Huquq ijodkorligi tushunchasi


Download 90 Kb.
bet1/8
Sana14.12.2022
Hajmi90 Kb.
#1002390
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Huquq ijodkorligi


Reja:
1. Huquq ijodkorligi: tushunchasi,
2. Qonun ijodkorligi tushunchasi va bosqichlari.
3. Normativ huquqiy aktlarning zamon, makon va shaxslar
doirasida amal qilishi.
Huquq ijodkorligi tushunchasi
Huquq manbalari orasida normativ huquqiy hujjatlar yetakchi о`rinni egallaydi. Normativ aktlar – davlat organi aktlari bо`lib, ularda yuridik normalar bо`lib, huquq ijodkorligi natijasidir. Huquq ijodkorligining о`zi esa undan ham kengroq jarayon bо`lgan huquq shakllanishining tarkibiy qismidir.
Huquq shakllanishi yuridik normani vujudga keltirish va rasmiylashtirishni о`z ichiga olgan nisbatan uzoq jarayondir.
U ijtimoiy sharoitni tahlil qilishdan, uni huquqiy tartibga solish zarurligini anglashdan, yuridik holat haqidagi umumiy tasavvurdan boshlanadi hamda yuridik normani ishlab chiqish va qabul qilish bilan yaqunlanadi. Huquq shakllanishining sо`nggi bosqichi huquq ijodkorligidan iborat.
Huquq ijodkorligi – bu normativ huquqiy aktlarni qabul qilish, qayta ishlash va bekor qilish bо`yicha davlat organlarining (referendumda – butun xalqning) va uning mansabdor shaxslarining faoliyatidir.
Huquq ijodkorligi faoliyatiga, yangi yuridik normalarni qabul qilish bilan birga, eskirib qolgan huquqiy normalarning qoidalarini bekor qilish va о`zgartirish ham kiradi.
Huquq ijodkorligi xarakteri jihatdan davlat ahamiyatiga molik bо`lgan faoliyatdir. U jamiyatni boshqarishning juda muhim vositasi bо`lib, davlat turi, shakli, mexanizmi va funksiyalari bilan bevosita bog`liq.
Huquqiy ijodkorlikning madaniy saviyasi va darajasi, shunga muvofiq qabul qilinayotgan huquqiy normativ aktlarning sifati – bu jamiyatning madaniy va demokratik kо`rsatkichidir. Huquq ijod etish vositasida tabiiy huquq normalari huquqiy normativ aktlar shakliga aylantiriladi va qonunchilik shaklidagi ijobiy huquq sifatida amalga kiritiladi.


Huquq ijodkorligi prinsiplari
Tabiiy huquq normalari va prinsiplari, fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qonun darajasiga kо`tarish huquqiy ijodning mazmunini tashkil qiladi. Huquq ijod etish jarayoni ma`lum prinsiplarga tatbiq etilganda uning sifati va samaradorligini ta`minlab beradigan asosiy g`oyalarga asoslanadi. Huquqiy ijodkorlikning asosiy prinsiplari qо`yidagilardan iborat.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling