1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash
OSHLOVCHI MODDALARNING FIZIK VA KIMYOVIY
Download 199.58 Kb.
|
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38- amaliy mashg‘ulot. Oshlovchi moddalarning kimyoviy tarkibi
OSHLOVCHI MODDALARNING FIZIK VA KIMYOVIY
XOSSALARI O‘simliklardan ajratib olingan oshlovchi moddalar tanidlarning bir qancha formalari aralashmasidan iborat, shu sababli ular amorf kukun (poroshok) holida bo‘ladi. Sof holda ajratib olingan ba’zi komponentlar (masalan, katexinlar) esa kristall holda bo‘ladi. Tanidlar suvda, har xil darajadagi spirtda va sirka kislotaning etil efirda yaxshi, boshqa organik eritmalarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och qo‘ng‘ir rangli, hidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz kislotali xossaga ega bo‘lgan kolloid eritma. Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oqsil modda, og‘ir metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlarning eritmalari yordamida cho‘ktirish mumkni. Tanidlar ko‘p atomli fenollarning unumlari bo‘lib, boshqa fenollar singari temirning uch valentli tuzlari eritmasi bilan rangli (qora-yashil va qora-ko‘k rangli) cho‘kma hosil qiladi. Tanidlar havo kislorodi va fermentlar ta’sirida oksidlanib, qo‘ng‘ir rangli hamda sovuq suvda erimaydigan birikma – -flobafenlarga aylanadi. 38- amaliy mashg‘ulot. Oshlovchi moddalarning kimyoviy tarkibi Turli o‘simliklardan olingan oshlovchi moddalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir-biridan katta farq qiladi. SHunga qaramay, ularning tanidlarga xos umumiy belgilari bor. Barcha tanidlar molekulasida doimo bir nechta oksi guruh (ON) saqlovchi benzol yadrosi bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, barcha oshlovchi moddalar ko‘p atomli fenollar – polifenollar unumidir. Benzol yadrosidagi oksi guruhlar soni kamida ikkita, qator – o‘rta holatda (pirokatexinga o‘xshash) yoki uchta bo‘lib, qator – vitsinal (pirogallolga o‘xshash) joylashadi. Tanidlarni ishqorlar ishtirokida 180–200° gacha qizdirilsa, ulardan pirokatexin yoki pirogallol ajralib chiqadi. SHuning uchun ular pirogallol va pirokatexin guruhlariga bo‘linadi. Bu klassifikatsiya tanidlarning eng oddiy va eng eski klassifikatsiyasidir. Ana shu klassifikatsiya bo‘yicha oshlovchi moddalarning ayrim guruhlarini aniqlashda quyidagi reaksiyadan foydalanilgan: agar oshlovchi moddalar eritmasiga uch valentli temir tuzlarining eritmasi ta’sir ettirilsa, pirokatexin guruhiga kiruvchi tanidlar qora-yashil, pirogallol guruhiga kiruvchi tanidlar esa qora-ko‘k cho‘kma hosil qiladi. Oshlovchi moddalarning oxirgi klassifikatsiyasi 1911 yilda G.G.Povarnin tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 1919–1920 yillarda Freydenberg uni o‘z klassifikatsiyasiga asos qilib olgan. Agar oshlovchi moddalarga kislotalar hamda boshqa reaktivlar ta’sir ettirib qizdirilsa, ularning bir qismi gidrolizlanib, birmuncha oddiy komponentlarga parchalansa, ikkinchi qismi esa murakkablashib yuqori molekulali birikma hosil qiladi. SHunga ko‘ra Povarnin va Freydenberg barcha oshlovchi moddalarni ularning kimyoviy tarkibiga va ayrim molekulalari orasidagi bog‘lanishlarga qarab ikkita katta guruhga bo‘linadi. Download 199.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling