Huquq ijodkorligi tushunchasi
Tо`rtinchidan, qonunda kо`zda tutilgan deputatlik nazorati va huquqni qо`llash amaliyotini takomillashtirishga ta`sir kо`rsatish shakllaridan sust foydalanilmoqda
Download 90 Kb.
|
Huquq ijodkorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan, parlament deputatlarining о `z saylov okrugidagi tizimli faoliyatini sezilarli darajada yaxshilash talab etiladi.
Tо`rtinchidan, qonunda kо`zda tutilgan deputatlik nazorati va huquqni qо`llash amaliyotini takomillashtirishga ta`sir kо`rsatish shakllaridan sust foydalanilmoqda.
Quyi palata faoliyat yuritgan butun davr mobaynida atigi bir nechta, xususan, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, kimyo sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog`liq masalalar bо`yicha parlament sо`rovi amalga oshirilganini albatta yetarli deb bо`lmaydi. Beshinchidan, parlament deputatlarining о`z saylov okrugidagi tizimli faoliyatini sezilarli darajada yaxshilash talab etiladi. Aynan ana shunday faoliyat qabul qilingan qonunlar qanday ishlayotganini, xо`jalik yuritish amaliyoti bugungi kunda qanday qonunlarga muhtoj ekanini, saylovchilar qanday muammolarga duch kelayotgani va ularni hal etish bо`yicha nimalar qilish zarurligini aniqlash uchun deputatga imkon bergan bо`lardi. Bu haqda kо`p gapirmasdan, birgina misolni keltirish mumkin. “о`zbekistonRespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi faoliyatini tashkil etish tartibi” palata tomonidan 2008 yilning may oyiga kelib, ya`ni parlament faoliyatining tо`rtinchi yilidagina ishlab chiqilgani va qabul qilinganini aytib о`tishning о`zi kifoya, deb о`ylayman. Afsuski, deputatlarning saylov okrugidagi faoliyati asosan shunchaki uchrashuvlar tashkil qilishdan iborat bо`lib qolgan, tahlillarning kо`rsatishicha, ular ham kо`pincha nomigagina о`tkazilib, faqat shikoyat va savollarga javob qaytarish bilan cheklanilgan. Oltinchidan, quyi va yuqori palatalar amaliy faoliyatining ayniqsa dastlabki davrida aksariyat hollarda har ikki tomonning о`z ambitsiyalarini namoyon etishi bilan bog`liq bо`lgan jiddiy muammolar ham kuzatildi, bunday ziddiyatlar qonun hujjatlarini qabul qilish muddati va sifatiga salbiy ta`sir kо`rsatdi. Adabiyotlar:
1[23] Монтескье Ш. Л. О духе законов. - СПб. 1900. 17-б. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling