Huquq ijodkorligi tushunchasi


Hozirgi ikki palatali parlament sharoitda qonunlarni qabul qilish quyidagi besh bosqichda amalga oshiriladi


Download 90 Kb.
bet6/8
Sana14.12.2022
Hajmi90 Kb.
#1002390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Huquq ijodkorligi

Hozirgi ikki palatali parlament sharoitda qonunlarni qabul qilish quyidagi besh bosqichda amalga oshiriladi:
Qonunchilik tashabbusi;
Qonun loyihasini muhokama qilish;
Qonunchilik palatasida qonunni qabul qilish;
Senatda qonunni ma`qullash;
Prezident tomonidan imzolanishi va e`lon qilishini.


Normativ huquqiy aktlarning zamon, makon va
shaxslar doirasida amal qilishi.


Qonunning vaqt bо`yicha amal qilishi
Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi:
1) rasmiy e`lon qilinganidan о`n kun о`tgach;
2) qonunda yoki uni amalga kiritish tо`g`risida maxsus hujjatda kо`rsatilgan vaqtdan boshlab

Qonunlar quyidagi hollarda о`z kuchini yо`qotadi:


1) qonunning о`zida kо`rsatilgan muddat tugagan bо`lsa;
2) ushbu qonun bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan)
Qonunning xudud bо`yicha amal qilishi
Qonunning orqaga qaytish kuchi umumiy qoidasiga kо`ra qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega emas. О`zbekiston hududida jinoiy yoki ma`muriy javobgarlikni bekor qiladigan yoki yumshatadigan qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega bо`ladi.
Qonunlar О`zbekistonning barcha hududlarida amal qiladi. О`zbekistonning davlat hududiga uning suvereniteti ostida bо`lgan xudud kiradi. Ushbu xududga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu xududlar ustidagi xavo bо`shlig`i va davlat chegarasi doirasidagi yer osti boyliklari kiradi.
Davlat xududiga О`zbekiston bayrog`i tikilgan dengiz va havo kemalari, suv osti kemalari, truboprovodlar va О`zbekistonga tegishli bо`lgan boshqa obyektlar ham tenglashtirilgan.
Qoraqalpog`iston qonunlari uning hududida amal qiladi.


Qonunning shaxslarga nisbatan amal qilishi
Odatda qonunlar ushbu hududdagi barcha subyektlar, ya`ni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Huquq normalari talablarining О`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijliklar va fuqaroligi bо`lmagan shaxslar uchun majburiyligi huquqning umumiy prinsipi hisoblanadi. Lekin istisnolar ham mavjud. Masalan, «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat tо`g`risida»gi qonunning talablari faqat О`zbekiston fuqarolariga tegishlidir. «Referendum tо`g`risida»gi qonunga binoan referendumda faqat О`zbekiston Respublikasining fuqarolari qatnashishi mumkin.
Bundan tashqari, amaldagi qonunlar va О`zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq, diplomatik daxlsizlik huquqidan foydalanuvchi xorijiy fuqarolar ham bundan mustasno. Elchilar, ishonchli vakillar huquqbuzarliklar sodir etgan hollarda, ularga nisbatan Jinoyat kodeksi va Ma`muriy jjavobgarlik tо`g`risidagi kodeks amal qilmaydi.



Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling