 2. Н.Сабуров ва Ш.Сайдуллаев "Давлат ва хукук назарияси"укув кулланма. ТДЮИ, 2011.-172 б. 3. "Davlat va huquq nazariyasi" X.T.Odilqoriyev.H.B.Boboyev. huquq dunyosi nashriyoti uy, 2000. "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" 4. "Davlat va huquq:umumnazariy masalalar."T- "Adolat"2005. 5. "Huquq ijodkorligi" (ma'ruza matni) O.Ergashev. 6. Одилкориев Х.Т, Тультеев И.Т. Икки палатали парламент. -Т.: 2005.-100-бeт. 7. Odilqoniyev X.T. O'zbekiston Respublikasida Qonun chiqarish jarayoni.-T., 1995.83-bet. Download 40.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling