14. Patopsixologiya (yun. Pathos -kasallik va psixologiya) — psixologiya sohasi. Inson bosh miyasining za-rarlanishi yoki uning yetarli darajada rivojlanmaganligi natijasida kelib chiqadigan ruhiy kasalliklarni oʻrganadi.
15. Neyropsixologiya - psixologik metodlarni qo'llab bosh miya zararlanishlarida kuzatiladigan oliy ruhiy funksiyalaming buzilishlarini o'rganadi. Ushbu fan nevrologiya va psixologiya fanlari negizida paydo bo'lgan.
16. psixofiziologiya – ruhiy faoliyat va fiziologik jarayonlarni yagona jarayon sifatida ko’radigan fan bo’lib, psixologiya va neyrofiziologiya fanlari negizida paydo bo’lgan.
17. psixosomatik tibbiyot – tibbiyot psixologiyasining bir bo’limi bo’lib, psixogen omillar bilan ichki a’zolar kasalliklari orasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganadi.
18. psixogigiyena – ruhiy salomatlikni ta’minlash, saqlash va qo’llashga qaratilgan fan bo’lib, tibbiyot psixologiyasi va gigiyena fanlari negizida paydo bo’lgan.
19. psixodiagnostika – insonning ruhiy holatini psixologik usullarni qo’llagan holda sifatiy va miqdoriy baholashni o’rgatuvchi fan.
20. Psixoanaliz - inson ruhiyatini ong va ongsizlik qonuniyatlariga asoslanib o'rganuvchi fan bo'lib, insonning xatti-harakatlari shakllanishida instinktiv reaksiyalarga asosiy urg'u beradi.
21. Kosmik psixologiya - koinotga parvozlarni amalga oshirishda inson-texnika, inson-fazo, inson-ekstremal vaziyat munosabatlarini tadqiq qilishga qaratilgan psixologiya soxasi.
22. Mehnat psixologiyasi – insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va uning rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat psixologiyasi mehnatda shaxsning faoliyati, boʻsh vaqti, dam olishining ishlab chiqarishga taʼsirini ham oʻrganadi.
23. Ergonomika (yunoncha: — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar guruhi)ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bogʻliq holda kompleks oʻrganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining oʻzaro taʼsiri va aloqalarini tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |