Huquq ijodkorligi tushunchasi


Download 90 Kb.
bet2/8
Sana14.12.2022
Hajmi90 Kb.
#1002390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Huquq ijodkorligi

Birinchi prinsip, huquqiy ijodkorlikning halqchil xarakterga egaligi. Huquqiylikka intilayotgan davlat qonunchilik faoliyatida о`z halqining keng qatlamlari bilan yaqindan aloqada bо`lishi zarur. XVIII asrning о`rtalarida yashagan fransuz huquqshunos-faylasufi SH. Monteskye «Qonun chiqarish xokimiyati halqqa tegishli bо`lishi kerak degan qoida demokratiyaning asosiy qonunlariga tegishlidir» 1[23] – degan edi.
Huquq ijodkorligining halqchil xarakteri shunda kо`rinadiki, birinchidan, qonun chiqaruvchi organlar xalq deputatlaridan tashkil topadi, ular xalq vakillaridir; ikkinchidan, huquqiy ijodkorlikning barcha subyektlari о`zlarining huquqiy normativ aktlarida fuqarolarining manfaatlarini aks ettiradilar.
Ikkinchi prinsip, huquq ijodligining demokratizmi. Bu vakillik organining о`zi tomonidan hujjatni tayyorlash va qabul qilishning demokratik jarayonida, shuningdek, huquqiy ijod faoliyatiga fuqarolarni keng jalb qilishda kо`rinadi. Qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni ham о`zgardi: endi u ancha izchil va oshkoraroq bо`ldi.
Qonunlarning umumxalq muhokamasi amaliyoti ham keng tatbiq qilina boshladi. Ular mehnat jamoalarida, seminarlarda muhokama qilinayapti. Bunga matbuot, televideniye, radio keng jalb etilmoqda. Kо`pchilik fuqarolar, shu jumladan huquqshunos-olimlar va amaliyotchilar qonun loyihalari bо`yicha о`zlarining shaxsiy mulohazalarini bildirayaptilar va ularni qonun ijod qiluvchi organlarga jо`natayaptilar. Qonun loyihalari markaziy va mahalliy nashrlarda e`lon qilinmoqda. Muhokama chog`ida kelib tushgan taklif va mulohazalar huquq ijod qiluvchi organ tomonidan tahlil qilinadi va tayyorlanayotgan qonun hujjatlariga zarur о`zgartishlar kiritiladi.
Tо`g`rilangan va tо`ldirilgan qonun loyihasi huquq ijod qiluvchi organ muhokamasiga kiritiladi.
Eng muhim qonun loyihalari umumxalq ovoz berishiga (referendumga) chiqarilishi mumkin, bu huquq ijodkorligida demokratizmning yorqin ifodasidir.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling