Olamning lisoniy manzarasi va koʻchma maʼnoli birliklar Abdurasulova Jumagul, qdpi oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich magistranti Annotasiya


Download 11.33 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi11.33 Kb.
#1263648
Bog'liq
Olamning lisoni-WPS Office



Olamning lisoniy manzarasi va koʻchma maʼnoli birliklar
Abdurasulova Jumagul, QDPI oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich magistranti
Annotasiya
Ushbu maqolada olamning lisoniy manzarasi va koʻchma maʼnoli birliklar masalasi yoritishda harakat qilingan. Koʻchma maʼnoli birliklarning ijtimoiy tabiati, lingvokulturologik xususiyatlariga alohida toʻxtab oʻtilgan. Misollar ilmiy asoslar bilan izohlashga harakat qilingan.
Kalit soʻzlar: lisoniy manzara, lingvokulturologiya, lingvokulturema, konsept.
Ko’chma ma’noli birliklar aynan oʻz maʼnosiga koʻra emas, lug’aviy ma’nodan farq qiluvchi, biror bir jihati bilan bosh ma’noga bog’lanuvchi so’zlar yoki birikmalar hisoblanadi. Ko’chma ma’noli birliklarning kontekstual maʼnosi, koʻchma maʼnosi, qarama-qarshi ma’nolari, shakldoshlari va sinonimlari esa olamning milliy lisoniy manzarasiga mansubdir. Fanlar oʻzining rivojlanish tarixida bir qancha bosqichdan oʻtgan va aksariyat hollarda tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, hatto aniq yo’nalishdagi fanlar ham tarixiy rivojlanishda bir-birlariga taʼsir qilib, parallel ravishda harakatlanadi desak, also mubolagʻa boʻlmaydi. Bundan ikki asr avval grammatik kategoriyalarni tartiblashtirish, soʻz turkumlari hamda gap qurilishi tadqiqi singari masalalar kunning tartibida boʻlgan sof tilshunoslik fanlari ham bugungi kunga kelib ayri yondosh fanlar taʼsirida hamda ularga taʼsir koʻrsatgan holda til va tafakkur, til hamda jamiyat, til va madaniyat, til va milliy mentalitet o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilishga asosiy eʼtiborini qaratmoqda. Shundan so’ng zamonaviy tilshunoslik sohalari til hodisalarini antropotsentrik yondashuvlarga asoslangan holatda oʻrgana boshladi. Nizomiddin Mahmudov tilshunoslikda antropotsentrik paradigmalarning shakllanishi haqida mulohaza yuritar ekanlar, quyidagicha fikrlarini bayon qiladi: “Tilning ana shunday obyektiv xususiyatiga muvofiq ravishda antropotsentrik paradigmada inson asosiy oʻringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi.[2:B:35] Mutaxassislar taniqli rus adibi S.Dovlatovning “inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil qiladi” degan hikmatli jumlasini tilga oladilar. V.A.Maslova taʼkidlaganlaridek, “inson aqlini, insonning oʻzidan, tildan va nutq yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib boʻlmaydi”[1:B.134] . Unda olamning milliy tasviri (manzarasi, kartinkaasi, suratlari) asos muammolardan biri ko’rinishida namoyon boʻladi. Falsafa faniining negizida “dunyoning tasviri” tushunchasi shakllangach, tez orada mazkur tushuncha ijtimoiy, ijtimoiy-siyosy, madaniy, ilmiy va turli boshqa sohalarni qamrab ola boshladi. “Falsafada olam tasvirini aniqlash bilish jarayonini idrok etish, voqelikni farqlash hamda ilmiy bilish jarayoni bilan bogʻliq, shuning uchun olimlar borliq tasviri bilan olamning ilmiy kartinasini aynanlashtiradilar”. “Olamning lisoniy manzarasi” tushunchasi zamonaviy tilshunoslikning eng yirik yoʻnalishlaridan biri hisoblangan kognitiv tilshunoslikka oid tadqiqot ishlarida, ayniqsa, oʻta faoldir. Oʻz-oʻzidan, ushbu atama tarkibidagi “lisoniy” aniqlovchisi olamning yana boshqacha tasvirlari ham bor ekanligiga ishora qiladi. Haqiqatdan ham, turli jabhalardagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar olamning diniy- falsafiy, diniy va ilmiy, miologik tasvirlari kabi masalalarning tahliliga asoslangan holatda bo’ladi. Mazkur manzaralar o’rtasidagi farqni tushunish esa olamning lisoniy manzarasi, uning tarkibiy uzvlari, vazifalari va maqsadlarini yana ham toʻlaqonli anglanishiga yoʻl ochadi. Masalan, olamning falsafiy tasviri dunyoni odam va olam munosabatlari negizida anglashga harakat qiladi. Mazkur munosabatlar kognitiv , qadriyatlar, ontologik va amaliy faoliyat singari tushunchalar nuqtai nazaridan tahlil qiladi, yaʼni olam aqliy faoliyat, tushunchalar, gʻoya hamda soʻzlar yordamida anglashiladi . Dunyoning mifologik manzarasi esa olamdagi hamma narsalar jonli, ularning har birlari oʻzining ruhiga ega degan qarash asosda hosil qilingan. Ushbu tasvir yirik dunyo bir necha mayda olamlardan tashkil qilingan, ularda zamon va makon har xil, ammo ulardagi barcha mavjud narsalar yagona Taqdiri azal – borliq qonuniyatlariga boʻysunadi, degan fikrni ilgari suradi. Bunda miflar qahramoni boʻlgan turli Hudolar ham Mutlaq bo’lgan kuchga ega emas, ular ham taqdiri azalga tobedir deya ishoniladi. Dunyoning diniy tasviri esa har bir narsaning boshlanishi va oxiri bor, bunda boshlanish Alloh dunyoni yaratgan vaqt hisoblansa, vaqtiki kelib borliqning oxiri kelishi, tamom boʻlishi to’g’risidagi qarashlar yetakchi hisoblanadi. Borliqning diniy tasvirida odamning mavjudligining mohiyati Allohning hohishini bajarishdadir, deb uqtiriladi. Oʻz navbatida, turli xil farqlarga koʻra ushbu manzaralar islomiy, hinduiy, nasroniy, buddaviy va boshqa diniy tasvirlarga ham boʻlinishi mumkin bo’ladi .

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Лыткин О.И. Типы картин мира в репрезентации концепта // http: //journal. pushkin. institute/ archive/ archive/ 2010/4_(221)/6507
2. Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент.
3. Гачев Г.Д. Национальные образы мира. – М.: Академия, 1998. – С. 7-81.
4. Серебренников Б.А. (отв. ред.) Роль человеческого фактора в языке: Язык и картина мира. – М.: Наука, 1988. – С. 177.



Download 11.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling