Dasturxon tuzatish qoidalari texnologiyasi reja: Moddiy sharoitlarni hozirlash. Ma’naviy sharoitlarni hozirlash
Download 361.79 Kb.
|
DASTURXON TUZATISH QOIDALARI TEXNOLOGIYASI
DASTURXON TUZATISH QOIDALARI TEXNOLOGIYASI Reja: 1. Moddiy sharoitlarni hozirlash. 2. Ma’naviy sharoitlarni hozirlash. 3.Nonushta dasturxonini tuzash tartibi Dasturxon tuzash ham bir san’at. Dasturxon bezaydigan inson ma’naviy dunyoqarashi go‘zal, didli, farosatli, chaqqon va ozoda bo‘lgani yaxshi. Oila a’zolari uchun boshqa, mehmonlarga, to‘ylarga tuzaladigan dasturxon alohida bo‘lishi kerak. Dasturxon tuzashda ikki qoidaga rioya qilish zarur: Moddiy sharoitlarni hozirlashga – tanlanadigan joy qishda issiq, yozda salqin bo‘- lishi, mehmon soniga qarab joyning tanlanishi, ovqatlanish anjomlari (idish-tovoq, choynak-piyola, qoshiq-sanchqi, stol-stul)ning yetarli miqdorda mavjudligi misol bo‘ladi. Rasmlarda berilgan dasturxonlarga qarab ularning oila a’zolariga, mehmonlarga yoki bayram tantanasiga mo‘ljallanganligini aytib bera olasizmi? 102 Ma’naviy sharoitlarni hozirlashga esa – tanlangan joyning tozaligi, gullar, suratlar, dekorativ jihozlar va texnik vositalar bilan bezatilganligi, mehmondo‘stlik, xushmuomalalik madaniyati kabi tartiblarga rioya qilish kiradi. Dasturxon nechog‘liq chiroyli bezatilsa va unga qo‘yilgan taomlar lazzatli, ko‘rkam bo‘lsa mezbonning madaniyatliligini ifodalaydi. Dasturxon ertalabki nonushta, tushlik hamda kechki ovqatga bo‘linadi. Nonushta dasturxoniga yaxna taomlar, qaymoq, somsa, non, meva-chevalar qo‘yiladi. Tushlik va kechki ovqatlarda shularga qo‘shimcha sifatida suyuq yoki quyuq taomlar, salatlar, qovun-tarvuz tortiladi. Nonushta dasturxonini tuzash tartibi. Dasturxonga o‘tirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 1. Dasturxonga o‘tirishdan oldin qo‘lni yaxshilab yuvish. 2. Dasturxon atrofida kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish. 3. Dasturxon ustida suhbat me’yordan oshib ketmasligi. 4. Suhbatlashish vaqtida ovozni balandlatmaslik, qattiq kulmaslik. 5. Taomni me’yorida iste’mol qilish. 6. Suyuq va quyuq taomni iste’mol qilishda qoshiq, sanchqi, pichoqdan to‘g‘ri foydalanish. 7. Og‘iz va qo‘lni artganda faqat salfetkadan foydalanish. Bayramni turli hil shirinliklaru tansiq taomlarsiz tasavvur qilish qiyin. Yurtimizdagi har bir bayram esa o’zgacha shukuh va ko’tarinki kayfiyatda, chiroyli bezatilgan dasturxon atrofida nishonlanadi. Shunday ekan, kelin bayram dasturxonini chin ma’noda shoxona qilib tuzaymiz. Bu borada quyida berilgan masalaxatlar sizga asqotadi, degam umiddamiz. Tuzaladigan dasturxon albatta toza va dazmollangan bo’lishi kerak. U xontaxta yoki stol oyog’ini yarmigacha berkitib turishi lozim. Dasturxondagi pichoq, sanchqi va qoshiqlar orasini 1 smdan ochib qo’yish lozim. Pichoq qo’yilganda uning tig’li tomoni likopchaga qaratilib qo’yilishi kerak. Qo’l sochiqlarini imkon qadar dasturxonga moslab tanlash tavsiya etiladi. Har bir kishiga bittadan qo’l sochig’i qo’yilishi maqsadga muvofiq. Mexmonlarga qulay bo’lishi uchun non dasturxonning bir nechta joyiga qo’yilishi lozim. Mehmonlarga bir necha xil taom tortiq qilishni istasangiz, ovqatlarni oz-ozdan suzing. Xamirli ovqatlar qatiq yoki qaymoq bilan tortiladi. Qatiqqa biroz shivit to’g’rab, kichik piyolachalarga solib dasturxonga tortish mumkin. Ovqat solinadigan idish (likopcha yoki kosa) chiroyli va bir xilda bo’lsa, dasturxonga bayramona rux bag’ishlaydi. Agar mehmon kutishni issiq kunlarga mo’ljallayotgan bo’lsangiz, mayonezli va qaymoqli salatlar, tuzlamalar va tez buziladigan taomlarni tortish tavsiya etilmaydi. Bayram taomnomangizda faqatgina bir turdagi xamirli taom bo’lgani ma’qul. Taomlar bir-birini takrorlamasa ziyofat yanada ajoyib o’tadi. Dasturxonga tortiladigan taomlarning bir-biriga uyg’unligini e’tiborga olishga harakat qiling. Masalan, baliqli taom oldiga albatta, limon qo’ying. Tovuq go’shtidan tayyorlanadigan quyuq taomlarga esa, tomat qaylasini qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Mevalar avvaldan kesib qo’yilsa, qorayib yoki quruqlashib qolishi mumkin. Shu sababdan ularni dasturxonga butunligicha qo’yib turing va taom iste’molidan so’ng likopchalarga kesib dasturxonga torting. Mehmon kutish ham aslida bir kichik san’atdir. Uyingizga kelgan mehmonlar sizning san’atingizga tan berib ketishsa bu juda yoqimli. Mehmon kutishingizda yuqorida keltirilgan oddiy biroq muhim bo’lgan maslaxatlarimiz sizga qo’l kelib, oz bo’lsa-da naf keltirsa bundan juda mamnun bo’lamiz. Download 361.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling