Huquq ijodkorligi tushunchasi


Download 90 Kb.
bet3/8
Sana14.12.2022
Hajmi90 Kb.
#1002390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Huquq ijodkorligi

Uchinchi prinsip, huquq ijodkorligining ilmiy xarakteri va uning huquqni qо`llash amaliyoti bilan uzviy aloqadorligi. Yuridik normalarni ishlab chiqish va qabul qilish chog`ida huquq ijod etuvchi organlar ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni, rivojlanishning obyektiv ehtiyojlarini, ijtimoiy munosabatlarni yuridik tartibga solishning zarurligi va maqsadga muvofaqligini о`rganadilar. Faqat shu holdagina huquqiy normalar ilmiy asoslangan va samarali bо`ladi.
Bozor, milliy, davlat, ijtimoiy-maishiy munosabatlarning rivojlanish istiqbollari aniq belgilanmagan hozirgi kunlarda huquqiy ijodga ilmiy tarzda yondoshish talabi ayniqsa о`sib borayapti. Shuning uchun ham huquqiy normalarni tartibga solishga ehtiyotlik bilan yondoshilmoqda. Bunday sharoitlarda qonun ijod qilish faoliyatining rejalashtirilishi va ijtimoiy-huquqiy eksperiment alohida ahamyat kasb etadi.
Ijtimoiy-huquqiy eksperiment – bu torroq doirada ma`lum ijtimoiy vaziyatni vujudga keltirish bо`lib, bunda uning uchun maxsus ishlab chiqilgan huquqiy-normativ akt (yoki ularning majmui) tadqiq etiladi. Uning maqsadi – muayyan sharoitlar uchun qanday yuridik normalarning talab qilinishi va ular qanday amalda bо`lishlarini tekshirishdir.
Ijtimoiy-huquqiy eksperiment yuridik normalarning kamchiliklarini о`z vaqtida aniqlashga imkon beradi, ularni yо`naltiradi va shu bilan birga ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda xato qilmaslikka kо`maklashadi.
Qonun chiqarish faoliyatini rejalashtirish ham huquqiy ijodning ilmiy xarakterini ancha oshiradi. Qaror qilish paytida (masalan, vakillik organining kun tartibini tasdiqlash paytida) shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qonun hujjatini ilmiy asoslangan va yо`llangan deb bо`lmaydi.
Huquq ijodkorligi huquqni qо`llash amaliyoti bilan yaqin aloqada bо`lishi kerak. Ana shundagina qabul qilingan huquqiy normativ - qonun hujjatlarining sifati va samaradorligi haqida fikr yuritish imkoni tug`iladi; ularni о`zgartirish yoki bekor qilish mumkin bо`ladi. Shu bilan huquq ijod qiluvchi organlarning ishi takomillashtiriladi va ma`lum bir tarzda yо`naltiriladi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling