Huquq ijodkorligi tushunchasi
Uchinchi turi – mansabdor shaxslarning huquqiy ijodkorligi
Download 90 Kb.
|
Huquq ijodkorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonun ijodkorligi tushunchasi va bosqichlari.
- Qonun chiqarish tashabbusi
- Qonun loyihasini muhokama qilish
- Qonun qabul qilish
- Qonunning e`lon qilinishi
Uchinchi turi – mansabdor shaxslarning huquqiy ijodkorligi. Hozirgi О`zbekiston qonunchiligida davlat va nodavlat muassasalarining rahbar hodimlari va mansabdor shaxslarning huquqiy maqomini tо`laroq hajmda aks ettira oladigan, universal tushuncha yо`q. Amaldagi jinoyat qonunlarida mansabdor shaxs tushunchasining ta`rifi ancha eskirib qolgan, shu bilan birga tor doiradagi maqsadga qaratilgan – ya`ni mansabdorlik jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortiluvchi shaxslar doirasini belgilashdangina iborat.
Mansabdor shaxs – bu davlat hokimiyati, boshqaruvi yoki nodavlat tashkilotda ma`lum bir mansabni egallagan, о`ziga yuksatilgan funksiyalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va unga amal qilishni ta`minlash huquqi berilgan shaxsdir. Huquqiy hujjatlar qabul qilish va amal kilishini ta`minlash bо`yicha nodavlat tashkilotlari rahbarlarining (xо`jalik, tijorat, ijodiy va h. k.) vakolatlari mehnat, fuqarolik, moliya va qonunchilikning boshqa sohalaridan kelib chiqadi. Mansabdor shaxslarining huquqiy ijod faoliyati faqatgina huquqiy normativ hujjatlar tayyorlash va qabul qilishdangina iborat. Ularning huquqni qо`llash haqidagi hujjatlari huquqiy ijodkorlikka tabiiyki, aloqasi yо`q. Quyidagilar mansabdor shaxslar hisoblanadi: vazirlar, boshqarma rahbarlari, bо`lim, korxona, tashkilot, nodavlat tashkilotlarning rahbarlari, deputatlar va hokazolar. Huquqiy ijodkorlik jarayonida quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi: yangi huquqiy normativ hujjatlarning qabul qilinishi, ya`ni qonunchilikning yangilanishi; eskirib qolgan yuridik normalarning bekor qilinishi; huquqiy bо`shliklarni tо`ldirish. Bu funksiyalarning amalga oshirilishi qonunlarni rivojlantirish vazifasini hal qilishga imkon beradi. Qonun ijodkorligi tushunchasi va bosqichlari. Qonunlar boshqa normativ huquqiy hujjatlar singari huquqiy ijodkorlik natijasidir. Ammo ularni ishlab chiqish va qabul qilish qonunning jamiyat huquqiy tizimida tutgan о`rni va roliga bog`liq bо`lgan о`z xususiyatlariga ega. Qonun ijodkorlik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bо`lgan qonun ijodkorligi jarayonida yaratiladi. Qonun ijodkorlik (qonun chiqarish) jarayoni bir necha bosqichlarni о`z ichiga oladi. 1. Qonun chiqarish tashabbusi – ma`lum davlat tashkilotlari va mansabdor shaxslarning qonunlar chiqarish va ularning loyihasini kо`rib chiqish uchun qonun chiqaruvchi organga kiritish huquqidir. Konstitusiya qonun chiqarish tashabbusi subyektlarini belgilab bergan. Qonun tashabbuskorlik huquqining bu sohadagi majburiyatlari ham mavjud, bular shu organning alohida muddat ichida qonunni e`lon qilish yoki qonun loyihasiga о`zgartishlar kiritishini ham kо`zda tutadi. Qonunlar loyihasini har xil organlar va alohida mansabdor shaxslar tayyorlaydi. Kо`pincha, qonun ijodkorlik amaliyotida sohaviy va idoraviy prinsiplar qо`llaniladi. Bunda asosan, qonun loyihalari shu organlar sohasiga tо`g`ri kelgan organlar tomonidan tayyorlanadi. Shunday qilib Ichki ishlar vazirligi «Militsiya tо`g`risida»gi qonunni, Mudofaa vazirligi «Mudofaa tо`g`risida»gi qonunning loyihalarini ishlab chiqdi. Qonun loyihalarini bunday ishlab chiqish tartibi hali mukammal emas, chunki bu yerda idoraviy manfaatlarni kengaytirish aniq kо`rinadi. Masalalarga xonaki ovoz berish, ayrim hollarda bunga vakolatli bо`lmagan davlat tuzilmalari, mansabdor shaxslarning aralashishi ham uchrab turadi. Tabiiyki, Oliy Majlisning qonun chiqaruvchi organga aylantirilishi uning qо`mitalarda, muqobil asosda bir qancha qonunlarni ishlab chiqilishiga olib keldi. Lekin vazirliklar va idoralarni ular faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqishdan tо`liq chetlashtirish ham notо`g`ri bо`lur edi. 2. Qonun loyihasini muhokama qilish - bu qonun chiqaruvchi organ majlisida qonun loyihasini kiritgan idora vakilining ma`ruzasidan keyin bо`ladi. Qonun chiqaruvchi organ ishida ishtirok etayotgan deputatlar qonun loyihasiga baho berganlaridan keyin unga о`zlarining qо`shimchalarini kiritadilar. 3. Qonun qabul qilish deputatlarning bevosita ovoz berish yо`li orqali amalga oshiriladi. Parlamentning kо`pchilik a`zolari ovoz bersa qonunlari qabul qilingan deb hisoblanadi. Konstitusiyaviy qonun oliy vakillik organi deputatlarining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan takdirda qabul qilinadi. Ba`zi hollarda qonun loyihalari bо`yicha nomma-nom ovoz berish ham о`tkaziladi. 4. Qonunning e`lon qilinishi. Qonunning rasmiy ravishda e`lon qilinishi – har qanday qonunning kuchga kirishi asosidir. Qonunlar qabul qilingandan sо`ng Oliy Majlis axborotnomasida, «Xalq sо`zi» va «Narodnoye slovo» gazetalarida e`lon qilinadi. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling