Psixolingvistika fani doirasida Glossariy Psixolingvistika


Download 32.47 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi32.47 Kb.
#1494663
1   2   3   4   5
Bog'liq
psixolingvistika glossary

24. Siyosiy psixologiya – siyosatchilarni, siyosatni va siyosiy xatti-harakatlarni psixologik tarafdan tushunishga va ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan foydalangan holda psixologik jarayonlarni oʻrganishga yoʻnaltirilgan fanlararo akademik siyosiy sohadir.
25. Reklama psixologiyasi — bu isteʼmolchining ehtiyojlari va umidlarini baholash, sotiladigan mahsulot yoki xizmatga talabni yaratish uchun odamlarga taʼsir koʻrsatishning psixologik vositalari, usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan psixologiya boʻlimi.
26. Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi.
27. Etnolingvistika (etno… va lingvistika) — tilshunoslikning til va til egasi boʻlgan xalq orasidagi bogʻliqdik hamda munosabatlarni, til rivoji vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi taʼsirini oʻrganuvchi sohasi. 
28. Psixogenetika (yunoncha psixika — ruh va yunoncha genesis — kelib chiqishi) — psixologiya va genetika chorrahasida vujudga kelgan psixik va psixofiziologik xususiyatlarning irsiyat va oʻzgaruvchanligi haqidagi fan. 
29. Mladogrammatika yo‘nalishi – tilni jarayon yoki jarayonlar yig‘indisi deb emas, balki “ruhiy timsollar” yoki tasavvurlar tizimi sifatida talqin etadi.
30. Geshtalt psixologiya – gestalt – nemis tilidan tarjima qilinganda “timsol” degan ma’no anglatadi.
31. Geshtalt – ongni tashkil qiluvchi hissiyotlar miqdoriga bog‘lanmagan yaxlit timsoliy tuzilma esa uning tahlil birligi hisoblangan.
32. Bixevioristik psixologiya – 19-asrning oxiri — 20-asrdagi amerika psixologiyasining yetakchi oqimlaridan biri. B. taʼlimoti asosida odam va hayvon xulqida tashqi muhitdan boʻladigan taʼsir, qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan xatti harakat va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmui yotadi.

Download 32.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling