1-2 Amaliy mashg’ulot (viii-semestr) Mavzu: Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi pedagogik texnologiyalar. Ishning maqsadi


Download 46.65 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2024
Hajmi46.65 Kb.
#1834745
1   2   3
Bog'liq
lab1

2. Darsning borishi

  1. Darsning tashkiliy qismi

  2. Motivatsiya (muhitni moslash)

Savol: Nima uchun doskaga o‘tilgan uchta mavzu yozildi.
Doskaga tushunchalar yozilgan: axborot, gidrosfera, utilita, drayver, perpendikulyar, dastur.
O’quvchilar uchun topshiriq: Dars mavzusiga bog‘liq bo‘lmagan tushunchalarni tanlang.

  1. O’quv materialini umumlashtirish va tizimlashtirish.

O’quvchilar ikkita guruhga bo‘linadilar, guruh sardorlari tanlanadi, nom o‘ylaydilar.
Topshiriqni bajaradilar
Yakunni olib borish.
3.Topshiriqlar bilan ishlash
Topshiriq №1. “Rebus topish”
Guruxlar navbat bilan rebuslarni topadilar, agar guruh topa olmasa u holda javob berish huquqi boshqa guruxga o‘tadi.
Baholash kriteriyasi:
Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball.
1. Kompyuter;
2. Protsessor;
3. Manba;
4. Kursor;
5. Klaviatura;
6. Uzatish;
7. Programma;
8. Vinchester;
9. Internet;
10.Tashuvchi (disk);


Topshiriq №2. Anagramma (JAVOBLAR)
Ayrim so‘zlar berilgan. Harflarni shunday qo‘yinki, natijada “EHM dasturiy ta’minoti” bog‘liq so‘z hosil bo‘lsin. Guruhlar topshiriqni berilgan kartochkalarda bajaradilar.
Baholash kriteriyasi:
Har bir topilgan so‘zga guruh 1 ball, tezkorligi uchun 1 ball (topshiriqni birinchi bajargan guruh) qo‘shimcha oladi.
1. Grammpora - programma
2. Vredayr- drayver
3. Layf-fayl
4. Makrosmexi-mikrosxema
5. talogka-katalog
6. Nimotor-monitor
7. Tatiliu-utilita
8. forintsiyama-informatsiya
9. terinfeys-interfeys
10. matesis-Sistema.
11. teryukomp-kompyuter


Topshiriq №3. “O’yla izla top”
Guruhlar navbat bilan savollarga javob beradi. Agar guruh javob berishga qiynalsa, javob berish huquqi boshqa guruhga o‘tadi.
Baholash kriteriyasi:
To‘liq javob uchun 2 ball, chala javobga 1 ball.
1) Hisoblash texnikasi qanday asosiy qismlardan tarkib topgan?
(texnik ta’minot (hafdware), dasturiy ta’minot (software)).
2) Dasturiy ta’minot qanday uchta sinfga ajratiladi?
(sistemali DT, amaliy DT, dasturlash sistemalari)
3) “Interfeys” nima?
(Interfeys-foydalanuvchi va personal kompyuter orasidagi muloqot usuli, amaliy dasturlar va dasturlararo foydalanish qulayligi)
4) “Operatsion sistema” ga ta’rif bering?
(Operatsion sistema- texnik ta’minot, dasturiy ta’minot, dasturiy vositalarni boshqaruvchi va foydalanuvchi bilan hamkorlikda xarakat qiluvchi dasturlar to‘plamidir.)
5) Operatsion sistema asosiy qismlarini aytib bering?
6) Operatsion sistemalar tipini aytib bering?
(Birlik-va ko‘p vazifali, birlik-va ko‘p foydalanuvchili, ko‘chmas va ko‘chuvchi, tarmoqli va tarmoqsiz)
7) MS DOS qaysi sinfga tegishli operatsion sistema?
(MS DOS diskli operatsion sistema)
8) MS DOS operatsion sistemasi qanday tipdagi interfeys xisoblanadi?
(buyruq satrli)


Topshiriq №4. “MS DOS olamida” (VAZIFA)
Xarflar orasidan MS DOS fayl va papkalar bilan ishlovchi buyruqlarini toping.
Baholash kriteriyasi:
Har bir to‘g‘ri topilgan so‘zga 1 ball. Tezkorlikda topilgan javobga 1 ball qo‘shib beriladi.



AMALIY TOPSHIRIQLAR:
1. Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar va ularning turlari tahlili.
2. Faollashtirishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanishga qo‘yilgan talablar.
3. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish texnologiyalaridan birini loyihalashtiring.
Download 46.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling