1-2-Laboratoriya Neft mahsulotlarining olinish usullari


Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli


Download 98.89 Kb.
bet2/2
Sana07.11.2023
Hajmi98.89 Kb.
#1752935
1   2
Bog'liq
1-2-Laboratoriya Neft mahsulotlarining olinish usullari

Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli Haydash usulida juda kam miqdorda (20–30%), sifati past (oktan soni 40–50) bo‘lgan benzin olinadi. Neftni haydab olingan benzin miqdori xalq xo‘jaligining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi.
Benzin miqdori va sifatini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda qayta ishlashning ikkinchi usuli – kimyoviy usul qo‘llaniladi.
Ikkilamchi qayta ishlashda kimyoviy jarayonlar natijasida neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarni yuqori harorat va katalizatorlar ta’sirida o‘zgartirib, yuqori sifatli benzinlar olinadi.
Kimyoviy usul 2 xil yo‘nalishdan iborat: 1) Kreking (Parchalash); 2) Reforming (Sifatini yaxshilash).
Kreking – neftning yirik molekulali uglevodorodlarini oson qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalash-dan iboratdir. Uglevodorodlarning 2–7 MPa bosim ostida va yuqori haroratda (470°C÷540°C) parchalashga termik kreking deyiladi. Uglevodorodlarning yuqori haroratda (450°C ÷ 500°C) va past bosim (0,06÷0,14 MPa) ostida va katalizator yordamida parchalanishiga katalitik kreking deyiladi.
Termik krekinglash jarayoni 3 xil bo‘ladi: 1. Yuqori bosim (20÷70 atm.) ostida termokrekinglash.
Bu usulda 470÷540°C da nisbatan yengil fraksiyalar (ligroin)ni qayta ishlab, avtomobil benzinini olish uchun ishla-tiladi. 2. Neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash (kokslash, ya’ni struktura o‘zgarishi bilan boradigan haydash jarayoni). Bu jarayonda neft qoldiqlaridagi asfaltsmola moddalari qattiq holdagi mahsulot koksda yig‘iladi. Shu bilan birga vodorodga boy bo‘lgan gazoyl, benzin va gaz hosil bo‘ladi. 3. Suyuq va gaz shaklidagi neft xomashyolarini piroliz qilish.
Bu jarayon termokrekingning qattiq rejimda, olib borilishi bo‘lib, har xil xomashyodan foydalanish mumkin. Bunda harorat 700÷900°C, bosim esa atmosfera bosimiga yaqin bo‘ladi. Bu ko‘rsatilgan jarayonlar reaksiya zonasida yuqori haroratni (450°C ÷1200°C gacha) qo‘llash bilan xarakterlanadi. Yuqori harorat ta’sirida neft xomashyosi parchalanadi (kreking), hosil bo‘lgan uglevodorod molekulalari zichlashadi.
Тermik kreking benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar borligi bilan to‘g‘ri haydalgan benzindan farq qiladi hamda oktan soni 30–40% (68÷70)ga yuqoriroq bo‘ladi, lekin bu benzinni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi, chunki vaqt o‘tishi bilan undagi to‘yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi.
Katalitik kreking jarayonining asosiy vazifasi yuqori sifatli (oktan soni yuqori bo‘lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi (470÷540°C) termokre-kingnikiga o‘xshash bo‘lib, lekin reaksiya tezligi yuqori va olinadigan benzin sifati ham ancha yuqori bo‘ladi.
Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib olinishi 50–60% ni tashkil etadi. Katalitik kreking 450–590°C haroratda va 0,1–0,2 MPa bosimida katalizatorlar (alyumino-silikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta o‘tkazishda 40–50% benzin, 30–40% dizel yonilg‘isi va 10–15% gaz fraksiyalari olinadi.
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekingga nisbatan takomillashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlarning bir qismi to‘yingan ko‘rinishga o‘tadi. Shu sababli, bu usulda olingan benzin sifati yuqori bo‘ladi. Тermik kreking usulida olingan benzinlarni saqlashda turg‘unlik xusu-siyatini yo‘qotadi va detonatsiyaga chidamliligi pasayadi (15-rasm).

Katalitik kreking yordamida og‘ir neft mahsulotlaridan gazo-yildan tortib mazutgacha 8–15% miqdorida benzin olish mumkin:


С2nН4n+2 CnН2n+2 + СnН2n Masalan,
C16H34 C8H18 + C8H16
geksadekan oktan okten
Katalitik krekingda yuqori sifatli (oktan soni motor usulida 72÷82) benzin olish imkoniyatini beradi. Katalitik krekingda parchalanish reaksiyalari bilan birga izomerlanish reaksiyalari, ya’ni normal tuzilgan zanjirli uglevodorodlarning tarmoqlangan uglevodorodlarga aylanishi ham kamroq hosil bo‘ladi. Shu afzalliklari uchun hozirgi vaqtda asosan katalitik krekingdan foydalaniladi
Download 98.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling