1. Psixologik ta’sir vositalari. Verbal va noverbal ta’sir. Paralingvistik ta’sir vositalari
Download 20.76 Kb.
|
psixologik ta`sir vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Muomala о‘zaro ta’sir vositalari Reja:
2. Verbal va noverbal ta’sir. 3. Paralingvistik ta’sir vositalari. 4. Professional tinglash texnikasi. Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir kо‘rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi: 1. Verbal ta’sir – bu sо‘z va nutqimiz orqali kо‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar sо‘zlar hisoblanadi. Nutq sо‘zlashuv о‘zaro Muomala jarayoni bо‘lib, uning vositasi sо‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi о‘zidagi barcha sо‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan sо‘zlarni topib sherigiga ta’sir kо‘rsatishni xohlaydi. 2. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, tо‘xtashlar, duduqlanish, yо‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, dо‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bо‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. 3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan о‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi Muomala jarayonini yanada kо‘chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formо‘lasiga kо‘ra, birinchi marta kо‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Muomalaning qanday kechishi va kimning kо‘proq ta’sirga ega bо‘lishi sheriklarning rollariga bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir kо‘rsatish maqsadi bо‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini о‘rnidan turib kutib oladi, quyuq sо‘rashadi, keyin maqsadga о‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yо‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bо‘lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bо‘lsa, u tashabbusni о‘z qо‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bо‘ladi. Kishilar bilan normal munosabatlarni о‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, о‘z nuqtai nazariga о‘zgalarni professional tarzda kо‘ndira olmaslik, “birovni” uning ichki kechinmalari va о‘ziga bо‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ о‘quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan chо‘zilib ketishi mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka о‘rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamqorlik qilish mahorati va san’atiga ega bо‘lishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va Muomala etikasiga о‘rgatishni har qachongidan dolzarb qilib kо‘ymoqda. Ma’lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muomalaning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik о‘zaro mosligi, bir-birini tо‘ldirishiga bog‘liq ekan. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bо‘lishini nazarda tutgan edi. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45%i kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy Muomalada bо‘ladiganlar-savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga kо‘proq foyda keltirarkan. Tinglashning ham xuddi gapirishga о‘xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham kо‘p, lekin biz ikki usulini qо‘llaymiz: sо‘zma-sо‘z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qо‘llab-quvvatlashini bildiradi. Ikkinchi usul-sherikni sо‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, о‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi tinglayotganimizda , “Yо‘g‘-e?”, “Nahotki?”, “Qara-ya?”, “Yasha!”, “Qoyil!” luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muomalaga о‘rgatishning muhim yо‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan о‘rinli foydalanishga о‘rgatishdir. Professor V.Karimovaning fikricha, professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi: — aktiv holat. Bu-tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni bildirish; — suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish . Bu nafaqat suhbatdoshni о‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda о‘zining har bir sо‘ziga uni ham kundirishning samarali yо‘lidir. — о‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali о‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yо‘li. Demak, tinglash madaniyati Muomala jarayonining samarali bо‘lishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, unda о‘z-о‘ziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilxomlantirishimiz, ruxlantirishimiz kerak. О‘qituvchining ma’ruzasini talabalar tomonidan yaxshi tinglansa dars samarali bо‘ladi. Ijtimoiy psixologiyada kishilarni samarali Muomalaga ataylab о‘rgatishga katta e’tibor beriladi. Buning о‘z uslubi bо‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deyiladi. IPT kishilarni Muomala jarayoniga psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida kishilarning Muomala borasidagi bilimdonligi ortadi. Amaliy Muomala treningi - IPTning bir kо‘rinishi bо‘lib, u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bо‘ladigan kommunikativ malaka, kо‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda Muomala treningi vositasida mо‘zoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamqorlik qilish yо‘l-yо‘riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida sо‘zlashga о‘rgatish, majlislar о‘tkazish , nizoli holatlarda о‘zini tо‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda asosiy narsa-trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, о‘zini о‘zga о‘rniga qо‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan о‘zinikini о‘yg‘unlashtira olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli о‘yinlarning eng qulay variantlari sinab, mashq qilinadi. Odatda trening shaxsdagi u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilishda jiddiy qiyinchilikka uchragan sharoitlarda о‘tkaziladi. YA’ni treningning tashabbuskori kо‘p hollarda yolg‘izlik, uyatchanlik, tortinchoqlik yoki turli depressiyalarga uchragan shaxs bо‘ladi. Maxsus tashkil etilgan kommunikativ mashqlar mobaynida u bu holatlardan chiqib ketish yо‘llariga о‘rgatiladi. Masalan, psixologlar tomonidan tashkil etiladigan “Psixologik xizmat”, “Qalb markazlari”, “Ishonch telefonlari” maxsus dasturlar yordamida ishlaydi. Guruhda tashkil etilgan Muomala muhitida odam о‘zidagi ishonchsizlik, tortinchoqlik kabi salbiy sifatlardan halos bо‘lish imkoniyati bо‘ladi va u о‘zini avvalgiga nisbatan ijobiyroq idrok qila boshlaydi. Yoshlarning trening mashg‘ulotlariga kelishiga sabab bо‘ladigan omillardan eng kо‘p tarqalgani-bu ulardagi qarama-qarshi jins vakillari bilan gaplashishda tortinchoqliklari, о‘zidan kattalarga о‘z fikrini bayon etishga qiynalishlari yoki kо‘pchilik oldida gapirishda о‘zini yо‘qotib qо‘yish kabi holatlardan chiqishdir. Ijtimoiy psixologik trening rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan amaliy ishlardan hisoblanadi. Hayotda shunday kishilar borki, ular odamning kо‘ngliga tezda yо‘l topib olib, ishlarini bitirgandan sо‘ng tezda g‘oyib bо‘ladilar, yoki yaxshilikni unutib yuboradilar. Ular boshqalarda о‘zlariga nisbatan attraksiyani tez hosil qiladilar. Buni ayrim kishilar gipnoz ham deydilar. Lekin bu notо‘g‘ri, bunday kishilar Muomala jarayonida attraksiyani shakllantiruvchi maxsus psixologik usullarni moxirona qо‘llaydilar. Attraksiyani shakllantirishning umumiy psixologik mehanizmlari mavjud. A.Y.Panasyukning fikricha, maktab uchun emas, hayot uchun о‘rganamiz. Kishilar bilan endigina tanishib suhbatlashgandan sо‘ng ajrashib ketsakda, ular haqida bizda iliq taassurot qoladi, bu taassurot salbiy bо‘lishi ham mumkin. Biz ayrim paytda ish bilan juda band bо‘lib о‘tirganimizda kotibaning kirib bir narsalarni gapirganini anglamaymiz. Biz uning ovozini eshitish a’zosi orqali eshitamiz, lekin anglamaymiz. Chunki undan biz hissiy quvvat olmaymiz. Bizning qulog‘imizga bizga yoqadigan sо‘z eshitilsa, keyin biz uni anglaymiz. Demak, kelayotgan ta’sirlar bizda hissiy munosabatni uyg‘otsa bizda attraksiya paydo bо‘ladi. “Ism” usuli - bizga о‘z ismimiz bilan murojaat qilinsa juda yoqadi. Fuqaro, о‘rtoq deb aytgandan kо‘ra ismimizni aytilishi bizda kayfiyatni kо‘tarilishiga olib keladi. Mashhur amerikalik psixolog Deyl Karnegi fikricha, odamning ismi uning uchun eng yaxshi musiqa vazifasini о‘taydi. “Ism” usulining psixologik mehanizmi quyidagicha: — ism va shaxs bir-biridan ajralmaydi. Inson tug‘ilgandan boshlab uning ismi u bilan yonma-yon turadi; — ism bilan murojaat qilish kishida unga nisbatan e’tiborning mavjudligini bildiradi; — shaxsga nisbatan diqqatli bо‘lish, shaxsni tasdiqlash demakdir; — agar shaxs о‘zining shaxs ekanligini anglasa, unda qoniqish hissi paydo bо‘ladi; — qoniqish hissi doimo ijobiy kechinmalarni keltirib chiqaradi; — kishi doimo ijobiy hislar paydo bо‘lishiga harakat qiladi; —agar hech kim bizda ijobiy hislarni qо‘zg‘ata olmasa, attraksiyani vujudga keltirishga harakat qilinadi. Demak, insonga murojaat qilishda uning ismini aytib chaqirish unda ijobiy hislarni keltirib chiqaradi. Kishilarning ismini eslab qolish uchun uni bir necha marta takrorlash muhim. Shuningdek, miyangizdagi shu ism bilan bog‘liq assotsiatsiya bilan bog‘lashga harakat qiling. Kechqurun yangi tanishlaringizning ismlarini bir necha marta takrorlang. Xodimlaringizni ismi bilan chaqirib murojaat qilishingiz ularda sizga bо‘lgan hurmatni orttiradi. “Munosabatlar oynasi” usuli- Tasavvur qiling, sizni yangi jamoaga rahbar qilib tayinlashdi. Hali hech kim sizni tanimaydi, siz ham ularni tanimaysiz. Ertalab ular sizni ismingizni aytib salomlashadi, lekin siz ularni hali ismlarini bilmaysiz. Bitta xodimingiz siz bilan jilmayib salomlashadi, xuddi eski qadrdonlardek Muomalada bо‘ladi. Ikkinchi xodim esa muloyim salomlashadi, lekin yuzida kinoyaga о‘xshash ishora bor, istehzoli. Siz ish tо‘g‘risida maslahatlashmoqchi bо‘lsangiz qaysi biriga murojaat qilasiz? Albatta birinchi xodimga, lekin nima uchun? Chunki unga nisbatan sizda attraksiya paydo bо‘ladi. “Ruhiyat oynasi” yoki “munosabatlar oynasi”-bu yuz ifodasidir. Kishilar ichidagini yuz qiyofasi orqali ifodalaydilar. kayfiyati chog‘ligini, pastligini ham yuz qiyofasidan bilib olish mumkin. Odamlar munosabatlar oynasini juda kam nazorat qiladilar va boshqaradilar. Rahbar xodimiga uning majburiyatiga kirmaydigan vazifani topshirayotganida juda muloyim, jilmayib murojaat qiladi. Jilmayish-bu kishilarning, dо‘stlarning parolidir. Buni psixologik mehanizmi quyidagicha: — kо‘pgina kishilar dо‘stlarigagina jilmayib qaraydilar, dushmanlariga emas; — Muomalada kishilar kо‘ngildan jilmaysalar, bu “men-sizning dо‘stingizman” degani; — dо‘st-bu bizning himoyachimiz, biz tomonimizda turadigan kishi; — insonning ehtiyojlaridan biri-bu himoyalanishga bо‘lgan ehtiyoji. Dо‘st mana shu himoyalanish ehtiyojini qondiradigan shaxsdir; — qoniqish hissi kishida ijobiy hislarni keltirib chiqaradi; — inson doimo ijobiy hislarni keltirib chiqaradigan shaxsga nisbatan intiladi; — agar hech kim ijobiy hislarni keltirib chiqarmasa, u ixtiyorsiz ravishda attraksiya (о‘ziga jalb qilish) ni shakllantiradi. Adabiyotlar: 1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. 3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s. 4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s. 5. www.referat.arxiv.uz www.slayd.arxiv.uz www.ziyonet.uz Download 20.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling