Huquq ijodkorligi tushunchasi
Oliy Majlis Qо`shma majlisdagi Prezident nutiqidan
Download 90 Kb.
|
Huquq ijodkorligi
Oliy Majlis Qо`shma majlisdagi Prezident nutiqidan:
Yerishilgan yutuqlarni qayd etar ekanmiz, shu bilan birga, avvalgi parlamentimiz faoliyatidagi kamchilik va nuqsonlar, foydalanilmasdan qolgan imkoniyatlar haqida ham aytib о`tishni zarur, deb bilaman. Bugun, Oliy Majlisning kelgusi besh yildagi faoliyatining asosiy vazifalari va ustuvor yо`nalishlari belgilab olinayotgan bir paytda bu ayniqsa muhimdir. Birinchidan, shuni tan olish kerakki, Qonunchilik palatasi faoliyatidagi eng katta kamchiliklardan biri uning qonun ijodkorligi ishlari bо`yicha chuqur va har tomonlama puxta ishlab chiqilgan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonining talablari bilan uzviy bog`liq bо`lgan, uzoq istiqbolga mо`ljallangan о`z dasturiga ega emasligida kо`rinadi. Bu kо`pincha qonunlarning aniq bir tizimga rioya qilmagan holda, ularning qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bо`lgan subektlar tomonidan kiritilishiga qarab qabul qilinishiga olib kelayotgan sabablardan biridir. Ikkinchidan, iqtisodiy, siyosiy, gumanitar sohalarda jadal rivojlanayotgan islohotlarni amalga oshirish uchun hayotiy zarur bо`lgan qonunlarni kiritish tashabbusi bilan chiqishda va ularning qabul qilinishini tezlashtirishda deputatlar korpusining sustkashligi, bu borada yetarlicha faollik kо`rsatmayotgani jiddiy kamchilik hisoblanadi. Keyingi besh yil mobaynida Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan 297 ta qonun loyihasidan atigi 44 tasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan. Ayni paytda, 42 ta qonun loyihasi bevosita О`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan, 160 tadan ziyod qonun loyihasi esa mamlakatimiz hukumati tomonidan kiritilgan bо`lib, ularning aksariyat qismi О`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining ijrosini ta`minlash munosabati bilan taqdim etilgan. Uchinchidan, qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini tubdan yaxshilash talab etiladi. Ularning kо`pchiligi amaldagi qonun hujjatlariga о`zgartish, tuzatish va qо`shimchalar kiritishga qaratilgan bо`lib, kodifikatsiyalashish xarakteriga, ya`ni, muayyan darajada tizimlashuv mazmuniga ega emas. Qabul qilinadigan qonun loyihalarida amaldagi qonun hujjatlaridan farq qiladigan tafovutlarga, takrorlarga yо`l qо`yilganini, boshqa hujjatlarga havola qilish holatlari kо`pligini qayd etish lozim. Va eng asosiy kamchilik qabul qilinadigan qonunlarda aksariyat о`rinlarda ana shu qonun hujjatlarining hayotga tatbiq etilishini ta`minlaydigan protsessual mexanizmlarning mavjud emasligida kо`zga tashlanadi. Bu esa о`z-о`zidan ushbu hujjatlarning qо`llanishini sezilarli darajada qiyinlashtiradi, qonunlarning ijro etilmasligiga, huquqiy nigilizmga, ya`ni har qanday huquqiy normaning inkor qilinishiga, huquqni qо`llash amaliyoti samaradorligining pasayishiga olib keladi. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling