SHOYQULOV SHAXZOD 2-mustaqil ish. Reja - IMS taʼrifi
- IMSlar klassifikatsiyasi
- IMS passiv elementlari
- IMS aktiv elementlari
- IMS tayyorlash texnologiyasi
IMS taʼrifi - Integral mikrosxema (IMS) oʼta ixcham, oʼta pishiq, kichik tannarxga ega boʼlgan va kam quvvat isteʼmol qiladigan radioelement yasash yoʼlidagi urinishlar mahsulidir.
- IMS elementi deb, konstruktsiyasi boʼyicha kristall yoki asosdan ajralmaydigan, ERE funktsiyasini bajaruvchi IMSning qismiga aytiladi.
- IMS komponenti deb, diskret element funktsiyasini bajaruvchi, lekin montajdan avval mustaqil mahsulot boʼlgan IMSning boʼlagiga aytiladi.
- Yigʼish, montaj qilish operatsiyalarini bajarishda komponentlar mikrosxema asosiga oʼrnatiladi. Qobiqsiz diod va tranzistorlar, kondensatorlarning maxsus turlari, kichik oʼlchamli induktivlik gʼaltaklari va boshqalar sodda komponentlarga, murakkab komponentlarga esa – bir nechta elementdan tashkil topgan, masalan, diod yoki tranzistorlar yigʼmalari kiradi.
IMSlar klassifikatsiyasi - Integratsiya darajasiga koʼra: kichik, oʼrta, katta, oʼta katta, ultra katta va giga katta IMSlar;
- Qabul qilinayotgan, saqlanayotgan va ishlov berilayotgan signal turiga koʼra: analog va raqamli IMSlar;
- Tayyorlanish konstruktiv-texnologik turiga koʼra: yarimoʼtkazgichli, pardali va gibrid IMSlar;
- Аktiv element turiga koʼra: bipolyar tranzistorli va MDYA-tranzistorli IMSlar;
- Isteʼmol quvvatiga koʼra: kam quvvatli, oʼrta quvvatli, katta quvvatli IMSlar;
- Ishchi chastotasiga koʼra: past chastota, oʼrta chastota va yuqori chastota IMSlari;
- Elementlarni bir-biridan izolyatsiyalanish usuliga koʼra va x.z.
Do'stlaringiz bilan baham: |